Yusupov Abbosxon Alievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes subektlari faoliyatida inson resurslaridan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Tashxodjaev Muxtorxon Maxsudovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti,
PhD.03/31.12.2020.1.130.01
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Ergashov Ilhomjon Ikromovich, iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon Mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes subektlari faoliyatida inson resurslaridan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirishga oid ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kichik biznes subektlarida mehnat unumdorligi hamda ish vaqti fondini tahlil qilish orqali xodimlar samaradorligini oshirish mexanizmi takomillashtirilgan;
iqtisodiyotni transformatsiya qilish jarayonida kichik biznes va tadbirkorlik subektlarida faoliyat yuritayotgan ishchi kuchi samaradorligini oshirish asoslangan;
kichik biznes va tadbirkorlik subektlariga ajratilayotgan kreditlar foizini optimallashtirishda kichik biznes va tadbirkorlik subektlarida real ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan uzoq muddatli kreditlar foizining oshishi o‘rtasida mos ravishda 1 foizga 0,12 foiz kabi teskari proporsionallik mavjudligi aniqlangan;
motivasion usullar orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarida inson resurslari samaradorligini oshirish hamda inson resurslaridan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirilgan;
iqtisodiyotning rivojlanishida kichik biznes va tadbirkorlik subektlari hissasini oshirishni inobatga olgan holda kichik biznes va tadbirkorlik subektlarida mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi, hamda ularda band bo‘lganlar ishchi kuchi kabi ko‘rsatkichlarning 2030 yilga qadar prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes subektlarida inson resurslaridan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes subektlarida mehnat unumdorligi hamda ish vaqti fondini tahlil qilish orqali xodimlar samaradorligini oshirish mexanizmi takomillashtirishga doir doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 12-dekabrdagi 9/04-26-17748-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiyotimizda kichik biznes subektlarida inson resurslaridan foydalanishga sarflangan xarajatlar o‘rtacha 5 foizga kamayishiga hamda kichik biznes subektlarida faoliyat yuritayotgan bir xodimning kunlik mehnat unumdorligi o‘rtacha 0,02 mln.so‘mga oshishiga olib kelgan.
iqtisodiyotni transformasiya qilish jarayonida kichik biznes va tadbirkorlik subektlarida faoliyat yuritayotgan ishchi kuchi samaradorligini oshirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 12-dekabrdagi 9/04-26-17748-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kichik biznesda ishlovchilar sonining bir foizga oshishi bir chorak kechikish bilan kichik biznes va tadbirkorlik subektlarining real ishlab chiqarishini -0,05 foizga pasaytirishi strukturaviy vektor avtoregressiya model orqali aniqlangan.
kichik biznes va tadbirkorlik subektlariga ajratilayotgan kreditlar foizini optimallashtirishda kichik biznes va tadbirkorlik subektlarida real ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan uzoq muddatli kreditlar foizining oshishi o‘rtasida mos ravishda 1 foizga 0,12 foiz kabi teskari proporsionallik mavjudligiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 12-dekabrdagi 9/04-26-17748-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiyotda inflyasiya darajasining bir foizga oshishi, ikki chorak kechikish bilan kichik biznes subektlarining real ishlab chiqarishini -0,13 foizga pasaytirishi, uzoq muddatli kreditlar foizining bir foizga oshishi esa ularda ishlab chiqarishni bir choraklik lag bilan -0,12 foizga pasaytirishi, ammo qisqa muddatli kreditlar foizi o‘zgarishining kichik biznes subektlarida ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’siri yo‘qligi, hamda muomaladagi pul massasining bir foiz oshishi kichik birnes subeklarining real ishlab chiqarishini ikki chorak kechikish bilan 0,79 foizga oshirishi strukturaviy vektor avtoregressiya model orqali aniqlangan.
Motivasion usullar orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarida inson resurslari samaradorligini oshirish hamda inson resurslaridan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 12-dekabrdagi 9/04-26-17748-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududlardagi kichik biznes sohasining kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini baholash imkoniyatlarini kengaytirib, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda inson resurslaridan samarali foydalanish mexanizmlari inobatga olgan istiqbolli dasturlarni ishlab chiqishga olib keladi.
Iqtisodiyotning rivojlanishida kichik biznes va tadbirkorlik subektlari hissasini oshirishni inobatga olgan holda kichik biznes va tadbirkorlik subektlarida mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi, hamda ularda band bo‘lganlar ishchi kuchi kabi ko‘rsatkichlarning 2030 yilga qadar prognoz ssenariylariga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 12-dekabrdagi 9/04-26-17748-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 95 foiz ehtimollikda optimal ssenariyga ko‘ra, 2030 yilga borib kichik tadbirkorlik subektlarida mehnat unumdorligi 90,2 mlrd. so‘m/kishini tashkil etishi yoki mazkur ko‘rsatkich joriy davrga nisbatan 5,3 martaga oshishi, kichik tadbirkorlik subektlarining ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmi 919261,38 mlrd. so‘mga etishi, va bu joriy davrga nisbatan 5,2 martaga ko‘payishi, hamda kichik tadbirkorlik subektlarida band bo‘lganlar soni 11182,2 ming kishini tashkil etishi prognoz qilingan.