Raximova Dilnoza Davronovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqa oliy ta’lim muassasalari ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1. PhD/Iqt2812.
Ilmiy rahbar: Azimov Bobir Fattohevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.30/30.09.2022.I.101.04
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori professori, Ro‘zmetov Baxtiyar; iqtisodiyot fanlari nomzodi dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent, Yavmutov Dilshod Shoyimardonqulovich.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mintaqa oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa oliy ta’lim muassasalari xususiyatlariga ko‘ra ilmiy hajmdor va innovasion mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “spin-off” kompaniyalarini tuzish va moliyalashtirish tartibi "Crowd-decision orqali crowd-funding"ga ko‘ra takomillashtirshning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
texnologik, marketing va tashkiliy innovasiyalar xarajatlariga ko‘ra ilmiy-texnikaviy salohiyat va innovasiyalar rivojlanishining Zarafshon iqtisodiy mintaqasi bo‘yicha yalpi hududiy mahsulotiga ta’sirini baholash tasodifiy effektlar yondashuvi (uslubiyoti) taklif etilgan;
Buxoro, Samarqand va Navoiy viloyatlarida yalpi hududiy mahsulot, ITTKI xodimlari, xarajatlar va innovasiyalarga xarajatlarning 2027 yilgacha bo‘lgan davrga oddiy va progressiv darajalari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
subektlar ilmiy-innovasion faoliyatini baholash uslubiyotiga yondashuv ilmiy-innovasion faoliyatni “salohiyat, natija va samaradorlik” guruhlariga, innovasion tadbirkorlikka ko‘ra alohida va sinergetik ravishda baholash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqa oliy ta’lim muassasalari ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
mintaqa oliy ta’lim muassasalari xususiyatlariga ko‘ra ilmiy hajmdor va innovasion mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “spin-off” kompaniyalarini tuzish va moliyalashtirish tartibi "Crowd-decision orqali crowd-funding"ga ko‘ra takomillashtirshning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan ma’qullangan holda Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining innovasion faoliyatini muvofiqlashtirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024 yil 28 avgustdagi 4/17-1-1-2-3076-sonli ma’lumotnomasi). Taklif oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish va tijoratlashtirish ko‘lamini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
texnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalar xarajatlariga ko‘ra ilmiy-texnikaviy salohiyat va innovatsiyalar rivojlanishining Zarafshon iqtisodiy mintaqasi bo‘yicha yalpi hududiy mahsulotiga ta’sirini baholash tasodifiy effektlar yondashuvi (uslubiyoti) bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF-37-son Farmonida belgilangan “Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni qo‘llab-quvvatlashning tubdan yangi tizimini joriy etish” loyihasini ishlab chiqishda hamda Buxoro muxandislik-texnologiya instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialini rivojlantirish strategiyalari, uzoq-qisqa muddatli dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 28 avgustdagi 4/17-1-1-2-3076-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ilmiy-texnikaviy salohiyat va innovatsiyalarga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining texnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalar natijadorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Buxoro, Samarqand va Navoiy viloyatlarida yalpi hududiy mahsulot, ITTKI xodimlari, xarajatlar va innovatsiyalarga xarajatlarning 2027 yilgacha bo‘lgan davrga oddiy va progressiv darajalari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2022 yil 7 iyuldagi PF-161-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonda tasdiqlangan 2-ilova “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari”ni ishlab chiqishda foydalangan hamda Buxoro muhandislik texnologiya inistituti faoliyatiga joriy qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 28 avgustdagi 4/17-1-1-2-3076-sonli ma’lumotnomasi). Taklif ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish va maqsadli chora-tadbirlarni tashkil qilishga ko‘ra istiqbolda ilmiy faoliyat natijalarining yalpi hududiy mahsulot hajmiga ijobiy ta’sirini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
sub’ektlar ilmiy-innovatsion faoliyatini baholash uslubiyotiga yondashuv ilmiy-innovatsion faoliyatni “salohiyat, natija va samaradorlik” guruhlariga, innovatsion tadbirkorlikka ko‘ra alohida va sinergetik ravishda baxolash asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 4 martdagi 128-son “O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025 yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ilovasining 2-bo‘lim 8-bandiga kiritilgan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ilmiy tashkilotlarda boshqaruv va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishda ularni modernizatsiya qilishning namunaviy tizimi”ni ishlab chiqishda hamda “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida innovatsion faoliyatini muvofiqlashtirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 28 avgustdagi 4/17-1-1-2-3076-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur taklif oliy ta’lim muassasalari tuzilmalari darajasida ilmiy-innovatsion faoliyat natijalarini baholash imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.