Mamajonova Odinaxon Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxona boshqaruvida innovatsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2023.4.PhD/Iqt3601
Ilmiy rahbar: Maraimova Umida Ismailjonovna , iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc 03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Rasmiy opponentlar sifatida i.f.f.d., (PhD) Juraeva Nodira , i.f.f.d., Xusanova Zulfiya Raxmatullaevna, yetakchi tashkilot sifatida esa Namangan davlat universiteti tavsiya etilsin.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi korxonalar boshqaruvida innovatsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion infratuzilma sub’ektlari tarmog‘ini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni (kapital yaratish) tashkil etish taklifi ilmiy asoslangan;
kichik tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion faolligini oshirish orqali mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti, jumladan, hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishini ta’minlash taklif etilgan;
korxonalarni ilmiy faoliyat natijalari bilan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan S2B (science to business) shakldagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifi ilmiy asoslangan;
korxonalar boshqaruvida foydalanilayotgan innovatsiyalarning ishlab chiqarilayotgan innovatsion mahsulot hajmiga ta’sirini korelyasion-regression tahlillar asosida baholash orqali, 2030 yilga innovatsion mahsulot ishlab chiqarish hajmining bazaviy, inersion va mobilizatsion prognoz ssenariyalari ishlab chiqilgan.;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
korxonalar boshqaruvida innovatsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
innovatsion infratuzilma sub’ektlari tarmog‘ini shakllantirish orqali startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni (kapital yaratish) tashkil etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-307-son qarori, 1-ilovasi, I punktini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasining 2024 yil 26 martdagi 03/25-1672-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi mamlakatimizda innovatsion infratuzilmani rivojlantirilishi hisobiga korxonalar boshqaruvida innovatsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradi;
kichik tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion faolligini oshirish orqali mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti, jumladan, hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishini ta’minlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-307-son qarori, 1-ilovasi, II punktini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasining 2024 yil 26 martdagi 03/25-1672-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish orqali innovatsiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda yirik biznes bilan kooperatsiyani rivojlantirishning yangi instrumentlarini tashkil etilishi hisobiga kichik va o‘rta biznesning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi;
korxonalarni ilmiy faoliyat natijalari bilan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan S2B (science to business) shakldagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-307-son qarori, 1-ilovasi, I punkti, 7 xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasining 2024 yil 26 martdagi 03/25-1672-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi orqali kichik korxonalar o‘rtasida innovatsiyalarni uzatish, texnologik transfertlar amaliyoti rivojlanishiga erishiladi;
korxonalar boshqaruvida foydalanilayotgan innovatsiyalarning ishlab chiqarilayotgan innovatsion mahsulot hajmiga ta’sirini korelyasion-regression tahlillar asosida baholash orqali, 2030 yilga innovatsion mahsulot ishlab chiqarish hajmining bazaviy, inersion va mobilizatsion prognoz ssenariyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi ““O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son farmoni, 1-ilovasi, 10-maqsadi samaradorlik ko‘rsatkichlarining ikkinchi xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasining 2024 yil 26 martdagi 03/25-1672-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish asosida korxonalar tomonidan innovatsion mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish bilan birgalikda, ishlab chiqarilayotgan innovatsion mahsulotlar turlarini ko‘paytirishga erishiladi.