Axmedov Anvar Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hozirgi nemis tili leksikasida innovatsion jarayonlar», 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.4.PhD/Fil238.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Ilmiy rahbar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Umarxodjaev Muxtar Ishanxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Xoliyarov Lutfulla Tashkuvatovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hozirgi nemis tili leksikasida kechayotgan innovatsion jarayonlarni va bu jarayonda paydo bo‘lgan neologizm va okkazionalizmlarni semantik-pragmatik jihatdan tadrijiy taraqqiyot qonunlari asosida yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi nemis tili leksik tizimida paydo bo‘lgan yangi lug‘aviy birliklarning funksional va ekspressivlik xususiyatlari tahliliga nutq normasi nuqtai nazaridan yondashilib, ulardagi stilistik belgining voqelanish holati ochib berilgan;
til tizimining murakkab ko‘rinishdagi tashqi va ichki munosabatlari doirasida yangi elementlar paydo bo‘lishiga sabab tug‘diruvchi omillar guruhi aniqlanib, innovatsiya hodisasini matnda qo‘llanilgan til birliklari qurshovida hamda boshqa nutq elementlari bilan o‘zaro aloqadorlikda tadqiq etish zarurligi asoslangan;
innovatsiyaning lisoniy faoliyat taraqqiyotiga ijtimoiy omillarning favqulodda ta’siri natijasida yuzaga kelishi asoslanib, yangidan hosil bo‘lgan lug‘aviy birliklarning assotsiativ aloqalarga tobeligi, semantik strukturasining murakkabligi, ritmik-melodik tuzilishi, okkazional o‘zgarishlarga qodirligi singari asosiy pragmatik farqlovchi xususiyatlari dalillangan;
til tanlash va saralash tamoyillariga amal qilgan holda innovatsion o‘zgarishlarga munosabatda bo‘lishi oqibatida ijtimoiy sinovdan o‘tgan birliklargina iste’molga qabul qilinishi isbotlanib, ularning lug‘at tarkibidan o‘rin olishida muhim bo‘lgan formal, semantik, funksional, so‘z yasalish, grammatik, stilistik, adaptatsionkabilisoniy hamda ijtimoiy, tematik, kommunikativ, miqdoriy va me’yoriy singari nolisoniy omillar aniqlangan;
innovatsiyaning statik holati uning ma’lum vaqt oralig‘ida yuzaga kelishi va yangi so‘z sifatida idrok qilinishi, dinamik holati esa uning tilga qabul qilinish faktidan iborat ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hozirgi nemis tili leksikasida kechayotgan innovatsion jarayonlarni o‘rganish natijasida ishlab chiqilgan nazariy, amaliy va uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
tilning innovatsiyaga munosabati, innovatsion materiallarning til tizimiga qabul qilinishida muhim bo‘lgan asosiy omillar, innovatsiyaning statik va dinamik holatlari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan OT-F8-002- «Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri» (2007–2011) mavzuidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 maydagi 89-03-1667-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar hozirgi zamon kishisining ijtimoiy qiyofasiga xos bo‘lgan fazilatlar, xislatlar, qobiliyatlar uning tilida o‘z aksini topishi, ijtimoiy voqelikdagi yangi faktlarni ifoda etuvchi leksik innovatsiyalar ijtimoiy ong qatlamidapaydo bo‘lishi va shakllanishini aniqlashga xizmat qilgan;
innovatsiya hodisasiga til tizimining murakkab ko‘rinishdagi tashqi va ichki munosabatlari asosida berilgan baholar, shuningdek, uning asosiy pragmatik farqlovchi xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan «Leksikologiya», «Stilistika», «Matn lingvistikasi», «Tarjima nazariyasi va amaliyoti» kabi fanlarni o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 maydagi 89-03-1663-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba va magistrlarning mazkur fanlarni o‘zlashtirishlarida sifat samaradorligi oshirilishiga erishilgan;
hozirgi nemis tili leksik tizimida paydo bo‘lgan yangi lug‘aviy birliklarning funksional va ekspressivlik xususiyatlari tahliliga nutq normasi nuqtai nazaridan yondashish natijasida olingan xulosalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasida efirga uzatilgan «Xorijiy tillarni o‘rganamiz», «Munosabat», «Mulohaza», «Kun mavzusi» nomli ko‘rsatuvlar hamda «Bugunning gapi», «Ma’naviyat sarchashmalari» kabi turkum radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 18 apreldagi 12-15-624-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, yangicha qarashlar bilan mazmunan boyitilgan.