Saidova Nozima Axrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX-XXI asr ingliz bolalar adabiyotida fentezi janrining mifopoetik xususiyatlari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3793.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Nargiza Alimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohidjon Yoqubjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nasriddinov Dilshod A’zamkulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz adabiyotida bolalar fentezisining janriy xususiyatlari va mifopoetik unsurlarini K. Lyuisning “Narniya yilnomalari” va J. Rouling “Garri Potter” romanlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fentezi janrining shakllanish va tadrijiy rivojlanish bosqichlarida mifologik tafakkurning badiiy-estetik tafakkurga o‘tish jarayoni, miflarning fentezi asarlari badiiy-estetik sathida namoyon bo‘lish holatlari bilan bog‘liq nazariy va tarixiy omillar asosida bolalar fentezi asarlarining o‘ziga xos badiiy xususiyatlari hamda fentezi asarlarini baholashning metodologik tamoyillari asoslangan;
ingliz adabiyotida bolalar fentezisining janriy xususiyatlarini ajratish va tasniflash orqali ularda sarguzasht romani, tarbiya romani, gotik roman, mif hamda xalq ertaklari unsurlari mavjudligi adabiy-estetik ta’sir va ijodiy individuallik sintezi natijasi ekanligi dalillangan;
bolalar fentezi janri paradigmasida muallif mifining shakllanish mexanizmi natijasida K. Lyuisning “Narniya yilnomalari” va J. Roulingning “Garri Potter” asarlarida folklor va mifologik obrazlar mushtarakligi izohlangan;
K. Lyuisning “Narniya yilnomalari” asarida diniy-mifologik arxetiplar va motivlarning o‘ziga xosligi, turlari va asardagi badiiy vazifalari, mifologik tasavvurlarning zamonaviy badiiy adabiyotdagi o‘rni adabiy jarayon kontekstida ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX-XXI asr ingliz adabiyotida bolalar fentezi janrining mifopoetik xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy natijalar asosida:
fentezi janrining shakllanish va tadrijiy rivojlanish bosqichlarida mifologik tafakkurning badiiy-estetik tafakkurga o‘tish jarayoni, miflarning fentezi asarlari badiiy-estetik sathida namoyon bo‘lish holatlari bilan bog‘liq nazariy va tarixiy omillarga doir xulosalardan Britaniya Kengashi (British Council) ko‘magida amalga oshirilayotgan 1683580 raqamli “Ingliz tili maktab fani sifatida: boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarining ilg‘or tajribalarini o‘rganish” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 11-oktyabrdagi 01/583-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar fentezi asarlarining o‘ziga xos badiiy xususiyatlari hamda fentezi asarlarini tahlil qilishning metodologik tamoyillariga oid ma’lumotlar loyiha doirasida yaratilgan o‘quv-metodik majmualarning mazmun-mohiyatini boyitishga xizmat qilgan;
ingliz adabiyotida bolalar fentezisining janriy xususiyatlarini ajratish va tasniflash orqali ularda sarguzasht romani, tarbiya romani, gotik roman, mif hamda xalq ertaklari unsurlari mavjudligi adabiy-estetik ta’sir va ijodiy individuallik sintezi natijasi ekanligi borasidagi ma’lumotlardan A-1-61 raqamli “Erasmus credit mobility” nomli amaliy loyihada samarali foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 11-oktyabrdagi 01/582-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha mazmuni takomillashtirilib, fentezining badiiy xususiyatlari bilan tanishish imkoniyati yuzaga kelgan;
bolalar fentezi janri paradigmasida muallif mifining shakllanish mexanizmini tahlil etish natijasida K. Lyuisning “Narniya saltanati” va J. Roulingning “Garri Potter” asarlarida folklor va mifologik obrazlar mushtarakligi izohlanganiga oid ilmiy-nazariy konsepsiyadan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida 2021-2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 18-oktyabrdagi 10/2065-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalarining samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar fundamental loyiha doirasida dastur, elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.