Niyazova Dildora Furkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekzersitiv nutqiy aktlarning diskursda voqelantiruvchi sotsiopragmatik omillar”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.02.PhD/Fil823.
Ilmiy rahbar: Shamahmudova Aziza Furkatovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Nasrullaeva Nafisa Zafarovna; filologiya fanlari nomzodi, dotsent Jalilova Zarnigor Obidovna
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz muloqot matnida ekzesitiv nutqiy aktlarning faollashuviga ta’sir etuvchi lisoniy va nolisoniy, xususan, etnopsixolingvistik, sotsiopragmatik, xususiyatlarini aniqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekzersitiv nutqiy tuzilmalarni muloqot matnida voqelantiruvchi til tizimiga xos leksik grammatik ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda sotsiopragmatik va lingvomadaniy omillarni inobatga olish lozimligi asoslangan;
ingliz badiiy asarlari tahlili asosida ekzersitiv nutqiy aktlarning semantik, lingvopsixologik va sotsiopragmatik xususiyatlari izohlab berilgan hamda intensional tahlil asosida ekzersitiv nutqiy aktlarning lisoniy, ijtimoiy va lingvopsixologik xususiyatlariga asoslanib nutqiy faoliyat olib borish kerakligi dalillangan;
sotsiolingvistik tajriba-sinov tariqasida o‘tkazilgan so‘rovnomaning natijalariga asoslanib, buyruq va iltimos nutqiy harakatlarining ifodalanishi muloqot ishtirokchilarining milliy-madaniy xususiyatlariga ko‘ra idioetnik maqomga ega nolisoniy omillar bilan ham bog‘liqligi isbotlangan;
nutqiy aktlar nazariyasiga zamonaviy yondashuv ila tanqidiy qarashlarning nazariy asoslarini inobatga olgan holda ularni tasnifiy guruhlarga bo‘lish tamoyillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekzersitiv nutqiy aktlarni diskursda voqelantiruvchi sotsiopragmatik omillarni tadqiq etish jarayonida olingan nazariy va amaliy natijalari asosida:
nutqiy aktlar nazariyasiga zamonaviy yondashuv ila tanqidiy qarashlarning nazariy asoslari vositasida ularni tasnifiy guruhlarga bo‘lish tamoyillariga oid xulosalardan ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish maqsadida Evropa ittifoqining ERASMUS + dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: «Computational Linguistics at Central Asian universities» grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 15 dekabrdagi 1262/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarni lingvistik va muloqot qobiliyatini oshirish, pragmalingvistik kompetensiya sohasidagi bilimini oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va barqarorlashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda yangi yondashuv sifatida xizmat qilgan;
harakatga undash nutqiy tuzilmalarining diskursda voqelanishiga ta’sir etuvchi sotsiopragmatik va lingvomadaniy omillarni aniqlashga oid xulosalardan talabalarning ekstralingvistik bilim zahirasini oshirish maqsadida Evropa ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DETEL “Developing the Teaching of Europen LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masteres Programmes” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 15 dekabrdagi 1261/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, chet tilini o‘rgatishda intensiyaning tagma’noli ifodalanishi sabablari til tizimiga xos leksik-grammatik ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, ekstralingvistik omillar bilan bog‘liq holda olib borilishiga xizmat qilgan;
ingliz muloqot matnining intensional tahlili asosida ekzersitiv nutqiy aktlarning lisoniy, ijtimoiy va madaniy xususiyatlari asoslanganligiga oid xulosalardan til ta’limiga oid virtual resurslar yaratishni jadallashtirish maqsadida I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish”nomli innovasion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 15dekabrdagi 1265/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, sotsiopragmatik omillarning nutqiy strategiyaga ta’sirini aniqlash yo‘llari “Nazariy grammatika va fonetika”, “Qiyosiy tilshunoslik”, “Lingvistik tahlil metodlari” kabi fanlarning nazariy asoslarini boyitishga xizmat qilgan;
ingliz badiiy asarlari tahlili asosida ekzersitiv nutqiy aktlarning semantik, lingvopsixologik va sotsiopragmatik xususiyatlari izohlanishi natijasida Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi ko‘rsatuv dasturlarida, jumladan, Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yil iyun oyidan sentyabr oyiga qadar efirga uzatilgan “Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori” ko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda nutqiy aktlar, ularning tasnifiy guruhlanishi, ekzersitiv nutqiy aktlarning psixolingvistik xususiyatlari tahlilidan foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-dekabrdagi 01.07/403-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz muloqot madaniyatining ustuvor xususiyatlari va ularning diskursda faollashuviga ta’sir etadigan etnosotsiopragmatik omillar tavsifi mazkur dastur mazmunini boyitgan.