Ibragimova Nigora Islomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yurak/HEART” konseptual tushunchasining paremiologik va frazeologik matnlarda faollashuvi (ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil.2249.
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped83.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor;  Odilov Bahodir Baxtiyorovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillari frazeologik va paremiologik mantlari doirasida “yurak/qalb” – “heart/soul” konseptini shakllantiruvchi lisoniy vositalarni qiyosiy o‘rganib, ularning semantikasi va faollashuvida umumiy va o‘ziga xos jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillarida “yurak”/“heart” konseptinining lingvomadaniy, semantik, falsafiy-diniy va emosional xususiyatlari ochib berilib, har ikkala tilda yurakning qobiliyatlari oqilona fikrlashdan ko‘ra ko‘proq hissiy tamoyil bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillar frazeologik tuzilmalarida “yurak/qalb” – “heart/soul” konsepti ijobiy, salbiy va neytral insoniy his-tuyg‘ularni, jumladan, kuchli hayajon, befarqlik, jismoniy og‘riq, qo‘rquv, xafagarchilik, yovuzlik; romantik tuyg‘ular, jasorat, engillik, mehribonlik, samimiylik; xotira, sezgi, fikrlash kabi holatlarni ifodalash xususiyatlari ochib  berilgan;
o‘zbek tili paremiologik matnlarida “yurak” konsepti “qalb”, “dil”, “ko‘ngil” leksemalari orqali voqelanishi, ingliz tilida esa “heart” konsepti “soul”, “purpose”, “body”, “man”, “memory”, “love”, “courage”, “contemplation” kabi leksemalar yordamida verballashuvi hamda ularning semantik xususiyatlari dalillangan;
“yurak/ heart konseptlari ishtirokidagi paremiyalarni tarjima qilish muammolari belgilanib, ushbu muammolar echimini topishda Funksional ekvivalentlikni ta’minlovchi an’anaviy usullar bilan bir qatorda ijtimoiy-madaniy va sotsiopragmatik omillarni inobatga oluvchi tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Yurak/HEART” konseptual tushunchasining paremiologik va frazeologik matnlarda faollashuvi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
o‘zbek va ingliz tillarida “yurak”/“heart” konseptinining lingvomadaniy, semantik, falsafiy-diniy va emosional xususiyatlari o‘rganilib, har ikkala tilda yurakning qobiliyatlari oqilona fikrlashdan ko‘ra ko‘proq hissiy tamoyil bilan bog‘liq ekanligi haqidagi tahlil natijalari Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan  №2/24-4/7-690 “English Access Microscholarship Program” mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 8-avgustda 1526/02-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan tahlil va xulosalardan badiiy matnlarni xitoy tilidan o’zbek tiliga tarjima qilish amaliyoti takomillashib, magistratura talabalari uchun tashkil etilgan onlayn kurslarni tashkillashtirishda manba bo’lib xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillar frazeologik tuzilmalarida “yurak/qalb” – “heart/soul” konsepti ijobiy, salbiy va neytral insoniy his-tuyg‘ularni, jumladan, kuchli hayajon, befarqlik, jismoniy og‘riq, qo‘rquv, xafagarchilik, yovuzlik; romantik tuyg‘ular, jasorat, engillik, mehribonlik, samimiylik; xotira, sezgi, fikrlash kabi holatlarni ifodalash xususiyatlari yoritilganligi haqidagi natijalar  Qarshi davlat universitetida bajarilgan SUZ-800- 21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 18-sentyabrdagi 04/2944-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya materiallari tilshunoslik va tarjimashunoslik kabi fanlarning o’qitilishida hamda mazkur amaliy loyiha bo’yicha elektron resurslar, bosma darslik uchun manbalar va nazariy hamda amaliy materiallar tayyorlanayotganida muhim manba bo’lib xizmat qilgan;
o‘zbek tili paremiologik matnlarida “yurak” konsepti “qalb”, “dil”, “ko‘ngil” leksemalari orqali voqelanishi, ingliz tilida esa “heart” konsepti “soul”, “purpose”, “body”, “man”, “memory”, “love”, “courage”, “contemplation” kabi leksemalar yordamida verballashuvi hamda ularning semantik xususiyatlari ifodalagan ma’nolar bo’yicha taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasida 2024-yil 29-avgustdagi kuni efirga uzatilgan “Assalom Samarqand!” ko’rsatuvining navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand Teleradiokompaniyasining 2024-yil 29-avgustdagi 01-07/231-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy ommabop ahamiyatga ega tavsiyalaridan keyingi ko‘rsatuvlarda ham foydalanish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish