Azimov Asqadjon Axtamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tasviriy san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarni muloqotdagi qiyinchiliklarni korreksiyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P612.
Ilmiy rahbar: Rustamov Shavkat Shuxratovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Dilshod Qodirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tasviriy san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarni muloqotdagi qiyinchiliklarni korreksiyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlik davrida kommunikativ ko‘nikmalarni diagnostika qilinishiga ko‘ra, suhbatdoshni tushunish, shaxs o‘zini o‘zi idrok qilishi, aloqa jarayonida refleksiya va empatiyaning namoyon bo‘lishi, fikrlashdagi ochiqlik va shaxsiy chegarani o‘rnatish bilan uyg‘unlashish orqali muloqotdagi qiyinchiliklarni mazmuniy-instrumental komponentlari ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
muloqotdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishda xulq-atvordagi xavotirlanish, agressivlik, aybdorlik, tengdoshlari bilan aloqa o‘rnata olmaslik, o‘zaro munosabatlarda yuzaga keladigan noqulaylik, emotsional empatiya, yolg‘izlik hissini barqaror rivojlanishi “emotsional xayrixohlik” indikatorini kuchaytirganligi sababli o‘smirlarda “muloqotdagi to‘siqlar”ni engish ko‘nikmasini shakllanishiga erishish zarurati dalillangan;
tasviriy san’at yo‘nalishi o‘quvchilarini muloqotidagi qiyinchiliklarni korreksiyalashda shaxslararo munosabatlardagi xavotirlanish darajasini muloqotdagi pozisiyalarga bog‘liq ravishda pasayishiga erishish zarurligi tufayli kommunikativ-refleksiv sohani barqarorlashish muhimligi  asoslangan;
tasviriy san’at yo‘nalishi o‘quvchilarining muloqotdagi qiyinchilkilarini korreksiyalashda shaxslararo munosabatlardagi motivatsion to‘siqlarni ijtimoiy persepsiya, emotsional xususiyatlarni integral shakllnishiga erishish muhimligi tufayli kommunikativ faolikni rivojlantirish muhimligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tasviriy san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarni muloqotdagi qiyinchiliklarni korreksiyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga oid masalasini tadqiq etish natijasida:
o‘smirlik davrida kommunikativ ko‘nikmalarni diagnostika qilinishiga ko‘ra, suhbatdoshni tushunish, shaxs o‘zini o‘zi idrok qilishi, aloqa jarayonida refleksiya va empatiyaning namoyon bo‘lishi, fikrlashdagi ochiqlik va shaxsiy chegarani o‘rnatish bilan uyg‘unlashish orqali muloqotdagi qiyinchiliklarni mazmuniy-instrumental komponentlari ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi RM-198-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy rsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi RM-198a-son ma’lumotnomasi). Natijada tasviriy san’at yo‘nalishi o‘quvchilarida muloqotdagi qiyinshiliklarni korreksiyalashning rsixologik imkoniuatlari yaratilgan;
muloqotdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishda xulq-atvordagi xavotirlanish, agressivlik, aybdorlik, tengdoshlari bilan aloqa o‘rnata olmaslik, o‘zaro munosabatlarda yuzaga keladigan noqulaylik, emotsional empatiya, yolg‘izlik hissini barqaror rivojlanishi “emotsional xayrixohlik” indikatorini kuchaytirganligi sababli o‘smirlarda “muloqotdagi to‘siqlar”ni engish ko‘nikmasini shakllanishiga erishish zarurati dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi RM-198-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy rsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi RM-198a-son ma’lumotnomasi). Natijada tasviriy san’at yo‘nalishi o‘quvchilarida muloqotdagi qiyinshiliklarni bartaraf etishning o‘ziga xosligi aniqlashtirilgan;
tasviriy san’at yo‘nalishi o‘quvchilarini muloqotidagi qiyinchiliklarni korreksiyalashda shaxslararo munosabatlardagi xavotirlanish darajasini muloqotdagi pozisiyalarga bog‘liq ravishda pasayishiga erishish zarurligi tufayli kommunikativ-refleksiv sohani barqarorlashish muhimligi  asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi RM-198-son buyrug‘i bilan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi RM-198-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda tasviriy san’at yo‘nalishi o‘quvchilarida muloqotdagi qiyinshiliklarni korreksiyalashda kommunikativ-refleksiv sohani barqarorlashtirish yo‘llari ochib berilgan;
tasviriy san’at yo‘nalishi o‘quvchilarining muloqotdagi qiyinchiliklarini korreksiyalashda shaxslararo munosabatlardagi motivatsion to‘siqlarni ijtimoiy persepsiya, emotsional xususiyatlarni integral shakllanishiga erishish muhimligi tufayli kommunikativ faollikni rivojlantirish muhimligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi RM-198-son buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi RM-198-a-son ma’lumotnomasi). Natijada  tasviriy san’at yo‘nalishi o‘quvchilarining muloqotdagi qiyinshiliklarini korreksiyalash modeli ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish