Ayupova Guloyim Baxtiyorjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va rus tillarida oksyumoronning kommunikativ-pragmatik va lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil2928.
Ilmiy rahbar: Egamnazarova Durdona Shuxratillaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Maxamatjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Karashuk Vitaliy Aleksandrovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oksyumoronning struktural-semantik, kommunikativ-pragmatik va lingvokulturologik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oksyumoron stilistik vositasining ingliz va rus tillari badiiy, poetik, maishiy va media diskurslari doirasida qo‘llanilishiga xos bo‘lgan struktur-semantik va kommunikativ-pragmatik xususiyatlariga oid kvalitativ va kvantativ jihatlari chog‘ishtirma planda shaffof (ingliz tilida beautifully ugly, frozen fire; rus tilida jivoy trup, bogatie nishhiie) va noshaffof semantik belgili (ingliz tilida soundless music, gentle Germans; rus tilida sladkaya bol`, lyubimiy vrag) oksyumoronlar kesimida ochib berilgan;
oksyumoron semantik anomaliya asosiga qurilgan (ingliz tilida idiot savant, silent scream, living dead; rus tilida svetlaya grust`, muchitel`noe naslajdenie, jestokoe miloserdie kabilar) zidlov tarkibli badiiy lingvopoetik vosita sifatida trop emas, balki estetik-ekspressiv maqsad o‘laroq sintaktik qurilma tarzida shakllanish tabiatiga ko‘ra stilistik figura ekanligi isbotlangan;
oksyumoronni ironiya, kataxreza, paradoks singari yondosh badiiy-stilistik vositalardan ajratib turuvchi va semantik anomaliyaning hosil bo‘lishida xal qiluvchi rol o‘ynovchi tamoyillar (alogizm va kontrast semantikasining mavjudligi) ishlab chiqilgan ular asosida oksyumoron uslubiy figurasining e’tiborni jalb qilish, lakonizm, yumoristik-sarkastik motiv, emotivlik, intensifikatsiya, evfemizatsiya, regulyativlik hamda intrigani yuzaga keltirish singari kommunikativ vazifalari sirasi kengaytirilgan;
oksyumoronning lingvokulturologik omillarni aks ettiruvchi vosita sifatida ingliz va rus tillariaro tarjimasi jarayonida yuzaga chiquvchi chog‘ishtirilayotgan tillarda ekvivalentlikni ta’minlovchi tabdil usullarini qo‘llanilishining chegaralanganligi, muqobil variantlar miqdorining kamligi tillardagi “lingvokulturologik bo‘shliq”ga ishora qilishi sababi o‘laroq kalkalash dominant usul ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va rus tillarida oksyumoron stilistik vositasining lingvopragmatik va lingvokulturologik jihatlari qiyosiy-chog‘ishtirma tadqiqi doirasida to‘plangan materiallar, tadqiqot natijasida olingan xulosalar va umumlashtirilgan hukmlar asosida:
oksyumoron stilistik vositasining nutqda qo‘llanilishiga doir kommunikativ-pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlarini o‘rganish, ingliz tilidagi alogizm tamoyili asosiga qurilgan stilistik vositalarni qo‘llanilishida mavjud farqlar va o‘xshashliklarni tadqiq qilish, nutq ifodaliligini oshirishga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-201709134-sonli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini tayyorlashda ilmiy asos sifatida ishlatilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 11-iyuldagi 04/11-5561-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarjima jarayonida stilistik birliklarni adekvat qayta ishlashni ta’minlashda foydalaniladigan qonuniyatlarning o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan;
oksyumoron stilistik vositasi yordamida gap psixolingvistik tusining o‘zgarishidagi o‘ziga xosliklarni qiyosiy o‘rganish, uning kommunikativ-pragmatik jihatlarining nutq shakllanishi va uni qabul qilishga ta’sirini baholash, shuningdek, kommunikativ maqsadning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash to‘g‘risidagi xulosalardan xalqaro SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 7-iyundagi 03/1700-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydalaniladigan tillararo tarjima jarayonida uslubiy birliklarning lingvomadaniy va psixosemantik xususiyatlarini oʼrganishga xizmat qiluvchi qonuniyatlar nazariy jihatdan boyitilgan;
oksyumoronning turli diskurslarda namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos jihatlari, nutqning emotsional-ekspressiv rang-barangligini oshirishdagi ahamiyati, kommunikativ-pragmatik xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan 2023 yilning fevral va mart oylarida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” tahririyati tomonidan tayyorlangan “Fan ufqlari” va “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarida hamda teleradiokompaniyaning madaniyatlararo muloqot, tarjima, nutq madaniyati va adabiy me’yorlar masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop dasturlarini tayyorlashda qimmatli resurs sifatida xizmat qilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil 21-maydagi Oz/RK-20-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, oksyumoron stilistik vositasining kommunikativ-pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlarini o‘rganish, shuningdek, uning diskursiv-funksional talqinlarining ilmiy ta’minotini yoritib boorish kabi amaliyotlarda manba sifatida tadbiq etilgan.