Allanazarov Olimjon Yaxshiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Poliz qo‘ng‘izi (Epilachna ChrysomelinaFabr.)ning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish va unga qarshi kurash choralarini takomillashtirish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.4.PhD/Qx1029.
Ilmiy rahbar: Xaytmuratov Arslonbek Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy–tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Shomil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Yusupov Risnazar Orazbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizning janubiy xududi Surxondaryo viloyati sharoitida poliz qo‘ng‘izining bioekologik xususiyatlari, tarqalishi, zararlilik darajasini aniqlash va ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyati agrobiotsenozidayangi xo‘jalik yuritish sharoitida poliz qo‘ng‘izining bioekologiyasi, rivojlanishi, tarqalishi va zarari baholangan;
turli o‘suv davrlarida poliz qo‘ng‘izi qovunda 42,5-53,8%, tarvuzda 18,7-28,5% zarar keltirishi aniqlangan;
ilk bor Surxondaryo viloyati poliz agrobiotsenozida entomofaglarning 5 ta turkum, 9 ta oilaga mansub 27 turdagi tabiiy kushandalari aniqlangan;
ilk bor poliz agrobiotsenozida poliz qo‘ng‘iziga qarshi entomopatogen nematodalar qo‘llanilib 56,8% , Helitec, SC, Wipeout -15j, Crop-Guarg, 36% em.k., Bioslip BV, Bioslip BT, Prestij biopreparatlarini ishlatish natijasida 76,1 % gacha biologik samaradorligi aniqlangan;
poliz agrobiotsenozida poliz qo‘ng‘izining miqdorini boshqarishda yangi, istiqbolli insektisidlardan Dalate plyus 10%, em.k., Entolucho 20%, em.k., Mospilan 20%, n.kuk., Desis 2,5%, em.k. preparatlarining 92,0-97,5% gacha biologik samaradorligi aniqlanib, qo‘llash muddat va me’yorlari belgilangan;
poliz agrobiotsenozida poliz qo‘ng‘iziga qarshi kurash choralarining xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi o‘rganilib, sarflangan har bir so‘mning7,8-21,6 martagacha oqlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Poliz ekilgan maydonlarda poliz qo‘ng‘izining bioekologik xususiyatlarini o‘rganish va unga qarshi kurash choralarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
poliz ekinlarini poliz qo‘ng‘izidan uyg‘unlashgan usulda himoya qilishga doir tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 iyuldagi 05/06-04/300-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Surxondaryo viloyatida o‘quv va ilmiy ishlab chiqarish jarayonida hamda agroklasterlar va fermer xo‘jaliklari uchun ilmiy-usulbiy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Surxondaryo viloyati sharoitida poliz ekinlari agrobiotsenozida poliz qo‘ng‘izining miqdorini boshqarishda entomopatogen nematodalar, biopreparatlar va samarali insektisidlarni qo‘llash usuli Angor tumanidagi “Angor sabzavotchilik va polizchilik elita urug‘chilik“ ma`suliyati cheklangan jamiyati xo‘jaligining 2,0 gektar maydoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 iyuldagi 05/06-04/300-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori darajada biologik va iqtisodiy samara olingan;
poliz qo‘ng‘iziga qarshi kurashish bo‘yicha biologik preparatlarning sarf me’yorlari taklif etilgan va Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida hamdaO‘simliklar karantini va himoyasi ITI Surxondaryo mintaqaviy filiali tajriba dalasidagi 1,0 gektar maydonga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 iyuldagi 05/06-04/300-son ma’lumotnomasi). Natijada Surxondaryo viloyatining O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo mintaqaviy filiali, Angor hamda Bandixon tumanlaridagi poliz ekinlarini biologik preparatlardan Heltec,Sc (Helicoverpa armigera NPV 8% 1 litrda 5*1012 polihera)– 0,33l/ga sarf me’yorlarida qo‘llanilganda 72,1-60,2%, Prestij 3,0 l/ga sarf me’yorlarida qo‘llanilganda 70,1-75,3%, Bioslip BV (Beauveria bassiana OPB-09) 3,0 l/ga biologik samaradorlik 64,3-66,2%, Bioslip BT (Bacillus thuringiensis) preparatini 1,5 kg/ga ishlatilganda esa 73,4-76,1%, entomopatogen nemotoda (Steinernema carpocapsae S2) 100 mln dona/ga sarf me’yorlarda qo‘llanilganda 44,0-56,8%ga teng biologik samaradorlikka erishilgan;
poliz qo‘ng‘iziga qarshi kurashish bo‘yicha kimyoviy preparatlarni qo‘llash muddati va sarf me’yorlari taklif etilib Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 iyuldagi 05/06-04/300-son ma’lumotnomasi). Natijada Surxondaryo viloyatining O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo mintaqaviy filiali, Angor hamda Bandixon tumanlaridagi poliz ekinlarini kimyoviy preparatlardan: Desis 2,5% em.k. (del`tametrin) (0,1-0,15-0175 l/ga) qo‘llanilganda – 88,0-89,3-96,1%, Mospilan 20%, n.kuk. (atsetamiprid) (0,015-02-0,025 l/ga) – 90,6-91,3-97,5%, Dalate plyus, 10% em.k (lyambdatsigalotrin) (0,05-0,06 l/ga) – 80,7-92,0%, Entolucho, 20% em.k. (imidakloprid) (0,06-0,07 l/ga) – 89,1-95,0% samaradorlikga erishilgan;
poliz qo‘ng‘iziga qarshi kurashish ishlari Surxondaryo viloyati Bandixon tumanidagi “Paxtakor chinori 777” fermer xo‘jaligining 1,5 gektar, Surxondaryo viloyatida jami 4,5 gektar poliz maydonlarida amaliyotda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 iyuldagi 05/06-04/300-son ma’lumotnomasi). Natijada, poliz qo‘ng‘iziga qarshi biologik usulda kurashilganda o‘rtacha 17,1-18,8 s/ga dan, kimyoviy usulda kurashilganda esa o‘rtacha 30,3 s/ga dan qo‘shimcha hosil olishga erishilgan. Buning natijasida himoya qilish evaziga gektaridan 7 581 900 + 14 480 000 so‘mga teng iqtisodiy samaradorlikka erishilib, himoya qilish uchun sarflangan har bir so‘m 7,8-21,6 marta o‘zini oqlagan.