Dadahonova Zulayho Ma’murjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog'i nomi): “Nofilologik yo‘nalishlar talabalarining o‘qish va yozish malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilish texnologiyalarini takomillashtirish (ingliz tili misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5012.
Ilmiy rahbar: Kaharova Mavluda Mukarramovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Alimov Shaxobiddin Solievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nofilologik yo‘nalish talabalarining o‘qish va yozish malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nofilologik yo‘nalish talabalarining o‘qish va yozish ko‘nikmalarini nazorat qilish pedagogik, psixologik va uslubiy asoslarga ko‘ra motivation, o‘z-o‘zini baholash, mustaqillik, o‘ziga bo‘lgan ishonch, rag‘batlantirish, tizimli rejalashtirish, individuallashtirish, nutqiy-fikrlash faolligini bevosita tizimli ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishda talabalar bilimini nazorat qilish jarayoni tashqi nazorat (o‘qituvchi tomonidan talabaning faoliyatiga nisbatan amalga oshirish), o‘zaro nazorat (talaba tomonidan boshqa talaba faoliyatiga nisbatan amalga oshirish), o‘zini-o‘zi nazorat qilishga (talaba tomonidan o‘z faoliyatiga nisbatan amalga oshirish) ko‘ra aniqlashtirilgan;
nofilologik yo‘nalish talabalarining o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishda nazorat texnologiyalaridan foydalanish modelining tashkiliy-kontekstual komponenti mushohada yuritish, kommunikativ, mustaqil qarorlar qabul qilish, kognitiv koʻnikmalarni lingvodidaktik, sotsiolingvistik, pragmatik psixologik omillarga ko‘ra takomillashtirilgan;
nofilologik yo‘nalish talabalarining o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishda nazorat texnologiyalari vaziyatli topshiriqlar, STAR texnologiyasi, integratsion testlar va interaktiv test kvestlarini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nofilologik yo‘nalish talabalarining o‘qish va yozish ko‘nikmalarini nazorat qilish texnologiyalariga doir tadqiqot natijalari asosida:
nofilologik yo‘nalish talabalarining o‘qish va yozish ko‘nikmalarini nazorat qilishda pedagogik, psixologik va uslubiy asoslarini o‘rganishda motivatsiya, o‘z-o‘zini baholash, mustaqillik, o‘ziga bo‘lgan ishonch, rag‘batlantirish, tizimli rejalashtirish, individuallashtirish, nutqiy-fikrlash faolligiga va vaziyatli topshiriqlar, S.T.A.R texnologiyasi, integratsion testlar va interaktiv test kvestlarini bevosita hisobga olishga oid xulosalardan 2019-2021 yillarda Farg‘ona davlat universitetining “EMI (English as a Medium of Instruction)” nomli xalqaro loyihasi doirasida materiallar nashr etishda qo‘llanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 1-iyuldagi 04/3532-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarining o‘qish va yozish ko‘nikmalarini nazorat qilish jarajoni takomillashtirilgan;
ingliz tili amaliy mashg‘ulotlarida nofilologik yo‘nalishlar talabalarining o‘qish va yozish ko‘nikmalarini takomillashtirish jarayonida joriy, oraliq, yakuniy nazoratlar va mustaqil ta’lim uchun integratsion testlar, inetraktiv test kvesti, vaziyatli vazifalar va STAR texnologiyasini qo‘llashga oid yangiliklar 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-20170930223 - raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyiha doirasida tadqiqotchi tomonidan yaratilgan nazariy ma’lumotlar, seminar treninglar, testlar, anketalar, metodik tavsiyalar, glossariy, motivatsion videolar bo‘limlarini o‘z ichiga olgan «Faollik sari» mobil ilovasida o‘z aksini topgan va pedagogik amaliyotda tajribadan o‘tkazilgan, shuningdek “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning takomillashgan mexanizmi” nomli monografiyani tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 31-oktyabrdagi 04/6383-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishda talabalar bilimini nazorat orqali samaradorlikka erishilgan;
nofilologik yo‘nalish talabalarining o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishda nazorat texnologiyalaridan foydalanish modelining tashkiliy-kontekstual komponenti mushohada yuritish, kommunikativ, mustaqil qarorlar qabul qilish, kognitiv koʻnikmalarni lingvodidaktik, sotsiolingvistik, pragmatik psixologik omillar orqali takomillashtirishga “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” O‘zbekiston milliy televideniesi telekanali uchun dastur ssenariylarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy televideniesining 2024-yil 2-iyundagi 04-36-802-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni yaxshilandi, shuningdek, ko‘rsatuvlarda taqdim etilgan ilmiy natijalar aholini ma’rifiy jihatdan yuksaltirishga xizmat qilgan.