Xolmatov Gayratjon Muxtoralievich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Jamiyatning yangi taraqqiyot bosqichida jadidchilar ta’limoti (ijtimoiy falsafiy tahlillar)” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fa989
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sadulla Otamuratov falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Mamadjan Axmadjanovich falsafa fanlari doktori, professor; O‘roqova Oysuluv Jamoliddinovna falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatning yangi taraqqiyot bosqichida jadidchilar ta’limotining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jadidchilik harakatining demokratik jamiyat barpo etishga doir ma’rifiy-siyosiy qarashlaridagi ijtimoiy tenglik g‘oyalari Yangi O‘zbekistonning “ijtimoiy davlat” tamoyillariga mos ravishda jamiyatda ijtimoiy birdamlikni ta’minlashdagi ahamiyati proporsional munosabatlar atributi ekanligi falsafiy asoslangan;
jadidlarning milliy ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga doir qarashlaridagi “najot-ilmda, taraqqiyot-bilimda” kabi ta’lim paradigmalari bevosita ma’rifiy rivojlanishini belgilovchi substrat sifatida jamiyat ijtimoiy-ma’rifiy muhitiga ijobiy ta’siri ochib berilgan;  
jamiyatning yangi taraqqiyot bosqichida xorijiy tillarni o‘rgatishni ommalashtirishga doir islohotlar, jadidlarning tilga doir “bir til emas, to‘rt til kerak” konsepsiyasini ta’minlashga qaratilgan jamiyatni jahon andozalari darajasiga olib chiqishning dialektik zaruriyati aniqlashtirilgan;
jadid namoyandalarining ta’lim merosidagi anʼanaviylik va “yangi usul”ning ma’rifiylik xususiyatlari, yoshlar kamolotida ta’lim va sanʼat madaniy rivojlanishning maqbul yo‘li sifatida jamiyatda yoshlar madaniy pozisiyasini rivojlantiruvchi (aksiologik tarbiya, ma’naviy meros, milliy o‘ziga xoslik, milliy ta’lim) omillari jamiyatning diskretik taraqqiyotiga bevosita ta’siri falsafiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatning yangi taraqqiyot bosqichida jadidlar ta’limotining ijtimoiy falsafiy tahlillari asosida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jadidchilik harakatining demokratik jamiyat barpo etishga doir ma’rifiy-siyosiy qarashlaridagi ijtimoiy tenglik g‘oyalari Yangi O‘zbekistonning “ijtimoiy davlat” tamoyillariga mos ravishda rivojlantirishga doir xulosa va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Gʻoya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targʻiboti” 14-bandi “Ijtimoiy-ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni tadqiq qilish texnologiyalari bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish”da foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy tadqiqotlar institutining 2023-yil 12-maydagi 179-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatning yangi taraqqiyot bosqichida jadidchilar ta'limoti O'zbekiston milliy taraqqiyot strategiyasi bilan integratsiyalashuvini qiyosiy tahlil etish va jamiyatda ijtimoiy birdamlikni ta’minlashning falsafiy jihatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
jadidlarning milliy ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga doir qarashlaridagi “najot-ilmda, taraqqiyot-bilimda” kabi ta’lim paradigmalarini aniqlashga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Oila va xotin-qizlar ilmiy tadqiqot institutining targʻibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Oila va xotin-qizlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 5-maydagi 01-09/1335-son dalolatnomasi). Natijada, jadidlarning “ijtimoiy davlat” tamoyillaridagi ijtimoiy tenglik, madaniy taraqqiyot, ijtimoiy kapital kategoriyalariga  doir bevosita ma’rifiy rivojlanishini belgilovchi substrat sifatida jamiyat ijtimoiy-ma’rifiy muhitiga ijobiy ta’sirini ochib berishga xizmat qilgan;
jamiyatning yangi taraqqiyot bosqichida xorijiy tillarni o‘rgatishni ommalashtirishga doir islohotlar, jadidlarning tilga doir “bir til emas, to‘rt til kerak” konsepsiyasini amalga oshirishga oid xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanalining 2023-yil mart va may oylaridagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasinig 2023-yil 8-maydagi O‘zTV-23-32-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatni jahon andozalari darajasiga olib chiqishning dialektik zaruriyati aniqlashtirishga O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʼzbekiston” teleradiokanalining 2023-yil mart va may oylaridagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon” dasturlarini samarali tashkil etish va ularning dastur va senariylarini tayyorlashga xizmat qilgan.
jadid namoyandalarining ta’lim merosidagi anʼanaviylik va “yangi usul”ning ma’rifiylik xususiyatlari, yoshlar kamolotida ta’lim va sanʼat madaniy rivojlanishning maqbul yo‘li ekanligiga doir xulosa va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Gʻoya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targʻiboti” 14-bandi “Ijtimoiy-ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni tadqiq qilish texnologiyalari bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish”da foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy tadqiqotlar institutining 2023-yil 12-maydagi 179-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatda yoshlar madaniy pozisiyasini rivojlantiruvchi (aksiologik tarbiya, ma’naviy meros, milliy o‘ziga xoslik, milliy ta’lim) omillarning jamiyatning diskretik taraqqiyotiga bevosita ta’sirini falsafiy asoslashga hamda yangi taraqqiyot bosqichida jadidchilar ta’limoti O‘zbekiston milliy taraqqiyot strategiyasi bilan integratsiyalashuvini qiyosiy tahlil qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish