Baltashev Jursinbay Muratbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoramolchilikni rivojlantirish va iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘nalishlari”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4. PhD/Iqt1541.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Timur Uzaqbergenovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Komilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xojalepesov Polat Zinatdinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoramolchilikni rivojlantirish va iqtisodiy samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chorvachilikda iqtisodiy samaradorlikka erishishda natural va qiymat tavsifidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash hamda dehqon xo‘jaligi faoliyatining xususiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini “mahsulot sifat o‘zgarishlarini”ni inobatga olish orqali baholash usuli ishlab chiqilgan;
Qo‘ng‘irot, Bo‘zatov, Mo‘ynoq va Taxtako‘pir tumanlarida “aqlli sutchilik qoramolchilik majmua”lari, shuningdek, erkak buzoqlarni sotib oladigan maxsus boqishga mo‘ljallangan “aqlli bo‘rdoqichilik ferma”lari hamda “zotli gunajin” fermalarini tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan;
tumanlar, viloyat va respublikada veterinariya qo‘mitasi tarkibida faoliyat yurituvchi “Raqamli chorvachilikni qo‘llab-quvvatlash innovatsion bo‘lim”ini ochish va uni moliyalashtirish asoslari bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoramolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoramolchilik tarmog‘ini rivojlantirish va iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
chorvachilikda iqtisodiy samaradorlikka erishishda natural va qiymat tavsifidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash hamda dehqon xo‘jaligi faoliyatining xususiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini “mahsulot sifat o‘zgarishlarini”ni inobatga olish orqali baholash usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining ish faoliatida foydalanish uchun joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 31-iyuldagi 33/02-13-679-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik mahsulotlarining aniq natural va qiymat ko‘rsatkichlarini uy xo‘jaliklarida etishtirilgan mahsulotlari ham hisoblanilgan. Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida yangi qoramol zotlarini keltirish va ularni ko‘paytirish orqali go‘sht va sut mahsulotlarining 25 % ga oshishiga erishilgan;
Qo‘ng‘irot, Bo‘zatov, Mo‘ynoq va Taxtako‘pir tumanlarida “aqlli sutchilik qoramolchilik majmua”lari, shuningdek, erkak buzoqlarni sotib oladigan maxsus boqishga mo‘ljallangan “aqlli bo‘rdoqichilik ferma”lari hamda “zotli gunajin” fermalarini tashkil etish takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining ish faoliyatida foydalanish uchun joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 31-iyuldagi 33/02-13-679-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida Taxtako‘pir, Mo‘ynoq, Bo‘zatov, To‘rtko‘l tumanlarida chorvachilik tarmog‘i xo‘jaliklari uchun veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish markazlari ochilgan hamda ularda qoramol kasalliklari 35 % ga kamaygan;
tumanlar, viloyat va respublikada veterinariya qo‘mitasi tarkibida faoliyat yurituvchi “Raqamli chorvachilikni qo‘llab-quvvatlash innovatsion bo‘lim”ini ochish va uni moliyalashtirish asoslari bo‘yicha takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining ish faoliyatida foydalanish uchun joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 31-iyuldagi 33/02-13-679-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida vazirlik huzurida innovatsiyalar bo‘limi tashkil qilingan hamda ilmiy va startap loyihalarini ishlab chiqishga ko‘maklashish va ularni fermer xo‘jaliklarida xususan, chorvachilik xo‘jaliklarida foydalanishiga erishilmoqda. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi vazirligi saytida marketing xizmatlarini tashkil qilish orqali ijtimoiy tarmoqlarda “Molbozor” platformasi ishlab chiqilgan. Bunda chorvachilik mahsulotlarini sotish, tarqatish, etkazib berish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoramolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining ish faoliyatida foydalanish uchun joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 31-iyuldagi 33/02-13-679-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik mahsulotlari 2023-yildagi 8200,8 mlrd. so‘mdan prognoz davrida 2030-yilga kelib, 10575,7 mlrd. so‘mni tashkil etishi, bu ko‘rsatkichning 2023-yilga nisbatan absolyut o‘sishi 2374,9 mlrd. so‘mni, yoki nisbiy o‘sish 28,9 foizni tashkil etishi aniqlangan.