Yuldashev Iskandar Baxramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion menejmentni tashkil etish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.2.PhD/Iqt4157.
Ilmiy rahbari: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Yuldashev Samad Normo‘minovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida innovatsion ta’lim menejmentini tashkil etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oliy ta’lim muassasasining xalqaro tasnif bo‘yicha rivojlantirishda notijorat xususiyatini bosh omilga aylantirish orqali innovatsion ta’lim menejmentini qo‘llash taklifi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarini yosh va jins kesimida reyting ballarini tahlil qilish asosida talabalarning shaxsiy ta’lim traektoriyasini boshqarish samaradorligini oshirish taklifi.
Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘quv mashgʻulotlarida yangi texnologiyalardan foydalanishi, loqayd talabaga tashqaridan ta’sir etishni rivojlantirish orqali ta’lim sifatini miqdoriy oshirish yuzasidan taklifi.
moliyaviy menejment samaradorligiga erishish maqsadida turdosh ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalarini mutaxassislik va tanlov fanlari bo‘yicha kesishgan holati bo‘yicha ishlab chiqshni yo‘lga qo‘yish orqali quyidan-yuqoriga akademik mustaqillikni yanada mustahkamlash taklifi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining xalqaro tasnifini rivojlantirishda innovatsion ta’lim menejmentini tashkil etish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Oliy ta’lim muassasasining xalqaro tasnif bo‘yicha rivojlantirishda notijorat xususiyatini bosh omilga aylantirish orqali innovatsion ta’lim menejmentini qo‘llash taklifi 2024-yil 9-sentyabragi “Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munoasabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-957-son Qonunining 20-moddasi 1-va 2-bandlari – “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 3- va 9-moddalariga kiritilgan o‘zgarishlarni shakllantirishda fydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 11-noyabrdagi 01/q-08-69-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar uchun davlat grantini ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant va ta’lim granti shaklida ajratishga imkoniyat yaratildi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarini yosh va jins kesimida reyting ballarini tahlil qilish asosida talabalarning shaxsiy ta’lim traektoriyasini boshqarish samaradorligini oshirish taklifi 2024-yil 9-sentyabragi “Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munoasabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-957-son Qonunining 20-moddasi 9-bandiga – “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasiga kiritilgan o‘zgarishlarni shakllantirishda fydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 11-noyabrdagi 01/q-08-69-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar uchun davlat grantini ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant va ta’lim granti shaklida ajratishga imkoniyat yaratildi. Natijada, erkak (51,4 foiz) va ayol (48,6 foiz)  talabalarning a’lo baholarga o‘qiydiganlari soni oshdi.
Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘quv mashgʻulotlarida yangi texnologiyalardan foydalanishi, loqayd talabaga tashqaridan ta’sir etishni rivojlantirish orqali ta’lim sifatini miqdoriy oshirish yuzasidan taklifi amaliyotda qo‘llangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024 yil 15 avgustdagi 4/17-4/4-14134-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarining xalqaro tasnifini rivojlantirishda innovatsion ta’lim menejmentini samarali tashkil etishga xizmat qilgan.
moliyaviy menejment samaradorligiga erishish maqsadida turdosh ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalarini mutaxassislik va tanlov fanlari bo‘yicha kesishgan holati bo‘yicha ishlab chiqshni yo‘lga qo‘yish orqali quyidan-yuqoriga akademik mustaqillikni yanada mustahkamlash taklifi amaliyotda qo‘llangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024 yil 15 avgustdagi 4/17-4/4-14134-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarining xalqaro tasnifini rivojlantirishda innovatsion ta’lim menejmentini samarali tashkil etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish