Konratbaeva Ayjamal Bazarbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda agressiv xulq-atvorning psixologik determinantlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P390.
Ilmiy rahbar: Sherimbetova Zamira Shalabaevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlar doktori, professor; Ganjiev Feruz Furqatovich, psixologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshidagi agressiv xulq-atvorning psixologik determinantlarini empirik jihatdan baholash hamda agressivlikni susaytirish bo‘yicha psixokorreksion dastur ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda agressiv xulq-atvor motivlari namoyon bo‘lishiga ko‘ra «tengdoshlar guruhining salbiy ta’siri»da ahamiyatli farqlar mavjudligi tufayli agressiv xulq motivlari namoyon bo‘lishida yosh va jins farqlarining differensiatsiyasi dalillangan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning agressiv xulq-atvor motivlari «ekstroversiya», «intellekt», «o‘ziga ishonch», «optimizm» , «xotirjamlik», «hissiy beqarorlik», «mustaqillik», «dadillik», «uddaburonlik», «o‘z-o‘zini nazorat qilish»ning agressivlik sifatlarini namoyon bo‘lishiga ikki tomonlama (manfiy va musbat) ta'sir etishi tufayli ustuvor shaxs xususiyatlariga bog‘liq ekanligi asoslangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ota-onaning farzandlariga bo‘lgan ustanovkalarini farqlanishiga ko‘ra ikkinchi sinf o‘quvchilarida «bolaning irodasini bosish», «oilaviy nizolar», «ota-ona va bola o‘rtasida do‘stona munosabat»ning etishmasligi, «onaning farzand tarbiyasida mustaqil emasligi» bolalarda tajovuzkorlikni kuchaytirsa, to‘rtinchi sinf o‘quvchilarida esa ota-onaning «bolada agressiyani yo‘qotishga intilish» ularda agressiyani susaytiruvchi determinant ekanligigiga asoslanib, ota-ona-bola munosabatlari muhim psixologik omil ekanligi isbotlangan;
kichik maktab yoshidagi bolalardagi agressivlikni susaytirish uchun, ularning kognitiv (agresssivlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha hosil qilish), emotsional (g‘azabini boshqacha ifodalash va boshqarish) va konativ (agressiv vaziyatlarda xulq-atvorda namoyon qilish) sohasiga ta’sir etish mexanizmlariga asoslangan «Gʻazab qilma – dunyo seniki» nomli psixokorreksion dasturni kiritish zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda agressiv xulq-atvorning psixologik determinantlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda agressiv xulq-atvor motivlari namoyon bo‘lishiga ko‘ra «tengdoshlar guruhining salbiy ta’siri»da ahamiyatli farqlar mavjudligi tufayli agressiv xulq motivlari namoyon bo‘lishida yosh va jins farqlarining differensiatsiyasi dalillanganligiga oid ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yili 24-noyabrdagi 262-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yili 28- noyabrdagi 262 a-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda agressiv xulq-atvor motivlari namoyon bo‘lishida yosh va jins farqlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning agressiv xulq-atvor motivlari «ekstroversiya», «intellekt», «o‘ziga ishonch», «optimizm» , «xotirjamlik», «hissiy beqarorlik», «mustaqillik», «dadillik», «uddaburonlik», «o‘z-o‘zini nazorat qilish»ning agressivlik sifatlarini namoyon bo‘lishiga ikki tomonlama (manfiy va musbat) ta'sir etishi tufayli ustuvor shaxs xususiyatlariga bog‘liq ekanligiga oid ilmiy takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yili 24-noyabrdagi 262-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yili 28-noyabrdagi 262 a-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda shaxs xususiyatlari va agressivlik orasida bog‘lanishlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ota-onaning farzandlariga bo‘lgan ustanovkalarini farqlanishiga ko‘ra ikkinchi sinf o‘quvchilarida «bolaning irodasini bosish», «oilaviy nizolar», «ota-ona va bola o‘rtasida do‘stona munosabat»ning etishmasligi, «onaning farzand tarbiyasida mustaqil emasligi» bolalarda tajovuzkorlikni kuchaytirsa, to‘rtinchi sinf o‘quvchilarida esa ota-onaning «bolada agressiyani yo‘qotishga intilish» ularda agressiyani susaytiruvchi determinant ekanligigiga asoslanib, ota-ona-bola munosabatlari muhim psixologik omil ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yili 24-noyabrdagi 262-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yili 28- noyabrdagi 262 a-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ota-onaning farzandlariga bo‘lgan ustanovkalari agressiv xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi determinant ekanligi ochib berilgan;
kichik maktab yoshidagi bolalardagi agressivlikni susaytirish uchun, ularning kognitiv (agresssivlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha hosil qilish), emosional (g‘azabini boshqacha ifodalash va boshqarish) va konativ (agressiv vaziyatlarda xulq-atvorda namoyon qilish) sohasiga ta’sir etish mexanizmlariga asoslangan «Gʻazab qilma – dunyo seniki» nomli psixokorreksion dasturni kiritish zarurligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yili 24-noyabrdagi 262-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yili 28-noyabrdagi 262 a-son ma’lumotnomasi). Natijada korreksion treninglar dasturini ishlab chiqilgan.