Muminova Gavxar Esanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda sovet davrida sog‘liqni saqlash tizimi tarixi (1917-1991 yillar)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tar14.
Ilmiy maslahatchi: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti. DSc.06.01.2018.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Mahkamova Nodira Raxmanovna, tarix fanlari doktori; Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Yuldashev Rustam Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda sovet davri sog‘liqni saqlash tizimining turli yo‘nalishlarida amalga oshirilgan tadbirlar va ularning mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq tabobatiga eskilik “sarqiti” sifatida qaralib, dinga qarshi kurash bahonasida ularga nisbatan qilingan ta’qiblarga qaramasdan aholi tabiblar, siniqchilarga ishongan va shifo topganliklari uchun ularga doimiy murojaat qilib kelganligi og‘zaki tarix (Oral history) usuli orqali aniqlangan;
ikkinchi jahon urushi yillarida temir yo‘l yaqiniga gospitallarning dislokatsiya qilinishi, ta’lim va madaniy-ma’rifiy muassasa binolarining ularga bo‘shatib berilishi, ularni mehnat jamoalari otaliqqa olishi hamda O‘zbekistonning “umumittifoq gospitali”ga aylantirilishi, Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan evakuatsiya qilingan etuk malakali tibbiyot xodimlarining mutaxassislar tayyorlash va ilmiy maktablarni shakllantirishdagi o‘rni ochib berilgan;
urushdan keyingi yillarda ijtimoiy kasalliklarning tarqalishiga O‘zbekistonga gospitalizatsiya va dispanserizatsiya imkoniyatining cheklanganligi, iqtisodiy qiyinchilik va aholi maishiy turmush sharoitining yomonlashuvining asosiy sabab bo‘lganligi aniqlangan;
“ko‘p farzandlilik” siyosati targ‘iboti, “intergenetik” intervalning qisqaligi onalar va bolalar kasallanishi hamda o‘limi dinamikasining o‘sib borishiga asos bo‘lganligi va bu borada O‘zbekiston sobiq ittifoqda yuqori o‘rinda turganligi daltllangan;
1917-1991 yillarda tibbiy kadrlar tayyorlash muassasalari faoliyat mexanizmi va malakali kadrlar sonining o‘sishi, rossiyalik mutaxassislarning tibbiyot institutlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishdagi jonbozligi va tibbiyot sohasidagi ilk mahalliy mutaxassislar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda sovet davri sog‘liqni saqlash tarixi bo‘yichaishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
ijtimoiy va yuqumli kasalliklarning tarqalishiga ta’sir etgan omillar, ekologiya va uning inson salomatligiga ta’siri, ekologik vaziyatning buzilishi natijasida turli yuqumli va ijtimoiy kasalliklarning tarqalishi, bolalar o‘limiga oid statistika va diagrammalar kabi natijalaridan Qarshi davlat universitetida bajarilgan OT-F8-002 raqamli “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 21 sentyabrdagi FTA-0211/700-son ma’lumotnomasi). Bu sog‘lom avlod tarbiyasi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda onalik va bolalik, tibbiy savodxonlik, tibbiy ta’limni mustahkamlash ishiga xizmat qilgan;
atrof-muhit havosining inson salomatligiga ta’siri, madaniy hayotdagi o‘zgarishlarning aholi salomatligini muhofaza qilish ishiga ta’siri, “ommaviy madaniyat” va sog‘liqni saqlash kabi masalalar ta’rifida hamda tibbiy ta’lim tizimi islohotlarining o‘ziga xos tomonlarini aniqlashga doir natijalaridan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida bajarilgan OT-F8-211 raqamli “XX asr O‘zbekiston madaniyati tarixi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanigan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 11 oktyabrdagi FTA-02-11/841-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekistonda mustaqillik yillarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda madaniyat hal qiluvchi ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini asoslab berishga xizmat qilgan.
onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish ishining hududlar bo‘yicha qiyosiy tahlili, ular o‘rtasida kasallanish va o‘limining ortib borish dinamikasi, yuqumli va ijtimoiy kasalliklarning tarqalishi bilan bog‘liq omillar kabi natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Qashqadaryo viloyat televideniesi orqali namoyish etilgan “Sog‘lom bola yurt kelajagi” mavzusidagi ko‘rsatuv ssenariysini, “Voha” radiosining “Sog‘lom turmush tarzi”, “Yuqumli kasalliklarning tarqalish omillari” kabi eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan. (“Qashqadaryo” teleradiokompaniyasining 2017 yil 26 sentyabr` 0223/45-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasi islohotlarining mazmun-mohiyati, bugungi kunda onalar va bolalar salomatligini saqlash, xususan, onalar va bolalar o‘limini kamaytirishning ahamiyatini, yuqumli kasalliklar profilaktikasi, sanitariya maorifi masalalarini aholiga to‘g‘ri va xolis etkazishga xizmat qilgan;
tibbiyot kadrlari tayyorlash tajribasi, tibbiyot ilmiy maktablari vakillari faoliyati kabi natijalaridan Qashqadaryo viloyati o‘lkani o‘rganish muzeyi ekspozisiyalarining “Qashqadaryo tibbiyoti fidoyilari”, “Qarshi tibbiyot bilim yurti tarixi” mavzuidagi bo‘limlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2017 yil 8 noyabr` 01-11-10-5569-son ma’lumotnomasi). Bu mustaqillik sharoitida O‘zbekistonda “Sog‘lom ona-sog‘lom bola” dasturini amalga oshirish, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jamiyat rivojida tibbiy kadrlarning rolini ko‘rsatishga xizmat qilgan.