Karimova Yulduz Akulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
   

I.Umumiy ma’lumotlar. “O‘zbek adabiyotida Bobur obrazi: tadrij va talqin”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil559.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Meliev Suvon, filologiya fanlari doktori, O‘zR FA yetakchi ilmiy xodimi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat           pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sulaymonov Isroil Isomiddinovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek adabiyotida Bobur Mirzo obrazi badiiy talqinini tadrijiy izchillikda ochib berish, davrlar silsilasida shoh va shoir Bobur Mirzo shaxsiga yondashuvdagi yetakchi tendensiyalarni aniqlash hamda ularning talqinga ta’sirini ko‘rsatib berish, faqat shoh va shoir yaxlitligidagi talqindagina Bobur Mirzo obrazining oliy mukammalligi ta’minlanishini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy-adabiy manbalarda Bobur Mirzo obrazining o‘rganilish tasnifi quyidagicha: 1. Bobur Mirzo bilan hayotda uchrashgan, hamsuhbat bo‘lgan, u bilan zamondosh ijodkorlar asarlarida Bobur Mirzo siymosi; 2. “Boburnoma” va boshqa tarixiy manbalar asosida yaratilgan asarlarda Bobur Mirzo siymosi – taklif etilib, tadqiqning ushbu tasnif bo‘yicha olib borilishi uning izchilligini, uzlyuksizligini ta’minlashi ochib berilgan;
Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostonida muallifning temuriy hukmdorlardan noroziligi sezilib tursa-da, Bobur Mirzo obrazi talqinida davr haqiqati, muhit, tarixiy sharoitning shaxs hayotiga, qismatiga ta’sirini haqqoniy ochib bergani, realist san’atkor sifatida o‘zi bilib-bilmay Bobur Mirzoning ijobiy jihatlarini ham qalamga olishga majbur bo‘lgani asoslangan;
shaxsning tarixdagi o‘rni, xususan, podshoh, hukmdorlarning millat taraqqiyotidagi mavqeyiga sho‘roviy yondashuv oqibatida Bobur obrazi talqinida “shoh emas, shoir” paradigmasi yuzaga kelgani dalillangan;
“Boburnoma”da muallif obrazi zohiriy holda muallif nomidan ketadigan “men”dagina emas, balki virtual hodisa sifatida botiniy qatlamda ham mavjudligi, uning ongi, idroki, ovozi, qarashlari va munosabati asarning barcha tarkibiy unsurlarida kuzatilishi ochib berilgan;
“Saodat sohili” qissasi badiiy tragizm muammosi nuqtayi nazaridan talqin qilinib, qahramon, davr, muallif tragizmi qatorida “tragik resepsiya” nazariy tushunchasining o‘rni tayin etilgan va shu asnoda Bobur Mirzoning tragik qahramon sifatidagi ma’naviy-ruhoniy qiyofasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek adabiyotida Bobur Mirzo obrazining badiiy talqini va uning tadrijini kuzatish asnosida olingan ilmiy natijalar asosida:
tarixiy-adabiy manbalarda Bobur Mirzo obrazining o‘rganilish tasnifi  (1. Bobur Mirzoga zamondosh ijodkorlar yaratig‘ida Bobur Mirzo siymosi; 2. Mumtoz adabiyotda Boburdan keyin “Boburnoma” va boshqa tarixiy manbalar asosida yaratilgan asarlarda Bobur Mirzo siymosi)ga oid taklifar, tadqiqotning ayni tasnif asosida olib borilishi uning izchil va uzlyuksizligini ta’minlashi ochiqlangan tavsiya va ilmiy yangiliklaridan F-7-13 son “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 2-oktyabrdagi 04/11-8103-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning adabiyotshunoslik tarixining takomili haqidagi nazariy qismini boyitishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan;
Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostonida muallifning temuriy hukmdorlardan noroziligi sezilib tursa-da, Bobur Mirzo obrazi talqinida davr haqiqati, muhit, tarixiy sharoitning shaxs hayotiga, qismatiga ta’sirini haqqoniy ochib bergani, realist san’atkor sifatida o‘zi bilib-bilmay Bobur Mirzoning ijobiy jihatlarini ham yoritishga majbur bo‘lgani asoslangan ilmiy-nazariy xulosalardan Xalqaro boburshunoslik ilmiy-elektron platformasining yaratish amaliy-innovatsion loyihasida foydalanilgan (Xalqaro Bobur jamoat fondining 2024-yil 7-oktyabrdagi BF-31 son ma’lumotnomasi). Natijada platformaning nazariy-fundamental bo‘limining boyishi, foydalanuvchi uchun elektron-ilmiy resurslar manbayining sifati oshishiga erishilgan;
“Boburnoma”da muallif obrazi zohiriy holda muallif nomidan ketadigan “men”dagina emas, balki virtual hodisa sifatida botiniy qatlamda ham mavjudligi, uning ongi, idroki, ovozi, qarashlari va munosabati asarning barcha tarkibiy unsurlarida kuzatilishi borasidagi muhim xulosalardan 2024-yil 21-fevral kuni Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining “Subhidam” ko‘rsatuvini tayyorlashda, xususan, “Zahiriddin Muhammad Bobur va Jizzax” mavzusidagi seminarni tashkil etishda foydalanilgan (Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 29-avgustdagi 199/13-10-son ma’lumotnomasi). Natijada yangicha ma’lumotlar, fakt va qarashlarning ilmiy tahlili “Bobur Mirzo va Jizzax” mavzusini to‘ldirishga, bu boradagi bahsli fikrlarning asosli echimiga, tarixiy mavzuga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlarning saviyasini yaxshilashga xizmat qilgan;
shaxsning tarixdagi o‘rni, xususan, podshoh, hukmdorlarning millat taraqqiyotidagi mavqeyiga sho‘roviy yondashuv oqibatida Bobur obrazi talqinida “shoh emas, shoir” paradigmasi yuzaga kelgani va tendensioz kayfiyat bu davrda ustuvorlik kasb etganiga doir ilmiy-adabiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan “Boburxonlik” tadbirlari dasturini tuzishda, “Jizzax oqshomlari” she’riyat kechalari, “Sangzor mavjlari” adabiy to‘garagining rejalarini ishlab chiqish, faoliyatini samarali olib borishda maqsadli foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limining 2024-yil 27-avgustdagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijada “Sangzor mavjlari” to‘garagi a’zolarining badiiy adabiyotda tarixiy shaxs obrazining yaratilishida me’yor va nazariy talablar haqida bilim va tasavvurlari boyitilgan;
“Saodat sohili” qissasi badiiy tragizm muammosi nuqtayi nazaridan talqin qilinib, qahramon, davr, muallif tragizmi qatorida “tragik resepsiya” nazariy tushunchasining o‘rni tayin etilgan va shu asnoda Bobur Mirzoning tragik qahramon sifatidagi ma’naviy-ruhoniy qiyofasi to‘g‘risidagi qarashlardan F-7-13 son “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 2-oktyabrdagi 04/11-8103-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida nashr etilgan ishlarning yangi manbalar bilan boyitishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish