Rahumboeva Dilnoza Qahramon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompetensiyaviy yondashuv asosida ona tili darslarida o‘quvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped 5109.
Ilmiy rahbar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ldoshev Rustambek Avezmurodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Navro‘zova Muyassar G‘aybullaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarining 8-9-sinflarida o‘quvchilarning nutqiy muloqot kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
8-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida muloqot qilishni yanada samarali tashkil etishda chuqurroq fikrlash bosqichini va muloqot qilish o‘lchovini aniq belgilab beruvchi interaktiv, integrativ tamoyillarga asoslangan paradigma asosida tashkil etish yo‘llari nutq texnikasini egallash, sinergetik muloqot darajasini erudisiya yo‘li bilan shakllantirish orqali takomillashtirilgan;
nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning ona tili o‘quv dasturida berilgan talablarning kommunikantlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi jarayonida bosqichma-bosqich yuqori darajaga o‘tishi matn bilan ishlashda “maqbul imput” (comprehensible input) g‘oyasi asosida amalga oshirilib, pastdan yuqoriga (bottom-up) yondashuvida tinglovchi nutqiy oqimni fonemalardan gapga yoki matnga qarab tushunish yo‘li orqali takomillashtirilgan;
8-9-sinf o‘quvchilarining muloqot qilishida kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi va modeli ona tilini o‘qitish jarayonidagi integrallashgan hozirjavoblik, kirishimlilik, o‘zaro hurmat kabi xususiyatlar hamda suhbat, dialogli bahs-munozara yo‘li bilan mustaqil va ijodiy tafakkurni rivojlantirish orqali takomillashtirilgan;
8-9-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantiruvchi motivatsion, kognitiv, jarayonli bosqichlar refleksiya, “FEED BACK”, enerdjayzerlardan, maktub yozishga undovchi usullarga ko‘ra rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili ta’limida o‘quvchilarda nutqiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalariga doir ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
8-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida muloqot qilishni samarali tashkil etishda chuqurroq fikrlash bosqichini va muloqot qilish o‘lchovini aniq belgilab beruvchi interaktiv, integrativ tamoyillarga asoslangan paradigma asosida tashkil etish yo‘llarini nutq texnikasini egallash, sinergetik muloqot darajasini erudisiya yo‘li bilan shakllantirish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan xulosalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan OT-F1-002-raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 21-sentyabrdagi 01-04/5541-son ma’lumotnomasi). Natijada 8-9-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirishga qaratilgan;
nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning ona tili o‘quv dasturida berilgan talablarning kommunikantlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi jarayonida bosqichma-bosqich yuqori darajaga o‘tishi matn bilan ishlashda “maqbul input” (comprehensible input) g‘oyasi asosida amalga oshirilib, pastdan yuqoriga (bottom-up) yondashuvida tinglovchi nutqiy oqimni fonemalardan gapga yoki matnga qarab tushunish yo‘li orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar maqsadida Buxoro davlat universitetida bajarilgan OT-F1-002-raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 21-sentyabrdagi 01-04/5541-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar o‘rtasida maqsadli va mazmunli muloqotni tashkil etish samaradorligi ortishi kuzatilgan.
8-9-sinf o‘quvchilarining muloqot qilishida kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi va modeli ona tilini o‘qitish jarayonidagi integrallashgan hozirjavoblik, kirishimlilik, o‘zaro hurmat kabi xususiyatlar hamda suhbat, dialogli bahs-munozara yo‘li bilan mustaqil va ijodiy tafakkurni rivojlantirish orqali takomillashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat televideniesining “Assalom Buxoro”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlari hamda “Buxoro” radiosining “Ta’limdagi muammolar” nomli eshittirishlar ssenariysida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat televideniesining 2024-yil 21-sentyabrdagi 01-04-5541-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlar mazmunan boyib, teletomoshabinlarda turli toifadagi kommunikantlar bilan muloqotga kirishish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar shakllanishiga asos bo‘lgan.