Aliev Hamidullo Rasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda molyar tishlar yo‘qotilishi oqibatida kelib chiqadigan deformatsiyalarni davolash va profilaktikasini takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2131.
Ilmiy rahbar: Saidov Akbar Ahadovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Abduvakilov Jaxongir Ubaydullaevich tibbiyot fanlari doktori; Abubekir Eltas, tibbiyot fanlari doktori, professor (Turkiya).
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
bolalarda molyar tishlar yo‘qotilishi oqibatida kelib chiqadigan deformatsiyalarni erta aniqlash va bola yoshiga qarab davolash-profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda molyar tishlar erta yo‘qotilishi sababli kelib chikadigan tish-jag‘ tizimi deformatsiyalarning turi aniqlangan;
bolalarda molyar tishlar yo‘qotilishi oqibatida kelib chiqadigan deformatsiyalar oldini olishga qaratilgan qisqa va uzoq muddatli kuzatishlar davomida bola yoshiga qarab profilaktika choralari takomillashtirilgan;
molyar tishlarni yo‘qotish oqibatida kelib chiqgan tish-jag‘ tizimi deformatsiyalari bo‘lgan bolalarni kompleks davolashda almashinuv tishlov davrida - 10-13 yoshda - okklyuzion sathni normallashtirish uchun kappalar va breketlardan foydalanish, doimiy tishlov davrida - 14-18 yoshda okklyuzion sathni normallashtirish uchun kappalar va breketlardan foydalanish tish-jag‘ deformatsiyalarini og‘ir holatlarga o‘tishini oldini olishda yuqori samara berganligi isbotlangan;
molyar tishlarni yo‘qotish oqibatida kelib chiqgan tish-jag‘ tizimi deformatsiyalari bo‘lgan bolalarda tish qatorlari va okklyuzion sathdagi o‘zgarishlarni oldini olish uchun Asetal mikro protezlarni kullash taklif kilingan va ularning oddiy plastmassali protezlarga nisbatan 97,4 % xollarda samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 22 iyuldagi 04/08- son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda molyar tishlar erta yo‘qotilishi sababli kelib chikadigan tish-jag‘ tizimi deformatsiyalarning turi aniqlangan. 14-18 yoshli bolalar orasida birinchi molyar tishlarni yo‘qotish 41,5 %ni, hamda shu yoshda 10,7 % da birinchi va ikkinchi molyar tishlarni yo‘qotilishi aniqlangan. Kechki almashinuv davridagi tekshirilgan bolalarning 16,9 % da birinchi molyar tishlarni yo‘qotili aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda almashinuv va doimiy tishlov davrida tish qatori deformatsiyalarining ko‘p uchraydigan turlari aniqlangan. Xavf omillarini aniqlanib, o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarining rejalashtirilishi hamda amalga oshirilishi anomaliyalarni og‘ir holatga o‘tishi oldi olingan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (01.04.2024 y.; № 104); Samarqand viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.12.2022y.; № 60-K) hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (05.06.2024 y; № 2288-7-107-TV/2024) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda almashinuv va doimiy tishlov davrida tish qatori deformatsiyalarini erta tashxislashga imkon bergan. Bolalar stomatologik salomatligi klinik va tibbiy-ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish orqali profilaktikani samarali bo‘lishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: almashinuv va doimiy tishlov davrida bolalar stomatologik salomatligi tibbiy-ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish natijalari stomatologik xizmatni tashkil etishda, o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi orqali sarflanadigan xarajatlarni 1 nafar bemor xisoboga byudjet mablag‘larini 250000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 160000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda molyar tishlar yo‘qotilishi oqibatida kelib chiqadigan deformatsiyalar oldini olishga qaratilgan qisqa va uzoq muddatli kuzatishlar davomida bola yoshiga qarab profilaktika choralari takomillashtirilgan. O‘tkazilgan old proeksiyadagi telerentgenografiya tahlili bemorlarda yuz assimetriya holatini erta aniqlash imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy tibbiyotga tadbiq etilishi bolalarda almashinuv va doimiy tishlov davrida tish qatorlari deformatsiyalarini aniqlashda ushbu tekshirish usullarini qo‘llash tashxislash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. Old proeksiyadagi telerentgenografiya diagnostik mezon sifatida tavsiya etilganligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (01.04.2024 y.; № 104); Samarqand viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.12.2022y.; № 60-K) hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (05.06.2024 y; № 2288-7-107-TV/2024) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ortopantomogramma va telerentgenografiya tahlili bolalardagi tish qatori deformatsiyalar shakllanishi va rivojlanishining diagnostik mezoni sifatida tavsiya etilganligi rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlar oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida profilaktika chora tadbirlari tibbiy-ijtimoiy samaradorligini oshirish evaziga bolalar stomatologik salamatligi yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ortopantomogramma va telerentgenografiya tahlili bolalardagi tish qatori deformatsiyalar shakllanishi va rivojlanishining diagnostik mezoni sifatida tavsiya etilganligi bemorlarning poliklinikada boshqa tekshiruvlarga qatnamasligi hisobiga 1 nafar bemor xisoboga byudjet mablag‘larini 230000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 170000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: molyar tishlarni yo‘qotish oqibatida kelib chiqgan tish-jag‘ tizimi deformatsiyalari bo‘lgan bolalarni kompleks davolashda almashinuv tishlov davrida - 10-13 yoshda - okklyuzion sathni normallashtirish uchun kappalar va breketlardan foydalanish, doimiy tishlov davrida - 14-18 yoshda okklyuzion sathni normallashtirish uchun kappalar va breketlardan foydalanish tish-jag‘ deformatsiyalarini og‘ir holatlarga o‘tishini oldini olishda yuqori samara berganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tish qatorlari deformatsiyalariga olib keluvchi omillarni erta aniqlab kasallikni oldini olish imkoni yaratilgan. Tish qatorlari deformatsiyalarini erta tashxislash bemorni to‘liq davolash va asoratlardan saqlanish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (01.04.2024 y.; № 104); Samarqand viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.12.2022y.; № 60-K) hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (05.06.2024 y; № 2288-7-107-TV/2024) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda molyar tishlar yo‘qotilishi oqibatida kelib chiqadigan tish qatorlari deformatsiyalar oldini olishga qaratilgan qisqa va uzoq muddatli kuzatishlar davomida etarli samaradan iborat bo‘lgan algoritm ishlab chiqilgan, bu algoritmda ilk bor bola yoshiga qarab profilaktika choralari ishlab chiqilgan. Bolalarda molyar tishlar yo‘qotilishida atsetal mikro protezlarni qo‘llashning ijobiy samarasi isbotlangan va amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi stomatologlarga bemorlarni profilaktika natijalarni yaxshilash uchun maqsadli yondashuv imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda tish qatorlari deformatsiyalarini erta aniqlash, tekshiruvni takomillashtirish, ortodontik davoni o‘z vaqtida olib borish, kelajakda qimmat davolanishni tejashga imkon bergan. Bolalarda deformatsiyalarni oldini olishdagi profilaktika maqsadida qo‘llangan atsetal mikro protezlar uchun 1 nafar bemor xisoboga byudjet mablag‘larini 100000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 160000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: molyar tishlarni yo‘qotish oqibatida kelib chiqgan tish-jag‘ tizimi deformatsiyalari bo‘lgan bolalarda tish qatorlari va okklyuzion sathdagi o‘zgarishlarni oldini olish uchun Asetal mikro protezlarni kullash taklif kilingan va ularning oddiy plastmassali protezlarga nisbatan 97,4 % xollarda samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda almashinuv va doimiy tishlov davrida doimiy molyar tishlarni olinishi natijasida tish qatorlari deformatsiyalari kelib chiqishi oqibatidagi gingivitlarni davolashda Ginginorm preparatini qo‘lanilishi parodont kasalliklari profilaktika usullarini takomillashtirilgan, parodontit kasalligi oldi olingan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (01.04.2024 y.; № 104); Samarqand viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.12.2022y.; № 60-K) hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (05.06.2024 y; № 2288-7-107-TV/2024) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda almashinuv va doimiy tishlov davrida tish qatorlari deformatsiyalari oqibatida kelib chiqgan gingivitlarni Ginginorm preparatini qo‘llash ijobiy samaradorligiga erishish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda almashinuv va doimiy tishlov davrlarida tish qatorlari deformatsiyalari oqibatida kelib chiqgan gingivitlarni Ginginorm preparatini qo‘llash ijobiy samaradorligi ko‘rsatilib, uning stomatologiya amaliyotida qo‘llanilishi o‘tkazilgan profilaktika natijalarni yaxshilashga imkon berib, bir nafar bemor xisoboga byudjet mablag‘larini 350 000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 170000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.