Boboev Feruz Sayfilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston SSRda sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat (1925–1935 yy.)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.2.PhD/Tar137.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Tarix instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zR FA Tarix instituti, DSc.06.01.2018. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Mahkamova Nodira Raxmanovna, tarix fanlari doktori; Rasulov Bahtiyor Mahmudjonovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston SSRda 1925–1935 yillarda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda sovet tuzumiga qarshi kurashning kuchayishiga ta’sir qilgan ocharchilik, er-suv islohoti, boylarning mol-mulki musodara qilinishi, o‘zlari saylov huquqidan mahrum etilishi va surgun qilinishi, aksariyat ziyolilarning qatag‘on qilinishi, “Hujum” harakati, kollektivlashtirish siyosati kabi omillar ko‘rsatib berilgan;
sovet tuzumiga qarshi kurashda turli ijtimoiy qatlamlar (ulamolar, dehqonlar, savdogarlar, muhojirlar h.k.) va ularning etnik tarkibi, harakatning kengayishiga ko‘rsatgan ta’siri (g‘oyaviy rahbarlik qilishda, qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda, maktub almashishda) ochib berilgan;
sovet hokimiyatiga qarshi kurashning hududiy (Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Farg‘ona, Buxoro va Samarqand viloyatlari kesimida) dinamikasi aniqlangan;
O‘rta Osiyo respublikalari bilan Sharq davlatlaridagi milliy ozodlik harakatining o‘xshash (kichik guruhlarga bo‘linib kurashish, dehqonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuch ekanligi) va farqli jihatlari (Hindistonda sat’yagraxa – kurashning kuch ishlatmaslik shakli; Turkiya, Xitoy, Afg‘oniston, Eron davlatlarida siyosiy tashkilot hamda partiyalar atrofida milliy va diniy g‘oyalar asosida birlashishi) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston SSRda sovet tuzumiga qarshi qurolli harakatyuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston SSRda sovet tuzumiga qarshi qurolli harakatning mohiyati va hududiy farqli jihatlari, kurashning asosiy markazlari, turli harakatlantiruvchi kuchlari, ijtimoiy va etnik tarkibi hamda kurashning kuchayishiga doir ma’lumotlardan ikki jildlik “O‘zbekiston tarixi (1917–1991 y.)” monografiyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2018 yil 28 maydagi 3/1255-1439-son ma’lumotnoma). Natijalarning joriy qilinishi sovet tuzumiga qarshi qurolli harakatning tarixi, maqsadi va mohiyati hamda uning ahamiyatini o‘rganish uchun keng imkoniyat yaratgan;
milliy davlatchilikni qayta tiklash, o‘z hududiga egalik qilish, shuningdek, harakat rahbarlari o‘rtasidagi ziddiyat hamda sovet tuzumiga qarshi kurashda ishtirok etgan aholi va harakatlantiruvchi kuch sifatida diniy ulamolar (eshonlar, mullalar, mudarrislar), dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar va ishchilar qatlami bo‘lganligi to‘g‘risidagi fikrlardan umumta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “O‘zbekiston tarixi (1917-1991 yillar)” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2018 yil 10 apreldagi 01/11-01/05-540-son ma’lumotnoma). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi darslikning 8-10-paragraflarida aks etgan Sharqiy Buxoro va Xorazm vohasida sovet tuzumiga qarshi kurash masalasini yoritishda hamda ilmiy ma’lumotlar bilan boyitish va takomillashtirishga xizmat qilgan.