Valixonova Gulnoraxon Komiljonovnaning

falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar:

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi uyg‘urlarida an’anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar”, 07.00.07–Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.3.PhD/Tar214.

Ilmiy rahbar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.06.01.2018. Tar.56.01.

Rasmiy opponentlar: Doniyorov Alisher Xudoyberdievich, tarix fanlari doktori, professor; Azimova Nodira Xayitbaevna, tarix fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tarixiy-etnografik materiallar asosida XIX asr o‘rtalari va XX asrda Farg‘ona vodiysi uyg‘urlarining an’anaviy hamda zamonaviy etnomadaniy jarayonlardagi ishtirokini etnologik jihatdan yortib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

uyg‘urlarning Farg‘ona vodiysiga “ommaviy migratsiya”si va integratsiya to‘rt bosqich (1840–60 yillardagi bu bosqich to‘lqiniga ichki ziddiyatlar; 1864–78 yillarda o‘lkadagi siyosiy voqealar; 1881–1920 yillardagi yirik ko‘chishga siyosiy boshqaruvning o‘zgarishi; 1955–1962 yillarida ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy kelishuv)da bo‘lganligi hamda ularning Farg‘ona vodiysi bo‘ylab joylashuvida ijtimoiy ahvol, kasb-kor, qon-qardoshlik xususiyatlari ustuvor ahamiyatga ega bo‘lganligi asoslab berilgan;

Farg‘ona vodiysida farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq – besh oqshom, chiviq, inisiatsion xarakterdagi – yigit oshi, etti kecha, ip choy, diniy xarakterdagi – so‘piliq choy, tuz quydi kabi marosimlarda uyg‘urlarga xos etnik xususiyatlar aks ettishi aniqlangan;

uyg‘urlarning etnik o‘ziga xosligi (identity), moddiy va ma’naviy madaniyatidagi transformatsiyalar XX asrda mintaqada yuz bergan siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar ta’sirida bo‘lganligi isbotlangan;

Farg‘ona vodiysi shevalari (Namangan shahri, Uychi tumani)ning tarixiy shakllanishida “umlaut” hodisasiga asos bo‘lganligi va vodiy shaharlari (O‘sh, Andijon, Marg‘ilon) aholisi shevasi (lahjasi)da har ikki tilda uchramaydigan yangi atamalar paydo bo‘lganligi, uyg‘ur tilining “Farg‘ona shevasi” esa mustaqil dialekt sifatida Markaziy Osiyo uyg‘urlari shevasidan qisman farqlanishi etnolingvistik va etnosotsiologik materiallar yordamida dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Farg‘ona vodiysi uyg‘urlarida an’anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlaryuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

Farg‘ona vodiysi uyg‘urlariga oid etnografik materillar va tadqiqotda bayon qilingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining etnik siyosat va millatlararo konsepsiyasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2018 yil 2 maydagi 01-09-687-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalarning joriy etilishi qardosh mamlakatlar bilan o‘zaro aloqalarda xalq diplomatiyasidan keng foydalanish va globallashuv davrida diasporalar etnomadaniyatini keng targ‘ib etishga imkon beragan;

O‘zbekistonda yashovchi turli xalqlar va diasporalar madaniyati hamda ularning umumo‘zbek madaniyati bilan o‘zaro uyg‘unlashuviga oid ilmiy xulosalardan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining ilmiy tadqiqot ishlarida foydalanilgan (Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining 2018 yil 11 maydagi 01/02-617-18 - son ma’lumotnomasi). Tatbiq etilgan natijalar O‘zbekistonda yashovchi turli xalqlar va diasporalarga xos tarixiy qadriyatlar, urf-odatlar va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlariga targ‘ib qilishga hamda yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish