Alieva Mexrinoza Aybekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek milliy gazlama dizaynerligi terminlarining semantik-grammatik tadqiqi», 10.00.01–O‘zbek tili(filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil382.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Rano Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Odilov Yorkinjon Raxmonalievich, filologiya fanlari doktori; Madraximov Ilhom Sobirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy gazlama dizaynerligi terminologiyasi taraqqiyoti, terminlarning ma’no tuzilishi, ularning semantik-grammatik tabiatini asoslab berishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
terminologik maydonda coha terminlarining o‘ziga xos sistemaviylik, differensiyalilik, monosemiklikka intilish tendensiyasi, uslubiy betarafligi kabi xususiyatlari isbotlangan;
o‘zbek tili gazlama dizaynerlik terminlarining tarixiy-genetik shakllangan struktur-morfologik hamda struktur-sintaktik, shuningdek, derevatsion-semantik jihatlarining milliy o‘ziga xosligi asoslangan;
terminologik maydonning transformatsion belgilari va ularning so‘z asosiga hamda grammatik ko‘rsatkichlarga asoslangan valentlik xususiyatlari yoritilgan;
gazlama dizaynerligi terminlarining kasbiy, tabaqaviy, jinsiy, yoshga xoslangan ijtimoiy xususiyatlari, terminologik maydonda okkazional terminlar mavjudligi isbotlangan;
gazlama dizaynerligi terminlararo ularning tizmiy munosabatlarini ta’minlovchi o‘xshashlik, jins-tur, butun-bo‘lak munosabatlari o‘rganilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbek milliy gazlama dizaynerligi terminlarini semantik-grammatik tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kommunikatsiya jarayonida milliy xarakterning namoyon bo‘lishi, unda milliy urf-odatlar, milliy gazlamalar hamda ularning nomlanishini semantik tomondan o‘rganishda A-1-126 raqamli “Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini shakllantirishning zamonaviy usullari” davlat ilmiy tadqiqot dasturlari doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24-maydagi 89-03-2016-sonli ma’lumotnomasi). Natijada milliy gazlama nomlarining izohlari boyigan, mukammallashgan;
dunyo tilshunosligida til birliklarining milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berish, ularning shakliy-mazmuniy tuzilishidagi o‘ziga xosliklarni aniqlash, xususan, milliy terminlarning struktur-morfologik, derevatsion-semantik jihatdan o‘rganishda ITD-1-57 raqamli O‘zbek tilining tatbiqiy yo‘nalishlarini amalga oshirishning dasturini ishlab chiqish” davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (O‘R Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24-maydagi 89-03-2016-sonli ma’lumotnomasi). Natijada gazlama dizaynerligi terminlarining sotsial xususiyatlari ochib berilgan;
milliy gazlama dizaynerligi terminlarining semantik-grammatik tadqiqi natijalaridan Andijon viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilayotgan “Qadriyat”, “Nafosat”, “Nigoh”, “Oltin xalqa”, “Yoshlar vaqti” ko‘rsatuvlarida milliy gazlamalar tarixiga oid fikrlardan; “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Maftunkor diyor”, “Shukrona” eshittirishlari ssenariylarini yaratishda foydalanilgan (Andijon viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 24 maydagi 20-24/269-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur manbalar ko‘rsatuv va eshittirishlarning ma’rifiy va amaliy jihatdan boyishini ta’minlagan.