Tulibaev Xursand Bazarbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek romanchiligida badiiy uslub va janriy-kompozision yaxlitlik sintezi”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Fil368.

Ilmiy rahbar: Umurov Hotam Ikromovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.05.02.

Rasmiy opponentlar: Kasimov Abdugapir, filologiya fanlari doktori; Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek romanlarida badiiy uslub va janriy-kompozision yaxlitlikning sintezlashuvi muammosini U.Hamdam, Sh.Bo‘taev va L.Bo‘rixon romanlari misolida nazariy tadqiq etib, adabiy jarayonda kechayotgan uslubiy, janriy va kompozision yangilanishlarning ijodkor shaxsi bilan bog‘liq individual, milliy va jahoniy asoslarini ko‘rsatish, shu adiblar poetik mahoratini o‘rganib, mustaqillik davri plyuralistik tafakkuri ta’sirida milliy romanchilikda sodir bo‘layotgan sifat o‘zgarishlarining ijtimoiy-estetik mohiyatini oydinlashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yozuvchilarning real voqelikni yaxlit idrok etishi, hayot materialini kompozisiyaga aylantirish mahorati, shuningdek, uslubning konkret ijodkor va adabiy jarayon bilan bog‘liq kategoriya ekanligi isbotlangan;

kompozisiyaning badiiy maydon, rivoyat, tafsilotlar, portret, peyzaj, lirik chekinish, qistirma epizod, inter`er singari shakliy komponentlarining birlashtirish vazifasi, ijodiy individuallikni belgilovchi jihatlari asoslangan;

janr ichki, tashki, o‘zaro ta’sirining yuzaga kelishi, bir asrlik romannavislikning taraqiyotidagi evolyusion takomili aniqlangan;

zamonaviy o‘zbek romani kanonlarini belgilashda poetik matrisa dastlabki asos ekanligi dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Hozirgi o‘zbek romanchiligida badiiy uslub va janriy-kompozision yaxlitlik sintezini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:

janr ichki shakllarining yuzaga kelishida tadrijiy takomilga oid nazariy qarashlari va ilmiy xulosalardan FA-F1-GOO2 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental davlat loyihasini bajarish jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 89-03-3269-son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;

ZAmonaviy roman kanonlarini belgilashga oid tavsiyalar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiy tanqid kengashining yillik hisobotida «Roman janri: kecha va bugun», «Poetik mushohadada ramziylik» mavzusidagi tadqiqotlar tahlilida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2018 yil 21 sentabrdagi 01-03-15/1330-son ma’lumotnomasi). Natijada roman janrining adabiyotshunosligimiz va tanqidchiligimiz taraqqiyotiga xizmat qilishi e’tirof etilgan;

Roman va bugungi romanchiligdagi sifat o‘zgarishlarning tadirjiy takomilashib borayotganligi borasida Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Assalom Qoraqalpog‘iston” tonggi ko‘rsatuvida ishtirok etib ob’ektga jalb qilingan romanlar xususida atroflicha mulohaza yuritilgan. (QR teleradiokompaniyasining 2018 yil 30 apreldagi 14-19/468-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mazmun mundarijasining ilmiyligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish