Shanazarov Alisher Eshniyazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektr energetika tizimlarining holatlarini kompleks optimallashtirish modellarini zamonaviy usullar asosida takomillashtirish”, 05.05.02 – “Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4463.
Ilmiy rahbar: Gayibov Tulkin Shernazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Mirzabaev Akram Maxkamovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamidov Shuxrat Vaxidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: energetika tizimlarining qisqa muddatli holatlarini rejalashtirish va operativ boshqarishda barcha rostlanuvchan parametrlar bo‘yicha kompleks optimallashtirish modellarini zamonaviy usullar asosida takomillashtirish va samarali algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli holatlarini dekompozisiyalash orqali kompleks optimallashtirish masalasining matematik modeli va uni echish usuli ta’sir etuvchi va cheklovchi faktorlarning holat parametrlari asosida  takomillashtirilgan;
elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli holatlarini rejalashtirishda barcha rostlanuvchan parametrlarni bevosita kompleks optimallashtirishning matematik modeli oddiy va funksional chegaraviy shartlar hamda isroflarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli holatlarini bevosita kompleks optimallashtirish masalasini tarmoqdagi isroflar va chegaraviy shartlarni hisobga olgan holda rostlanuvchan parametrlarni hisoblash aniqligini oshirish orqali qo‘shimcha iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash imkonini beruvchi usuli va algoritmi ishlab chiqilgan;
elektr energetika tizimlarining operativ holatlarini boshqarishda rostlanuvchan parametrlarning optimal qiymatlarini ta’sir etuvchi va cheklovchi faktorlarni hisobga olib hisoblashning sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalanishga asoslangan usuli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli holatlarini rejalashtirish va operativ holatlarini boshqarishda rostlanuvchan parametrlarni kompleks optimallashtirish masalasining matematik modellari va uni echish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli holatlarini dekompozisiyalash orqali kompleks optimallashtirish masalasining matematik modeli va uni echish usuli “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning Markaziy qism magistral elektr tarmoqlari holatlarini optimal boshqarishda elektr uzatish liniyalardagi quvvat oqimlari, tugunlarning kuchlanishlari, transformatorlarning transformatsiyalash koeffisientlari va manbalarning reaktiv qivvatlari bo‘yicha cheklovlarni hisobga olish uchun joriy qilingan (“O‘zbekiston MET” AJning 2024-yil 1-apreldagi 01-02-39/1579-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, elektr tarmog‘ining har qanday ish holatlarida uzatiluvchi elektr energiyasining kuchlanish bo‘yicha sifatini ta’milash va tarmoq jihozlarini o‘ta yuklanishlardan himoyalash imkoniyati yaratilgan;
elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli holatlarini rejalashtirishda barcha rostlanuvchan parametrlarni bevosita kompleks optimallashtirishning matematik modeli “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning Markaziy qismida isroflarni minimallashtirish uchun joriy qilingan (“O‘zbekiston MET” AJning 2024-yil 1-apreldagi 01-02-39/1579-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori aniqlikdagi optimal kuchlanish va reaktiv quvvatni ta’minlanishi hisobiga tarmoqning maksimal yuklamali ish holatda umumiy aktiv quvvat isrofini 823 kVt (2,5%) ga kamaytirish imkonini bergan;
elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli holatlarini bevosita kompleks optimallashtirish masalasini tarmoqdagi isroflar va chegaraviy shartlarni hisobga olgan holda rostlanuvchan parametrlarni hisoblash aniqligini oshirish orqali qo‘shimcha iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash imkonini beruvchi usul “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Markaziy qismining holatlarini optimallashtirishga joriy qilingan (“O‘zbekiston MET” AJning 2024-yil 1-apreldagi 01-02-39/1579-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yillik elektr energiya isrofining kamayishi hisobiga erishiluvchi iqtisodiy samaradorlik 170 063 000 (bir yuz etmish million oltmish uch ming) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish