Rasulova Ziyodaxon Abduborievnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbeklarda oila-nikoh an’analarining ijtimoiy va etnik psixologiyasi”, 19.00.05– Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2DSc/Psi14.

Ilmiy maslahatchi: Shoumarov G‘ayrat Bahromovich, psixologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Psi.01.07.

Rasmiy opponentlar:Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Nazarov Qiyomiddin Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Mahmudova Muyassar Mahmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbeklarda oila-nikoh an’analarining ijtimoiy va etnik psixologiyasini o‘rganish asosida zamonaviy o‘zbek oila-nikoh an’analarining psixologik muammolarini echish imkoniyatlarini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

oila-nikoh an’analarini ilmiy-psixologik o‘rganishning asosiy yo‘nalishlari (psixologik antropologiya, qiyosiy-madaniy psixologiya, din psixologiyasi, etnopsixolingvistika, etnosotsiologiya)ga xos yondashuvlarni o‘zbek milliy-madaniy muhitida tatbiq etishning integrativ (konnektiv, funksional, regulyativ) imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan;

o‘zbeklarning oila-nikohga munosabati va tasavvurlarini operativ   aniqlashga mo‘ljallangan optimal murakkablik va psixologik adekvatlikka ega metodika («Oila-nikoh masalalari») ishlab chiqilgan;

o‘zbek oilalarida oila-nikoh an’analarining ijtimoiy-iqtisodiy optimallashtirish bo‘yicha psixologik ish olib borish uchun an’analarning asosiy funksiyalari (tarbiyaviy, felisitologik, rekreativ, psixo­tera­pev­tik) va mezonlari (informativ, axloqiy qadriyat­lar, maqsadga muvofiqlik, erkinlik) taklif etilgan;

o‘zbeklarda oila-nikoh an’analari bo‘yicha oilalar bilan psixologik maslahat va ma’rifat ishlarini olib borishda diniy e’tiqod, sotsial konformizm va sotsial persepsiya fenomenlari ta’sirchan etnomadaniy omillar ekanligi aniqlangan;

oila-nikoh an’analariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi dabdababozlik, isrofgarchilik kabi omillarni bartaraf etish va nikoh to‘yi an’analarini ixchamlashtirishda tejamkorlik, to‘yni tashkil etishga mantiqiy va amaliy foydalilik munosabatlarini shakllantirish, oila-nikoh an’analarida sotsial-psixologik targ‘ibot hamda oila-nikoh munosabatlarini takomillashtirishda sovchilik xizmatini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar  ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbek oila-nikoh an’analarining ijtimoiy va etnopsixologik jihatdan tadqiq qilishjarayonida ishlab chiqilganilmiy natijalari asosida:

oila-nikoh an’analarini ilmiy-psixologik o‘rganishning asosiy yo‘nalishlari (psixologik antropologiya, qiyosiy-madaniy psixologiya, din psixologiyasi, etnopsixolingvistika, etnosotsiologiya)ga xos yondashuvlarni o‘zbek milliy-madaniy muhitida tatbiq etishning integrativ (konnektiv, funksional, regulyativ) imkoniyatlarini ko‘rsatib berishga oid takliflar  «Etnografiya, etnologiya va antropologiya» magistratura mutaxassisligining Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishida foydalanilgan (O’zStandart Davlat agentligida 2014 yil 18 sentyabrda O’zDSt 36.1410:2014 05-573-son qayd raqami bilan ro‘yxatga olingan). Natijada taklif etilgan materiallar an’analarning etnopsixologik xususiyatlarini, psixologik ta’sirini, oila-nikoh an’analarining oila mustahkamligida tutgan o‘rni va ahamiyatini ochib berishga xizmat qilgan;

o‘zbeklarning oila-nikohga munosabati va tasavvurlarini operativ aniqlashga mo‘ljallangan optimal murakkablik va psixologik adekvatlikka ega metodikasi («Oila-nikoh masalalari») ishlab chiqilganligiga doir yangilik «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazining faoliyatida foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazining 2017 yil 15 fevraldagi 01-16/32-son ma’lumotnomasi). Natijada ular oila-nikoh an’analarini  ilmiy asosda o‘rganishga xizmat qilgan;

o‘zbek oilalarida oila-nikoh an’analarining ijtimoiy-iqtisodiy optimallashtirish bo‘yicha psixologik ish olib borish uchun an’analarning asosiy funksiyalari (tarbiyaviy, felisitologik, rekreativ, psixo­tera­pev­tik) va mezonlari (informativ, axloqiy qadriyat­lar, maqsadga muvofiqlik, erkinlik) taklif etishga doir ilmiy yangilik Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, Toshkent shahar hokimiyati amaliy faoliyatiga tatbiq qilingan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2017 yil 25 oktyabrdagi 02-05/948-son, Toshkent shahar hokimi mahkama­si­ning 2017 yil 19 sentyabrdagi 07/294-son ma’lumotnomalar). Natijada oila byudjeti va yosh oila mustahkamligiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan bir qator an’analarning ixchamlashtirilishiga, oila-nikoh an’analari bilan bog‘liq xarajatlarning qisqartirilishiga erishilgan;

o‘zbeklarda oila-nikoh an’analari bo‘yicha oilalar bilan psixologik maslahat va ma’rifat ishlarini olib borishda diniy e’tiqod, sotsial konformizm va sotsial persepsiya fenomenlari ta’sirchan etnomadaniy omillar ekanligi to‘g‘risidagi ilmiy yangilik O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Dunyo bo’ylab» teleka­na­­­li ko‘rsatuv­la­rini tayyorlashda foydalanilgan («Dunyo bo’ylab» telekanali» davlat unitar korxonasining 2017 yil 30 iyundagi 08-14-296-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbeklar­ning oila-nikoh an’ana­larining mazmun-mohiyati, oila mustahkam­ligidagi roli va ahamiyati, an’a­na­­lar­ning etnopsixologik xususiyatlari va psixolo­gik ta’siri, oila­viy tar­biya jarayonida milliy qadriyatlarga keng e’ti­bor berishga qaratilgan ma’rifiy eshittirish va ko‘rsatuvlarning izchil uyush­­ti­ri­lishi ota-onalarni ma’naviy tarbiyaning milliy va umuminsoniy yutuq­larining mohiyati, ilg‘or tajribalari bilan tanishtirish kabi ma’­ri­fiy tadbirlarni ma’naviy va psixologik jihatdan boyitishga xizmat qilgan.

oila-nikoh an’analariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi dabdababozlik, isrofgarchilik kabi omillarni bartaraf etish va nikoh to‘yi an’analarini ixchamlashtirishda tejamkorlik, to‘yni tashkil etishga mantiqiy va amaliy foydalilik munosabatlarini shakllantirish, oila-nikoh an’analarida sotsial-psixologik targ‘ibot hamda oila-nikoh munosabatlarini takomillashtirishda sovchilik xizmatini tashkil etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-psixologik tavsiyalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Dunyo bo’ylab» teleka­na­­­lining ko‘rsatuv­la­rini tayyorlashda foydalanilgan («Dunyo bo’ylab» telekanali» davlat unitar korxonasining 2017 yil 30 iyundagi 08-14-296-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbeklar­ning oila-nikoh an’ana­larini mazmun-mohiyati, oila mustahkam­ligidagi roli va ahamiyati, an’a­na­­lar­ning etnopsixologik xususiyatlari va psixolo­gik ta’siri, oila­viy tar­biya jarayonida milliy qadriyatlarga keng e’ti­bor berishga qaratilgan ma’rifiy eshittirish va ko‘rsatuvlarning izchil uyush­­ti­ri­lishini psixologik jihatdan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish