Israilova Maxsuda Nig‘matullaevnaning

falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lotin tilini o‘qitish jarayonida tibbiyot oliy ta’lim muassasasi talabalarini intellektual-madaniy rivojlantirishning didaktik asoslarini takomillashtirish», 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (lotin tili).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped22.

Ilmiy rahbar: Egamberdieva Nodira Meliboevna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.

Rasmiy opponentlar: Maxmudova Muyassar pedagogika fanlari doktori, professor; Toshxonov Muxammadali Turdalievich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot oliy ta’lim muassasasi talabalarini lotin tilini o‘qitishda intellektual-madaniy rivojlantirishning didaktik asoslarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

lotin tilini o‘qitishning metodik ta’minoti konsentrizm tamoyili bo‘yicha intellektual-madaniy rivojlantirish parametr va indikatorlarni aniqlashtirish, baholash mezonlarini belgilash, funksional omillarni tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;

lingvomadaniy materiallarni loyihalashtirishning didaktik tizimi lotin tilini o‘zlashtirishning leksik, terminologik va aforistik darajalari bo‘yicha ishlab chiqilgan;

lotin tilini o‘qitishning kontekstli-konseptual texnologiyasi talabalarni intellektual-madaniy rivojlantirishning mantiqiy, abstrakt, ijodiy fikrlash hamda pragmatik komponentlari asosida aniqlash-tirilgan;

lotin tilidagi o‘zlashtirma, arxaik so‘z va neologizmlarni o‘rgatish tizimi lingvomadaniy paradigma asosida kognitiv tilshunoslikning germenevtik va vitogen texnologiyalari bo‘yicha takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Lotin tilini o‘qitishda talabalarni intellektual-madaniy rivojlantirishning didaktik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

talabalarni intellektual-madaniy rivojlantirishning mantiqiy, abstrakt, ijodiy fikrlash hamda pragmatik komponentlarini aniqlashtirish asosida lotin tilini o‘rganishning sub’ekt-ob’ekt (umumiy intellektga doir) va sub’ekt-sub’ekt (ijtimoiy intellektga oid) tizimi “Lotin tili va tibbiy farmatsevtik terminologiya asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (2016 yil 22 yanvardagi 26-119-son guvohnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirish, anatomik atamalarni tarjima qilish va tushunish, bemorlarga klinik tashxisni to‘g‘ri qo‘yish, reseptlarda farmatsevtik terminlarni grammatik va orfografik jihatdan to‘g‘ri yozishga xizmat qilgan;

talabalarni antik davr sivilizatsiyasini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, axloqiy, estetik va milliy qadriyatlarni chuqur o‘zlashtirish orqali hayotga, bo‘lajak kasbga ongli munosabatni, mas’uliyat hissini oshirish, til va nutq shakllarini tahlil etish kompetentligini rivojlantirishning lingvopedagogik mezonlari, talabalarni mustaqil intellektual-bilish, madaniyatshunoslikka doir faoliyatga jalb etish hamda nazariyaning amaliyot bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlash  asosida talabalarni intellektual-madaniy rivojlantirishga yo‘naltirilgan konsept tizimi haqidagi ilmiy xulosalardan “OT-F1-36. Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzuidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 11 dekabrdagi 89-03-3231-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida talabalarni intellektual-madaniy rivojlantirishning didaktik tizimi ishlab chiqilgan;

talabalarni intellektual-madaniy rivojlantirishning didaktik tizimini modellashtirish asosida lotin tilini o‘qitishning samarali texnologiyalari “ITD-4-122 – Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 11 dekabrdagi 89-03-3231-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida talabalarni intellektual-madaniy rivojlanganlik darajasini tashxis etishning elektron-dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;

lotin tilini o‘qitishda talabalar anatomik bilim asoslari, klinik tashxis qo‘yishni to‘g‘ri o‘rganishi va reseptni to‘g‘ri yozish to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘lishida farmatsevtik terminlarni o‘rganishda foydalanilgan (Lotin-rus-ingliz-o‘zbek tibbiy atamalar lug‘ati. – T., 2017.). Mazkur lug‘at lotin, rus, ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy atamalarning ma’nosini to‘g‘ri anglash, tibbiy terminologiya to‘g‘risidagi tasavvurlarni kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish