Allaberdiev Bobur Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Oʻzbek va qozoq tillari o‘rtasida mashinali tarjima tizimi”, 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4191
Ilmiy rahbar: Raxmonov Zafar Ravshanovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar:
Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor;
Madraximov Shavkat Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mashinali tarjimaning anʼanaviy usullari va ilg‘or modellari asosida 2 ta turkiy tillar o‘rtasida tarjima qilish uchun mos algoritm hamda dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va qozoq tillari grammatik qoidalaridan foydalanilgan holda qiyosiy ontologik modellari qurilgan;
o‘zbek-qozoq tilining parallel korpusidan foydalanilgan holda lingvistik qoidalar asosida bilimlar bazasi shakllantirildi;
o‘zbek tili xususiyatlarini inobatga olgan holda neyron mashinali o‘qitish algoritmidan foydalanib tarjima modeli yaratilgan;
neyron to‘ri asosida o‘zbek va qozoq tillari uchun mashinali tarjima tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbek va qozoq tillari o‘rtasida mashinali tarjima tizimi uchun ishlab chiqilgan algoritmlar va ularning dasturiy ta’minoti yordamida olingan ilmiy yangiliklar asosida:
o‘zbek va qozoq tillarining grammatikalari o‘rtasidagi aniqlangan o‘xshashlik va farqlar, ikki til uchun yaratilgan parallel korpus, shakllantirilgan gramatik qoidalarining ontologik modellari va ishlab chiqishgan mashinali o‘qitish algoritmlardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida bajarilgan grantda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024 yil 20 noyabrdagi
33-8/7790-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili milliy korpusining matnlar bazasini hajmini ko‘paytirish va dasturiy ta’minotning aniqliligini 15% oshirish imkonini bergan;
o‘zbek-qozoq tilining o‘zbek-qozoq tilining qiyosiy ontologik modeli asosida shakllantirilgan bilimlar bazasi “Unicon SOFT” MChJ Samarqand viloyat filialida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024 yil 20 noyabrdagi 33-8/7790-son ma’lumotnomasi). Mazkur bilimlar bazasi asosida tuzilgan dasturiy vositaning tarjimon modeli natijalari Google va Yandex tarjimon tizimlari kabi natija berishi hamda ma’lumotlar to‘plamini ko‘paytirish orqali natijalarni yaxshilash imkoniyatiga erishish mumkinligi aniqlangan. Ma’lumotlarni tarjima qilish uchun sarf qilinadigan vaqt sarfini 11% ga qisqartir imkonini bergan;
“O‘zbektelekom” AK Samarqand shahar telekommunikatsiya bog‘lamasida mijozlar bilan aloqa jarayonida sinovdan o‘tkazilgan va amaliyotga joriy etilgan. Sinov natijasida tavsiya etilgan modellarning yutuqlari solishtirilib, tizimning kuchli va zaif tomonlari aniqlangan. Ishlab chiqilgan modellar va usullar tabiiy tildagi matnlarni avtomatik ravishda abstraksiyalash va qayta ishlashning boshqa amaliy masalalarini hal qilishda, shuningdek, axborot-qidiruv tizimlarida, o'quv dasturlarini ishlab chiqishda va elektron ta'lim tizimlarida foydalanish mumkinligi aniqlandi. Tadqiqot ishida olib borilgan tajribalar ta’lim, fan, san’at, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy sohalardagi har qanday ma’lumotlarni tarjima qilishda qo‘llanilishi bilan izohlanadi. (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024 yil 20 noyabrdagi 33-8/7790-son ma’lumotnomasi). Natijada mijozlar bilan muloqot jarayonida 13.5 % tezlik bo‘yicha samarali natijaga erishish imkonini taqdim qildi.