Abdujapparova Mubarak  Baltabaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Telekommunikatsiya tarmog‘ining keng polosali imkoniyligi o‘tkazuvchanlik qobiliyatini  baholash usuli», 05.04.01–Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, Telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotni taqsimlash (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4. PhD/T520.

Ilmiy rahbar: Xalikov Abdulxaq Abdulxairovich, texnika fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,  DSc.28.12.2017.T.07.02.

Rasmiy opponentlar: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Xodjaev Nadir Sadikovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: telekommunikatsiya tarmoqlarining keng polosali abonent kirish tarmog‘i o‘tkazuvchanlik qobiliyatini baholash usuli va uning funksional xarakteristikalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

abonentlarning zamonaviy keng polasali kirish tarmoqlarida o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga talablarining o‘zgarish tendensiyalarini hisobga olgan holda abonent kirish tarmog‘ining matematik modeli ishlab chiqilgan;

mul`tipleksorning uch sathli modeli asosida kirish kommutatori va agregatsiya sathi kommutatorining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini baholash usuli ishlab chiqilgan;

keng polosali abonent kirish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini baholash algoritmi keng polosali kirishda qo‘llaniladigan FTTB, FTTH va FTTC texnologiyalarni tanlash orqali ishlab chiqilgan;

tadqiqot qilingan optik kirish tarmog‘ining modeli va  kirish tarmoqlariga abonentlarni ulanish sxemalari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Keng polosali kirish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini hisoblash va baholash usuli va algoritmi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

abonentlarning zamonaviy keng polosali kirish tarmoqlarini o‘tkazuvchanlik qobiliyati talablarining tendensiyalarini o‘zgarishiga asoslangan abonent kirish tarmog‘ining matematik modeli “O‘zbektelekom” AKning “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filialining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi  33-8/7820-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan model tarmoqning faol elementlarining optimal xarakteristikalarini o‘tkazuvchanlik qobiliyatining minimal ko‘rsatkichi bo‘yicha hisoblash imkoni yaratilgan;

keng polosali kirish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini hisoblash, baholash usul va algoritmi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua “O‘zbektelekom” AKning  “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filialining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2018 yil
19 oktyabrdagi  33-8/7820-son ma’lumotnomasi). Natijada tarmoqdagi faol elementlarining tanlangan parametrlarida va keng polosali kirish tezligini baholashni belgilangan me’yorida texnologiyalarini tanlashni avtomatlashtirish imkoni yaratilgan;

mul`tipleksorning uch sathli modeli asosida kirish kommutatori va agregatsiya sathi kommutatorining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini baholash usuli “East Telecom” OAJ amaliy faoliyatiga joriy qilingan  (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi  33-8/7820-son ma’lumotnomasi). Natijada kirish yangi uzellarini joylashtirish nuqtasini aniqlash, har bir kirish uzelida joylashgan uskunalar xarakteristikalarini xisoblash, abonentlarni keng polosali kirish bilan ta’minlash uchun aloqa liniyalarining zaruriy o‘tkazuvchanlik qobiliyatini hamda abonentlarga xizmat ko‘rsatishda optimal texnologiya tanlash, “minimal o‘tkazuvchanlik qobiliyati/qurilmaning minimal bahosi” baholash mezoni bo‘yicha keng polosali kirish tarmog‘i xizmatlarini joriy etishni osonlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish