Axmedova Dilrabo Kurbondurdi qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Banklarda chakana kreditlash amaliyotini raqamli transformatsiya qilish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” va 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3467
Ilmiy rahbar: Mamadiyarov Zokir Toshtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Turaev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Banklarda chakana kreditlash amaliyotini raqamli transformatsiya qilish istiqbollarini zamonaviy yondashuvlaridan foydalangan holda takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chakana bank xizmatlarini raqamlashtirishda kreditlash jarayonlariga robotli avtomatlashtirish (RPA) texnologiyasini qo‘llash yo‘li bilan kreditlarni qayta ishlashga zarur bo‘lgan vaqt va resurslarni qisqartirish orqali bank samaradorligini oshirish taklif etilgan;
avtokreditlarni rasmiylashtirishda xarajatlarini optimallashtirish maqsadida avtomobil, elektromobil va gibrid avtotransport vositalarini birlamchi bozordan xarid qilayotganda avtomobil identifikatsiya raqami (VIN) yoki zavod nomerlari orqali bank tomonidan taqiqqa qo‘yish amaliyotini joriy qilish taklifi asoslangan;
“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning mablag‘lari hisobidan uy-joy sotib olish va ta’mirlash uchun aholiga ipoteka krediti ajratishda ularning bir oylik o‘rtacha daromadi limitini olib tashlash va uy-joyga muxtojligiga ko‘ra ajratish taklif etilgan;
tijorat banklarida chakana kreditlash jarayonlarini raqamlashtirish asosida chakana raqamli kreditlar hajmini ARIMA modeli asosida 2027 yilga qadar prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Banklarda chakana kreditlash amaliyotini raqamli transformatsiya qilish istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
chakana bank xizmatlarini raqamlashtirishda kreditlash jarayonlariga robotli avtomatlashtirish (RPA) texnologiyasini qo‘llash yo‘li bilan kreditlarni qayta ishlashga zarur bo‘lgan vaqt va resurslarni qisqartirish orqali bank samaradorligini oshirishga doir taklifi “Turonbank” ATB Boshqaruvining 2022 yil 3 oktyabrdagi 85/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turonbank” ATB tizimida jismoniy shaxslarga mobil ilova orqali onlayn mikroqarz ajratish to‘g‘risida”gi nizomining 5 va 14-bandlarini ishlab chiqishda foydalanildi. (ATB “Turonbank”ning 2024 yil 19- iyuldagi 22/02-71-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Turonbank” ATB da “MyTuron” mobil ilovasi orqali onlayn mikroqarz ajratish hajmi 2024 yilning 1-iyun’ holatiga 2023 yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobarga oshgan va 44,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
avtokreditlarni rasmiylashtirishda xarajatlarini optimallashtirish maqsadida avtomobil, elektromobil va gibrid avtotransport vositalarini birlamchi bozordan xarid qilayotganda avtomobil identifikatsiya raqami (VIN) yoki zavod nomerlari orqali bank tomonidan taqiqqa qo‘yish amaliyotini joriy qilishga doir taklifi “Turonbank” ATB Boshqaruvining 2023 yil 24 martdagi 19/6-sonli qarori bilan tasdiqlangan ““Turonbank” ATB tomonidan shaxslarga birlamchi va ikkilamchi bozordan elektromobil va gibrid avtotransport vositalarini sotib olish uchun “EcoGreenCar” nomli avtokreditini ajratish to‘g‘risida”gi nizomining 5 va 14-bandlarini ishlab chiqishda foydalanildi. (ATB “Turonbank”ning 2024 yil 19- iyuldagi 22/02-71-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Turonbank” ATB da birlamchi bozor uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravarigacha miqdorda 30,99 foizdan 48 oygacha muddatga annuitet usulida avtokredit ajratish boshlandi.
“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning mablag‘lari hisobidan uy-joy sotib olish va ta’mirlash uchun aholiga ipoteka krediti ajratishda ularning bir oylik o‘rtacha daromadi limitini olib tashlash va uy-joyga muxtojligiga ko‘ra ajratishga doir taklifi “Turonbank” ATB Boshqaruvining 2021 yil 10 avgustdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan ““Turonbank” ATB tomonidan “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ ning mablag‘lari hisobidan uy-joy sotib olish va ta’mirtalsh uchun aholiga ipoteka krediti ajratish to‘g‘risida”gi Tartibning 13-bandini ishlab chiqishda foydalanildi. (ATB “Turonbank”ning 2024 yil 19- iyuldagi 22/02-71-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Turonbank” ATB da “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ ning mablag‘lari hisobidan uy-joy sotib olish va ta’mirtalsh uchun aholiga ipoteka krediti 2024 yil davomida 5.9 mlrd so‘m miqdorida ajratildi.
tijorat banklarida chakana kreditlash jarayonlarini raqamlashtirish asosida chakana raqamli kreditlar hajmini ARIMA modeli asosida 2027 yilga qadar prognoz ssenariylari “Turonbank” ATB chakana kreditlash jarayonlarini raqamlashtirish amaliyotida hamda “Turonbank” ATBning 2023-2027 yillarda rivojlantirish strategiyasida foydalanildi. (ATB “Turonbank”ning 2024 yil 19- iyuldagi 22/02-71-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-2027 yillarda tijorat banklarida chakana kreditlash jarayonlarini raqamlashtirish asosida chakana raqamli kreditlar hajmini kelgusi to‘rt yil uchun ishlab chiqilgan prognoz ssenariylari asosida aniqlash va maqsadli qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish