Maksudova Dilnoza Yunusovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet va demensiya: klinik-nevrologik parallellari, erta tashxislash va davolash», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib275.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gul`nora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yoqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xalimova Zamira Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkinchi tip qandli diabetda kognitiv buzilishlarni erta tashxis qilish, davolash va klinik nevrologik parallellarni aniqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ikkinchi tip qandli diabet oliy nerv faoliyati o‘zgarishi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
diabetik demensiyada bosh miya MRT manzarasida oq modda va po‘stloqosti yadrolar zararlanishi, zararlanish aralash tusga ega ekanligi, zararlanish sohasi ko‘p holatlarda peshona-chakka va gippokamp sohalarida joylashganligi aniqlangan;
ikkinchi tip qandli diabetning kognitiv buzulishlar rivojlanishining xavf omillari aniqlangan hamda bemorlar hayot sifati ko‘rsatkichini yaxshilash maqsadida diabetik demensiyaning birlamchi va ikkilamchi profilaktikaga yondashuv takomillashtirilgan;
qandli diabetda kognitiv buzulishlari bor bemorlarga bazis davoga qo‘shimcha ravishda neyroprotektorlar va xolinesteraza ingibitorlarining davo sifatida berish neyrodinamika jarayonlari va boshqaruvchi funkiyalarga nisbatan ijobiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ikkinchi tip qandli diabetda kognitiv buzilishlarni erta aniqlashga qaratilgan yangi yondashuvlar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«2 tip qandli diabetda kognitiv buzilishlarning erta korreksiyasi” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 maydagi 8n-r/129-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma 2 tip qandli diabetda va boshqa patologiyalarda bemorlarning kognitiv funksiyalarini baholashga qaratilgan chora-tadbirlarni, davolash diagnostik taktikani yaxshilashga, kognitiv disfunksiyalarni uchrash chastotasini kamaytirishga va og‘ir demensiya rivojlanish xavfini kamaytirishga imkon yaratgan;
ikkinchi tip qandli diabetda kognitiv buzilishlari bo‘lgan bemorlarda davolash va tashxislash sifatini yaxshilashga qaratilgan tadqiqotning olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Respublika shoshilinch tibbiyot markazining nevrologik bo‘limi amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 maydagi 8n-r/122-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar psixometrik shkalalar ko‘rsatkichlarini oshirishga (1,5 ballga), ikkinchi tip qandli diabet bilan og‘rigan katta yoshdagi bemorlar hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratgan.