Ashurova Mukadas Djaloldinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar Mehribonlik uylarining sharoitini gigienik baholash uslubiyotini takomillashtirish», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib270.
Ilmiy rahbar: Baxritdinov Shaxobiddin Samarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xamraqulova Muqaddasxon Asqarovna, tibbiyot fanlari doktori; Xasanova Ma’mura Ikromovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Mehribonlik uylari tuzilishi va sharoitini, tarbiyalanuvchilarining salomatlik holatini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mehribonlik uylarining qurilishi, jihozlanishi va ta’lim-tarbiya sharoitlarning gigienik me’yor va qoidalari ishlab chiqilgan;
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining jinsi, yoshiga mos ravishda jismoniy rivojlanishini tahlillari asosida gigienik tavsiyalar asoslangan;
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ovqatlanish tartibi va sharoitlari, o‘smirlarning fiziologik extiyojining gigienik me’yori ishlab chiqilgan;
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining salomatlik holati va ovqatlanish tartibini yaxshilash borasida kompleks chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan;
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining salomatlik holatini yaxshilashga qaratilgan sog‘lomlashtiruvchi chora-tadbirlar tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mehribonlik uylarining sharoitini gigienik baholash uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Mehribonlik uylari va maktab-internatlarni tuzilishi va tarkibi bo‘yicha sanitariya qoidalar» (0311-14 sonli SanQvaM) tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 dekabrdagi 8n-d/85-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat Mehribonlik uylari va maktab-internatlarini qurish va tarbiya sharoitini tashkillashtirishga qo‘yilgan gigienik talablarni ishlab chiqish imkonini bergan;
«Bolalar uylari tuzilishi va tarkibi sanitar qoida va me’yorlari» (0199-06 sonli SanQvaM) tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2006 yil 12 maydagi 9-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat Mehribonlik uylari uchun yashash, ta’lim va tarbiya sharoitlarini optimallashtirish imkonini bergan;
bolalar Mehribonlik uylarining sharoitini gigienik baholash uslubiyotini takomillashtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika, Toshkent shahar, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari Mehribonlik uylari amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 25 iyuldagi 8n-z/161-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi Mehribonlik uylarining, qurilishi, obondonlashtirilishi, ta’lim va tarbiya sharoitlarini tashkillashtirilishi, bolalar populyasiyasi orasidan salomatlik holati, jismoniy rivojlanishni garmonikligini ta’minlash, ular orasida kasalliklarni davolashga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirish va soha xodimlari orasida kasbiy mahoratni oshirish imkonini bergan.