Xoshimova Nargis Abdullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilida assotsiativ munosabatlar», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.

Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Rano Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.

Rasmiy opponentlar: Usmonova Xurinnisa, filologiya fanlari doktori; Akramov Shukurjon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Yetakchi tashkilot:Samarqand  davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sistem tilshunoslik, psixolingvistika, kognitiv tilshunoslik, neyrolingvistika va pragmatika fanlarining sinergetik yondashuvida assotsiativ tizim hamda jarayonlarni o‘zbek tili materiallari asosida tahlil etishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

jamoaviy, individual, konseptual assotsiativ maydonlar individning yoshi, millati, jinsi, yashash hududi, ijtimoiy kelib chiqish kabi tashqi omillar asosida yuzaga kelishi isbotlangan;

erkin va zanjirli assotsiatsiyalar usullari asosida o‘tkazilgan tajriba orqali assotsiativ  lug‘aviy birliklar statistik dalillangan;

san’at mikromaydonining sinonimik, darajalanish, temporal, antonimik, assimetrik kabi ichki mikrosistemalari aniqlangan;

o‘rganilayotgan assotsiativ maydonning lisoniy, neyrolisoniy va konseptual tahlili kognitiv aspektda isbotlangan;

o‘zbek tili sohiblarining mentaliteti va til ongi negizida assotsiativ maydonlar modellashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

O‘zbek tilida assotsiativ munosabatlar tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

lingvistik birliklarning borliqdagi voqelikni ifodalash, ong faoliyati, undagi saralash, umumlashtirish va tasniflash haqidagi nazariy xulosalar 2015–2017 yillarda olib borilgan “O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yaratish dasturini ishlab chiqish” nomli A-1-39 raqamli amaliy-texnik loyihada foydalanilgan ( Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 may 89-03-2125- son ma’lumotnomasi). Natijada verbal vositalarning ontologik, epistomologik va lisoniy jihatlarini yoritish masalalari ilmiy dalillar bilan boyishiga erishilgan;

dissertatsiyaga oid tizim tamoyillarini belgilash, reprezentativ tizim modalliklarini aniqlash orqali o‘quvchilarni o‘qitish tavsiflaridan 2015–2017 yillar davomida bajarilgan “Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini shakllantirishning zamonaviy usullari” nomli A-1-126 raqamli amaliy ilmiy-texnik grantida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 may 89-03-2125- son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchining psixologik holatini e’tiborga olish va tilni o‘qitish masalalariga aniqliklar kiritilishiga erishilgan;

o‘zbek tilida lug‘atshunoslik masalalari, assotsiativ lug‘atlar tuzishda assotsiativ tajribalarning muhimligi, ushbu tajribalarda o‘zbek tili sohiblarining til ongi orqali assotsiativ maydonlarni modellashtirish, assotsiativ lug‘atlarda lingvokul`turologik va kognitiv jihatlari va assotsiativ fikrlashning o‘zbek mentalitetiga xosligi ifodalanishiga oid ilmiy qarashlari va xulosalari Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining “Ma’naviyat sarchashmasi” ko‘rsatuvi va “Ziyo maskani” radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 23 aprel`, 135-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur manbalar teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmunini mukamallashtirdi va ilmiy dalillar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish