Yigitaliev Sardor Xusanboevich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Me’da-ichak yo‘llari polipsimon hosilalarini davolashda endoskopik texnologiyalarni takomillashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib1078
Ilmiy maslahatchi: Ismailov Saydimurad Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Bikov Mixail Il`ich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Egamov Yuldashali Suleymanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kasimov Adxam Lutfillaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Grodno davlat tibbiyot universiteti (Belarus Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: diod lazeridan foydalangan holda me’da-ichak yo‘llarining yuzaki polipsimon xosilalarini endoskopik olib tashlash usulini takomillashtirish orqali xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
me’da-ichak yo‘llaridan yuzaki polipsimon va polipsimon bo‘lmagan xosilalarni texnik xususiyatlari ekssiziyaning spesifiq oqibatlari xavfini kamaytirishga, shuningdek, patologiyaning mahalliy qaytalanish holatlarini kamaytirishga qaratilgan endoskopik olib tashlash usuli ishlab chiqilgan;
polipsimon xosilani olib tashlash maqsadida me’da-ichak shilliq qavatining etarlicha liftingini amalga oshirish uchun Xemoben kukunini 0,1% metilen ko‘ki eritmasida eritish yo‘li bilan olingan 4-5% gelni qo‘llash optimal ekanligi aniqlangan;
shilliq qavatning gelli liftingi bilan taklif etilgan lazerli ekssiziya usuli amalga oshirilganda me’da yoki yo‘g‘on ichakning chuqur qavatlari zararlanishining xavfi sezilarli darajada kamayishi, infisirlangan yaralar va nekrotik qoplamalar hosil bo‘lishi kuzatilmasligi hamda gelning to‘liq so‘rilishi 5-7 kun ichida sodir bo‘lishi isbotlangan;
yuzaki hosilalarni ekssiziya qilish sohasida taklif qilingan kombinatsiyalangan gelli substansiyani shilliq qavat ostiga in’eksiya qilish yo‘li bilan yostiqcha xosil qilish maxalliy gemostatik, yallig‘lanishga qarshi va regenerativ ta’sir ko‘rsatishni ta’minlashi, shuningdek, aralashuv xududini nazorat qilishni yaxshilashi aniqlangan;
taklif etilgan endoskopik ekssiziya usulini yuqori energiyali lazer ta’sirini qo‘llagan holda amalga oshirish joylashuvi, shakli va o‘lchamidan qat’iy nazar yuzaki xosilalarni olib tashlashning radikalligini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Me’da-ichak yo‘llarining polipsimon va polipsimon bo‘lmagan shakllaridagi yangi hosilalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: me’da-ichak yo‘llaridan yuzaki polipsimon va polipsimon bo‘lmagan xosilalarni texnik xususiyatlari ekssiziyaning spesifiq oqibatlari xavfini kamaytirishga, shuningdek, patologiyaning mahalliy qaytalanish holatlarini kamaytirishga qaratilgan endoskopik olib tashlashning ishlab chiqilgan usuli (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024 yil 25 apreldagi IAP 7677-sonli ixtiro uchun patenti) Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan 2024 yil 10 iyulda 01-r/15-son va 2024 yil 2 avgustda 01-r/19-son bilan tasdiqlangan “Oshqozon-ichak traktining yuzaki polipoid va polipoid bo‘lmagan xosilalarini endoskopik olib tashlash usulini takomillashtirish” va “Yo‘g‘on ichakning yuzaki polipoid xosilalarini endoskopik davolashning yangi usuli” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 24 iyuldagi 78-son, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 12 avgustdagi 123/1-I-son va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 14 sentyabrdagi 96-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 8/7-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Asoratlar sonining kamayishi va bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishi reabilitatsiya muddatini qisqartirishga olib keladi. Bu usul bemorlarni nogironlikka chiqishdan saqlaydi, ularning xayot sifatini yaxshilaydi va davolash samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tadqiqotga 50 nafar bemor jalb etilgan bo‘lib, ularning 15 nafarida (30%) an’anaviy usullar qo‘llanilganda asoratlar yuzaga kelgan, bu esa bemorlarni kasalxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 3 kunga uzaytirgan. Yangi usulni joriy etish ushbu asoratlarning oldini olish imkonini berdi, bu esa bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini va davolanish xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirdi. Bir bemor uchun 1 kunlik tejamkorlik: 365000 so‘m. 3 kun uchun tejamkorlik: 365000×3=1095000 so‘m. 15 nafar patsient uchun umumiy tejamkorlik: 1095000×15=16425000 so‘m. Xulosa: me’da-ichak yo‘llari xosilalarini endoskopik olib tashlash bo‘yicha ishlab chiqilgan usul 15 nafar bemorda asoratlar kelib chiqishining oldini olib, umumiy 16425000 so‘m iqtisod qilinadi. Yangi yondashuv nafaqat davolash xarajatlarini kamaytiradi, balki reabilitatsiya samaradorligini oshiradi, bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini qisqartiradi va tibbiy yordam sifatini yaxshilaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: polipsimon xosilani olib tashlash maqsadida me’da-ichak shilliq qavatining etarlicha liftingini amalga oshirish uchun Xemoben kukunini 0,1% metilen ko‘ki eritmasida eritish yo‘li bilan olingan 4-5% gelni qo‘llash optimal ekanligi aniqlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan 2024 yil 10 iyulda 01-r/15-son va 2024 yil 2 avgustda 01-r/19-son bilan tasdiqlangan “Oshqozon-ichak traktining yuzaki polipoid va polipoid bo‘lmagan xosilalarini endoskopik olib tashlash usulini takomillashtirish” va “Yo‘g‘on ichakning yuzaki polipoid xosilalarini endoskopik davolashning yangi usuli” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 24 iyuldagi 78-son, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 12 avgustdagi 123/1-I-son va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 14 sentyabrdagi 96-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 8/7-son xulosasi). Ilmiy yangilikning  ijtimoiy samaradorligi: amaliyotni vaqtida to‘qimalarni shikastlanishini kamaytirish va operatsiya zonasining vizualizatsiyasini yaxshilash davolash sifati, bemorlar reablitatsiya muddatini qisqartirish va muvaffaqiyatli operativ amaliyotlar ulushini oshirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Geldan foydalanish natijasida shilliq osti to‘qimalarning shikastlanishi kabi asoratlar xavfi kamaydi. 40 nafar bemor orasida 12 nafarida asoratlarning oldi olinib, statsionarda bo‘lish muddati 2 kunga qisqartiradi. Bir bemor uchun 1 kunlik tejamkorlik: 365000 so‘m. 2 kun uchun tejamkorlik: 365000×2=730000 so‘m. 12 nafar bemor uchun umumiy tejamkorlik: 730000×12=8760000 so‘m. Xulosa: Endoskopik aralashuvlarda ushbu texnologiyadan foydalanish nafaqat davolashning klinik samaradorligini oshiradi, balki asoratlar xavfini kamaytirish hisobiga mablag‘ iqtisodi  ta’minlaydi. Umumiy tejamkorlik 8 760000 so‘mni tashkil qildi, bu esa tavsiya etilgan usulni iqtisodiy jihatdan manfaatli va ommabop bo‘lishini ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: shilliq qavatning gelli liftingi bilan taklif etilgan lazerli ekssiziya usuli amalga oshirilganda me’da yoki yo‘g‘on ichakning chuqur qavatlari zararlanishining xavfi sezilarli darajada kamayishi, infisirlangan yaralar va nekrotik qoplamalar hosil bo‘lishi kuzatilmasligi hamda gelning to‘liq so‘rilishi 5-7 kun ichida sodir bo‘lishi isbotlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan 2024 yil 10 iyulda 01-r/15-son va 2024 yil 2 avgustda 01-r/19-son bilan tasdiqlangan “Oshqozon-ichak traktining yuzaki polipoid va polipoid bo‘lmagan xosilalarini endoskopik olib tashlash usulini takomillashtirish” va “Yo‘g‘on ichakning yuzaki polipoid xosilalarini endoskopik davolashning yangi usuli” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 24 iyuldagi 78-son, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 12 avgustdagi 123/1-I-son va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 14 sentyabrdagi 96-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 8/7-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: me’da-ichak yo‘llari shilliq qavatining tiklanish muddatini qisqartirish bemorlarni hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi, bu esa ularga kundalik faoliyatlariga tezroq qaytish imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: gelli yostiqcha bilan diodli lazer ekssiziya qo‘llangan 60 nafar bemor orasida 20 nafar (33%) asoratlar kuzatilmagan, jumladan, yallig‘lanish jarayonlari, to‘qimalarni tiklanishi sekinlashishi yoki qo‘shimcha xirurgik aralashuvlarga ehtiyoj bo‘lmagan. Statsionarda qolish xarajatlari har bir kun uchun 365000 so‘mni tashkil qilgan. Yangi usul tufayli asoratlardan saqlangan 20 nafar bemor uchun umumiy tejamkorlik: 365000 so‘m × 1 kun × 20 bemor = 7300000 so‘m. Xulosa: gelli shilliq osti yostiqchasi bilan lazerli ekssiziya usuli asoratlar yuzaga kelishi ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi, bemorlarni statsionarda bo‘lish muddatini qisqartiradi va tibbiyot muassasalariga moliyaviy yuklamani kamaytiradi. Umumiy tejamkorlik 20 nafar bemor uchun 7300000 so‘mni tashkil qildi, bu esa metodikaning yuqori iqtisodiy samaradorligini tasdiqlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuzaki hosilalarni ekssiziya qilish sohasida taklif qilingan kombinatsiyalangan gelli substansiyani shilliq qavat ostiga in’eksiya qilish yo‘li bilan yostiqcha xosil qilish maxalliy gemostatik, yallig‘lanishga qarshi va regenerativ ta’sir ko‘rsatishni ta’minlashi, shuningdek, aralashuv xududini nazorat qilishni yaxshilashi aniqlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan 2024 yil 10 iyulda 01-r/15-son va 2024 yil 2 avgustda 01-r/19-son bilan tasdiqlangan “Oshqozon-ichak traktining yuzaki polipoid va polipoid bo‘lmagan xosilalarini endoskopik olib tashlash usulini takomillashtirish” va “Yo‘g‘on ichakning yuzaki polipoid xosilalarini endoskopik davolashning yangi usuli” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 24 iyuldagi 78-son, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 12 avgustdagi 123/1-I-son va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 14 sentyabrdagi 96-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 8/7-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: gelni me’da-ichak yo‘llari shilliq osti qavatiga yuborish orqali xosil bo‘lgan yostiqcha foydalanish operativ amaliyotdan keyingi asoratlarni  kamaytiradi va bemorlarning reabilitatsiyasini tezlashtiradi. Bu esa davolash sifatini yaxshilashga tiklanish uchun zarur bo‘lgan vaqtni qisqartirishga yordam beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda gelni shilliq ostiga yuborib ekssiziya amalga oshirilgan 50 nafar bemor kuzatildi,  an’anaviy usullar bilan davolangan 18 (36%) nafar bemorda qon ketish kabi asoratlar kuzatildi, bu esa kasalxonada bo‘lish muddatini oshishiga olib keldi. Tavsiya etilgan usuldan foydalanish  asoratlarning oldini olish imkonini berdi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi. Statsionar davolanish uchun eng kam xarajat har bir kun uchun 365000 so‘mni, gel yostiqchadan foydalanish oqibatida asoratlari bo‘lmagan 18 nafar bemor uchun har bir davolanish kuni uchun 6570000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: gelli yostiqcha yordamida ekssiziyani amalga oshirish kelib chiqishi mumkin  bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va kasalxonada bo‘lish  vaqtini qisqartiradi va  (18 nafar bemor)da 6570000 so‘mdan kuniga iiqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: taklif etilgan endoskopik ekssiziya usulini yuqori energiyali lazer ta’sirini qo‘llagan holda amalga oshirish joylashuvi, shakli va o‘lchamidan qat’iy nazar yuzaki xosilalarni olib tashlashning radikalligini oshirishi isbotlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan 2024 yil 10 iyulda 01-r/15-son va 2024 yil 2 avgustda 01-r/19-son bilan tasdiqlangan “Oshqozon-ichak traktining yuzaki polipoid va polipoid bo‘lmagan xosilalarini endoskopik olib tashlash usulini takomillashtirish” va “Yo‘g‘on ichakning yuzaki polipoid xosilalarini endoskopik davolashning yangi usuli” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 24 iyuldagi 78-son, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 12 avgustdagi 123/1-I-son va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 14 sentyabrdagi 96-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 8/7-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: xosilani to‘liq olib tashlash takroriy jarrohlik aralashuv xavfini kamaytirib  bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi va ularni reabilitatsiya qilish vaqtini qisqartiradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: 70 bemordan iborat guruhda an’anaviy davolash usullaridan foydalanganda 22 (31%) bemorda qaytalanish kuzatilib, qo‘shimcha jarroxlik  aralashuvlarni talab etdi. Lazerli ekssiziyada orqali amalga oshirilgan amaliyotlarda asoratlar kuzatilmadi, har bir operativ amaliyot narxi 1500000 so‘mga qisqardi. Guruh bo‘yicha jami tejab qolingan mablag‘ 33000000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: yuqori diodli lazerli ekssiziya orqali asoratlar sonini va takroriy operativ amaliyotlarga ehtiyojni kamaytiradi, bu nafaqat jarrohlik amaliyoti samaradorligini oshirib, takroriy amaliyotlar kuzatilmagan 22 nafar bemorda  33000000 so‘mni  tejash imkonini beradi.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish