Raxmatova Nodira Raximovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Introduksiya qilingan ayrim doimiy yashil butalarning vegetativ ko‘paytirish biologiyasi», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/B155.

Ilmiy rahbar: [Shtonda Nina Ivanovna], biologiya fanlari nomzodi.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Dsc.27.06.2017.B.39.01.

Rasmiy opponentlar: Tuxtaev Boboqul Erqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Boysunov Bobur Xidirovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: introduksiya qilingan ayrim doimiy yashil butalarning vegetativ ko‘paytirish biologiyasini asoslash va ko‘kalamzorlashtirishda foydalanish uchun tezkor ko‘paytirishning samarali bo‘lgan usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Toshkent Botanika bog‘i sharoitida introduksiya qilingan doimiy yashil manzarali Ligustrum, Pyracantha, Laurocerasus, Berberis va Buxus turkumi 9 ta turlari va 1 ta shaklining o‘sish dinamikasini iqlim sharoitlariga bog‘liq holda onalik turlarda kech boshlab erta tugashi, qalamchadan ko‘paytirilgan turlarda erta boshlab kech tugashi aniqlangan;

onalik va qalamchalardan ko‘paytirilgan ko‘chatlarda ob-havoning quruq-issiq, nam yoki qattiq sovuqning uzoq davomiy kelishiga qarab, Ligustrum, Pyracantha, Laurocerasus, Berberis va Buxus turkumi turlari fenologik fazalaridagi o‘zgarishlar aniqlangan;

turlarning rizogenezlik qobiliyatini novdalarning yoshiga va novdaning turli qismlaridan olingan qalamchalarning uzunligi hamda ularning optimal ekish muddatiga bog‘liq ekanligi asoslangan;

turlarni ildiz oldirish uchun yog‘ochlashgan va yashil novda qalamchalarini tayyorlash va ekishning maqbul muddatlari, ildiz oldirish va ko‘chatlarini etishtirishda stimulyatorlarni me’yori va ta’sir etish vaqtlari hamda substrat nisbatlari isbotlangan;

ko‘kalamzorlashtirish ishlarida keng foydalanish uchun Ligustrum, Pyracantha, Laurocerasus, Berberis va Buxus turkumi turlarining issiqqa, sovuqqa va suvsizlikka chidamliligi asoslangan hamda manzaralilik darajasi baholangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Introduksiya qilingan ayrim doimiy yashil butalarning vegetativ ko‘paytirish biologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

doim yashil butalarning yashil qalamchalaridan tezkor ko‘paytirishning qulay usullari va muddatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qaraqalpog‘iston Respublikasi Botanika bog‘ida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 19 oktyabrdagi 03-01/12-5085-son ma’lumotnomasi). Natijada 5,0 ga maydonda doim yashil butalarning Ligustrum, Pyracantha, Laurocerasus, Berberis va Buxus turkumi turlaridan iborat intensiv bog‘ yaratish imkonini bergan;

etti xil biostimulyator va preparatlar ta’sirida domiy yashil buta qalamchalarining rizogenezlik qobiliyatini oshirish bo‘yicha natijalar Qashqadaryo viloyati «Ko‘kalamzorlashtirish» korxonasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2017 yil 10 noyabrdagi 05/18-2722-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi assortimentdagi doim yashil butalarni vegetativ ko‘paytirishda optimal biostimulyator va preparatlarni tanlash hamda ko‘kalamzorlashtirishning samaradorligini oshirish imkonini bergan;

istiqbolli 8 tur doim yashil butalarning keskin kontinental iqlim sharoitlarida ko‘kalamzorlashtirish uchun ishlab chiqilgan tavsiyalar Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2018 yil 29 martidagi 123/XM-son ma’lumotnomasi). Natijada qatnov yo‘l yoqalarini ko‘kalamzorlashtirish uchun mos o‘simlik turlarini tanlash hamda obodonlashtirish faoliyatini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish