Bo‘ranova Muhayyo Oralovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston janubi sharoitida Lipskya insignis (Lipsky) Nevskining bioekologik xususiyatlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/B184.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Akramjon Sultanmuradovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Dsc.27.06.2017.B.39.01.
Rasmiy opponentlar: Qarshiboev Xazratqul Qilichevich, biologiya fanlari doktori, professor; Raximova Nodira Komiljonovna, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kamyob va endem tur bo‘lganLipskya insignis (Lipsky) Nevskining bioekologik xususiyatlarini asoslash va saqlab qolish choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Lipskya insignis senopopulyasiyalari joylashgan optimal hududlar va uning o‘simlik jamoalaridagi tarqalish xususiyatlari aniqlangan;
L. insignis ning sutkalik gullash dinamikasi aniqlangan va turli ekologik sharoitlarda o‘simlik fenologik fazalarining havo harorati, yog‘ingarchiliklar miqdori va muddatlariga ko‘ra almashinishi ochib berilgan;
turning 4 ta davrdan iborat ontogenezi asoslangan va L. insignis ning polikarp o‘simlik ekanligi isbotlangan;
turli ekologik sharoitlarda tur senopopulyasiyalarining gorizontal (kontagioz, tasodifiy, bir tekis) va vertikal (2-4 yaruslilik) fazoviy strukturalari ochib berilgan;
tur demografik strukturasida generativ va virginil individlar ko‘p uchrashi, senopopulyasiyalarning bir cho‘qqili normal bazaviy spektrga egaligi aniqlangan;
turning noqulay muhit sharoitlarida qo‘llaydigan ontogenetik taktika va strategiyasiga ko‘ra L. insignis stress-tolerant o‘simlik ekani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
L. insignis ning senopopulyasiyalari va bioekologik xususiyatlarini tadqiq qilishda olingan natijalar asosida:
L. insignis ning senopopulyasiyalari va ularning vitalitet holatlari asosida ishlab chiqilgan xarita Qashqadaryo viloyatining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 25 avgustdagi 03-01/12-3672-son ma’lumotnomasi). Natijada L. insignis 9 ta senopopulyasiyalarining muhofazaga muhtoj hududlarini aniqlash va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
L. insignis ni o‘rmon xo‘jaliklari erlarida ekib, ko‘paytirish uchun mevalariga ishlov berish (skarifikatsiya) bilan o‘simlik urug‘lari unuvchanligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar Qashqadaryo viloyatining Qamashi va Dehqonobod tumanlaridagi o‘rmonchilik xo‘jaliklariga tegishli hududlarda L. insignis ni in situ sharoitida ekib, ko‘paytirish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 8 iyundagi 05/05-1569-son ma’lumotnomasi). Natijada L. insignis ko‘paytirish usullari samaradorligini oshirish va 8 gektar maydonda o‘simlik plantatsiyasini tashkil etish imkonini bergan;
L. insignis ni o‘rmonchilik hududlarida resurs ahamiyatiga ko‘ra muhofazaga muhtoj hududlarining ishlab chiqilgan GAT xaritalari Qashqadaryo viloyatining Qamashi, Dehqonobod va G‘uzor tumanlaridagi o‘rmonchilik tasarrufidagi maydonlarga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 8 iyundagi 05/05-1569-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simlik zahirasi kamayib borayotgan uchta lokal hududlarini ajratish va aholining o‘simlikdan mavsumiy foydalanishini rejalashtirish imkonini bergan.