Xujamov Olimjon Baxridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chov churralari bilan bemorlarni xirurgik davosini optimallashtirish”, 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4149.
Ilmiy rahbar: Davlatov Salim Sulaymonovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nazarov Shoxin Kuvvatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi” (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gernioplastikaning texnik jihatlarini takomillashtirish orqali chov churrasi bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anamnestik, klinik, antropometrik ma’lumotlarga va chov uchburchagi sohasidagi to‘qimalarning holatiga qarab chov churralarida gernioalloplastikani tanlash algoritmi ishlab chiqilgan;
moyakda qon aylanishi buzilishini va urug‘ tizimchasi qisilishini oldini oluvchi maxsus uskuna ishlab chiqilgan;
operatsiyadan keyingi davrda yorg‘oq shishini oldini olish va urug‘ tizimchasi venoz tizimida dimlanishni kamaytirish orqali chov kanali zich orqa devorini yaratishga erishi bilan ochiq usuldagi qorin parda oldi modifikatsiyalashgan gernioalloplastika usulini qo‘llash hisobiga chov churralarida davolash usuli va churra qaytalanishini oldini olish takomillashtirilgan;
"taranglashgan" va "taranglashmagan" operatsiya usullari orqali chov gernioplastikasini bajarish natijalari o‘rganildi, jarrohlik aralashuvlarning klinik afzalligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chov churrasi bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va jarrohlik davolashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy izlanish natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: anamnestik, klinik, antropometrik ma’lumotlarga va chov uchburchagi sohasidagi to‘qimalarning holatiga qarab chov churralarida gernioalloplastikani tanlash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: O‘tkazilgan tadqiqot asosida chov churrasi bilan og‘rigan bemorlarda uning paydo bo‘lishi uchun 1 dan 4 gacha xavf omillari mavjudligini aniqladik. Ularning asosiylari og‘ir jismoniy ish (churra tashuvchilarning 58,7 foizida); qorin bo‘shlig‘i bosimining oshishi bilan kechadigan qo‘shma kasalliklarning mavjudligi (bemorlarning 115 (58,7%)); shuningdek, biriktiruvchi to‘qima tug‘ma displaziya belgilarining mavjudligi (bemorlarning 28,1 foizida). Chov churrasi giperstenik tana tuzilishga ega bemorlarda 65,8% hollarda ko‘proq uchraydi. Morfologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, giperstenik tana tuzilishga ega bemorlarda qorin bo‘shlig‘i mushaklari aponevrozining normal tuzilishidagi buzilishlar rivojlantirdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (26.03.2024 y.; №51), Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (01.04.2024 y.; №147), Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (04.04.2024 y.; №154) tadbiq etildi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tadbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, operatsiyadan keyingi vaqtini, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: chov churrasi bilan og‘rigan keksa va qari yoshdagi, shuningdek giperstenik tipdagi bemorlar ishga va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqishi, umr ko‘rish davomiyligining oshishi, o‘lim va nogironlikning kamayishi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: amaliyotga tadbiq etilgan taktik algoritm chov churrasi uchun ma’lum xavf omillarining mavjudligi yoki yo‘qligiga qarab chov kanalini plastikasining maqbul usulini aniqlashga yordam berdi va buning natijasida og‘riq qoldiruvchi dori – vositalarini buyurish soni keskin kamaygan, shuningdek bemorlarning statsionar sharoitida davolanish davri qisqargan. Xulosa: Ishlab chiqilgan taktik algoritmni qo‘llash natijasida, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 540000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 700000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: moyakda qon aylanishi buzilishini va urug‘ tizimchasi qisilishini oldini oluvchi maxsus uskuna (№ IAP 7593 29.12.2023, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi "Chov kanalini plastika qilish usuli") ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ishlab chiqilgan jarrohlik uskunasidan foydalanish orqali texnik jihatlarni takomillashtirish urug‘ tizimchasining shikastlanishini oldini olish operatsiyadan keyingi dastlabki davrda asoratlarni 16,1% dan 4,8% gacha, ya’ni 3 baravargacha kamaytirishga imkon berdi, bu moyakning qon bilan ta’minlanishining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yorg‘oq shishi, moyak gidrotselesi, infil`trat va moyak atrofiyasi kabi asoratlarni bartaraf etishini oshirdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (26.03.2024 y.; №51), Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (01.04.2024 y.; №147), Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (04.04.2024 y.; №154) tadbiq etildi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tadbiq etilishi natijasida chov churralari bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalari yaxshilangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundaki, chov churrasi bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan keyingi asoratlarning kamayishi va og‘riq kuzatilmasligi hisobiga bemorlar ishga va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqishi, umr ko‘rish davomiyligining oshishi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Chov churralari xirurgik davosida urug‘ tizimchasining shikastlanishi va moyakning qon ta’minoti buzilishining oldini olish uchun ishlab chiqilgan maxsus uskunani qo‘llash oqibatida operatsiyadan keyin asoratlar chastotasi 16,1% dan 4,8% gacha kamaygan, operatsiya davomiyligi, reabilitatsiya davri, hamda statsionar bemorlarda davoning umumiy muddatini qisqarishi imkonini bergan. Xulosa: Chov churrasi bilan og‘rigan operatsiyadan keyingi erta asoratlar kamayganligini hisobga olib, 1 nafar bemordan byudjet mablag‘larini 6400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 7200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi davrda yorg‘oq shishini oldini olish va urug‘ tizimchasi venoz tizimida dimlanishni kamaytirish orqali chov kanali zich orqa devorini yaratishga erishi bilan ochiq usuldagi qorin parda oldi modifikatsiyalashgan gernioalloplastika usulini (IAP 7588 02.02.2024, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi "Chov churra alloplastikasi usuli") qo‘llash hisobiga chov churralarida davolash usuli va churra qaytalanishini oldini olish takomillashtirildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Taklif etilayotgan modifikatsiyalangan qorin parda old sohasiga transplantat qoldirib gernioalloplastika usuli qo‘llash churra qaytalanishini 5,3%dan nolgacha tushirishga imkonini berdi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (26.03.2024 y.; №51), Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (01.04.2024 y.; №147), Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (04.04.2024 y.; №154) tadbiq etildi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tadbiq etilishi natijasida chov churralari bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalari yaxshilangan, bemorlar reabilitatsiyasi qisqargan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi I.L.Lichtenstein usuli bo‘yicha operatsiya texnik jihatdan sodda va bajarilishi mumkin, ammo bemorlarning 5,3 foizida churra qaytalanadi. Biz taklif qilayotgan modifikatsiyadagi churra nuqsonining qorin parda oldi alloplastikasi I.L.Lichtenstein usuli bo‘yicha operatsiyaga ishonchli alternativ bo‘lib, o‘rta va katta o‘lchamli chov churra bilan og‘rigan bemorlarni davolashda, bu to‘g‘ri bajarilganda qaytalanishni keltirib chiqarmaydi va qo‘llaniladigan to‘r implantati turiga bog‘liq bo‘lmagan holda (Fisherning burchak mezoni φ<0,05) asoratlarning kam soniga ega. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorlarning statsionarda bo‘lish vaqti kamaygan; 2) bemorlarda operatsiyadan keyingi og‘riq kam kuzatilganligi hisobiga og‘riq qoldiruvchi dorilarga ehtiyoj kam bo‘lgan. Xulosa: Gernioalloplastikaning qorin parda oldi modifikatsiyalashtirilgan ochiq usulini amaliyotga tatbiq etish natijasida operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davri 5-7 kundan 3-4 kungacha qisqarish hisobiga 1 nafar bemorga byudjet mablag‘larini 640000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 790000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ""taranglashgan" va "taranglashmagan" operatsiya usullari orqali chov gernioplastikasini bajarish natijalari o‘rganildi, jarrohlik aralashuvlarning klinik afzalligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Bemorlarning hayot sifatini takomillashtirilgan shkala bo‘yicha tahlil qilinganda, chov churralarni davolashning maqbul taktikasini tanlashda tabaqalashtirilgan yondashuv algoritmini qo‘llash "a’lo va yaxshi" natijalar ulushini 88,3% dan (taqqoslash guruhidagi 77 bemordan 68 nafari) 100,0% gacha oshirishga imkon berdi (asosiy guruhdagi 82 bemor) (p=0,030). Olingan natijalarni tahlil qilishda "taranglashmagan" chov gernioalloplastikadan so‘ng bemorlarda jismoniy va ruhiy salomatlik ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada yuqori ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratiladi (p ˂ 0,05). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (26.03.2024 y.; №51), Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (01.04.2024 y.; №147), Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (04.04.2024 y.; №154) tadbiq etildi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tadbiq etilishi natijasida chov churralari bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalari yaxshilangan, bemorlar reabilitatsiyasi qisqargan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Tavsiya etilgan yangiliklarni amaliyotga tadbiq etish natijasida operatsiyadan keyingi asoratlar va chov churrasining qaytalanishi soni keskin kamayishi natijasida mazkur bemorlarni davolashning yuqori tibbiy samaradorligini ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 7 kundan 3 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 210 ming so‘mga kamaytirgan (RPM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 76000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 150000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 35000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan bemorning yashash joyi bo‘yicha poliklinikalarda) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: Chov churrasi bilan og‘rigan bemorlarda gernioalloplastikaning taranglashmagan usulini qo‘llash natijasida 1 nafar bemordan byudjet mablag‘larini 6400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 7200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.