Munosibov Shoxrux Muxiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Molibden ishlab chiqarishda texnogen chiqindi gazlarni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T3199.
Ilmiy rahbar: Xasanov Abdirashid Salievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Pirmatov Eshmurat Azimovich, texnika fanlari doktori, professor; Bozorov Aminjon Nurilloevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: molibden ishlab chiqarishda texnogen chiqindi gazlarni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sul`fidli molibden boyitmasini kuydirish jarayonida ajralib chiquvchi gazlar tarkibidagi oltingugurt oksidlarining absorber eritmalariga yutilish jarayonlarining kinetikasi va termodinamikasi aniqlangan;
pechlardan chiqqan texnogen chiqindi gaz tarkibidan reniy va molibden olishning noan’aviy usuli yaratilgan;
pechlardan chiquvchi texnogen chiqindi gazlardan reniy oksidlarini ohak suvi aralashmasida absorbsiyalash orqali va olingan eritmani qayta ishlash orqali ammoniy perrenat olish texnologiyasi yaratilgan va texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
texnogen chiqindi gazlar tarkibidan molibden changini kek ko‘rinishida ushlab qolish va uni fil`trlash bilan ajratib olish, kekni soda bilan shixtalash, granulalash va olingan kuyindini qayta ishlash orqali molibden uch oksidi olish texnologiyasi yaratilgan va texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
chiqindi gazlardan ushlab qolingan keklarning so‘ngi qoldiqlaridan qurilish materiali bo‘lgan gips olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Molibden ishlab chiqarishda texnogen chiqindi gazlarni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
molibden boyitmasini kuydirish jarayonida hosil bo‘ladigan texnogen chiqindi gazlarini qayta ishlash texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJ mis eritish zavodi “Kamyob metallar ishlab chiqarish” sexida amaliyotda joriy etilgan (“Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJning 2024 yil 16 avgustdagi 08-24/01-01085-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gipsli cho‘kma tarkibidan reniyni 90 oC haroratda 25 daqiqa davomida tanlab eritish orqali 97,2% Ca(ReO4)2 birikmasini olish imkonini bergan;
metallurgiya sanoati oqava gazlaridan olingan cho‘kmalarni tanlab eritish natijasida hosil bo‘lgan kal`siy perrenatidan reniyni ajratib olishning optimal texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJ mis eritish zavodi “Kamyob metallar ishlab chiqarish” sexida amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJning 2024 yil 16 avgustdagi 08-24/01-01085-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ammoniy sul`fatni maxsus sharoitlarda tanlab eritish va olingan eritmani qayta ishlash orqali AR-0 markali ammoniy perrenat olish imkonini bergan.