Axmedova Maxmuda Abduxakim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma`lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi gerpes assotsiatsiyali surunkali glomerulonefritning klinik immunologik xususiyatlari», 14.00.09 - Pediatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib1150.
Ilmiy raxbar: Akalaev Rustam Nurmuxamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini
rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefritning klinik-immunologik kechish xususiyatlarini o‘rganish va etiopatogenetik davosini muqobillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikamizda surunkali glomerulonefrit tashxisli bemor bolalarda gerpesvirus turlarini serologik, molekulyar biologik tashxis usullar asosida 12% xolatda mono va 88% xolatda mikst infeksiya ko‘rinishida uchrashi isbotlangan;
gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefrit bilan kasallangan bemorlarda gipertermiya (χ2=15,318, r=0,483), limfoadenopatiya (χ2=45,412, r=0,750), steroid davoga rezistentlik (χ2=19,110, r=0,532) asosiy tayanch klinik belgilari ekanligi isbotlangan;
gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefritda V limfotsitopeniya (r=-0,425), IL-6 (r=0,615) yallig‘lanish sitokining faolligining oshishi va IFN-α (r=-0,425) miqdorining kamayishi bilan isbotlangan;
gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefritda standart davo bilan birga virusga qarshi va immunomodulyator vositalarni qo‘llash, surunkali glomerulonefrit residivlanish chastotasining (χ2=23,138, r=0,717) kamayishiga olib kelishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalardagi gerpes assotsiatsiyali surunkali glomerulonefritning klinik immunologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Respublikamizda surunkali glomerulonefrit tashxisli bemor bolalarda gerpesvirus turlarini serologik, molekulyar biologik tashxis usullar asosida 12% xolatda mono va 88% xolatda mikst infeksiya ko‘rinishida uchrashi “Bolalarda gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefritda tashxis va davo usullarini takomillashtirish” uslubiy tavsiyasiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2022yil 24 mart 8n-r/274 sonli qarori bilan tasdiqlangan. Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 8 yanvardagi 7-son buyrug‘i va Namangan shaxar bolalar shifoxonasining 2024 yil 3 yanvardagi 2-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 26.08.2024 yildagi 05/90-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: epidemiologik va serologik tadqiqotlar asosida surunkali glomerulonefritda gerpesviruslarning etiologik o‘rnini aniqlash boshqa kasalliklarga gumon qilish orqali asossiz tekshiruvlarning oldini olishga va o‘z vaqtida aniq tashxis qo‘yishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: surunkali glomerulonefrit bilan kasallangan 67 nafar bolalarda gerpesvirus assotsiatsiyasini o‘z vaqtida tashxislashga imkon berib, bir nafar bemorga tashxisot usullariga ketadigan mablag‘dan byudjet xisobidan 350000 so‘m iqtisod qilingan, shunday qilib GVA SGN bilan kasallangan jami 67 nafar boladan 23450000 iqtisod qilingan. Xulosa: Gerpesvirus infeksiyasini o‘z vaqtida tashxislash orqali asossiz tekshiruvlarning oldini olishga va o‘z vaqtida aniq tashxis qo‘yishga yordam bergan va bir nafar bemorga tashxisot usullariga ketadigan mablag‘dan byudjet xisobidan 350000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefrit bilan kasallangan bemorlarda gipertermiya (χ2=15,318, r=0,483), limfoadenopatiya (χ2=45,412, r=0,750), steroid davoga rezistentlik (χ2=19,110, r=0,532) asosiy tayanch klinik belgilari ekanligi “Bolalarda gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefritda tashxis va davo usullarini takomillashtirish” uslubiy tavsiyasiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2022 yil 24 mart 8n-r/274 sonli qarori bilan tasdiqlangan. Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 8 yanvardagi 7-son buyrug‘i va Namangan shaxar bolalar shifoxonasining 2024 yil 3 yanvardagi 2-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 26.08.2024 yildagi 05/90-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefrit bilan kasallangan bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash va davolash xastalikning residivlanish sonini kamayishiga, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini oldini oladi va bolalar nogironligini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefrit bilan kasallangan bilan kasallangan 36 nafar bemor bolalarda o‘rtacha kasalxonada davolanish kunlarini 15,8 kundan 10,1 kunga qisqartirgan. Shifoxonada bir kunlik davolanish uchun byudjet mablag‘laridan bir nafar bemorga 1 kunga 785000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan va jami 36 nafar bemordan 1 kunda 28260000 iqtisod qilingan. Xulosa: surunkali glomerulonefrit bilan kasallangan bemorlarda gerpesvirus tayanch simptomlari – gipertermiya, limfoadenopatiya va steroid davoga rezistentlik asosida kasallikni o‘z vaqtida tashxislash va davolash, xastalikning residivlanish sonini kamayishiga, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini profilaktikasi bo‘lib xizmat qilgan va bir nafar bemorga byudjet mablag‘laridan 1 kunga 785000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefritning residivlarining sonini ortishi zaminida gerpesviruslarning faol turlarining aniqlanishi bilan birga, qonda V-limfotsitopeniya, IL-6, FNO-al`fa yallig‘lanish sitokinlaring faolligining oshishi va IFN-α miqdorining kamayishi “Bolalarda gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefritda tashxis va davo usullarini takomillashtirish” uslubiy tavsiyasiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2022 yil 24 mart 8n-r/274 sonli qarori bilan tasdiqlangan. Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 8 yanvardagi 7-son buyrug‘i va Namangan shaxar bolalar shifoxonasining 2024 yil 3 yanvardagi 2-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 26.08.2024 yildagi 05/90-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefritning o‘z vaqtida etiopatogenetik davolash taktikasini qo‘llash kasalxonada davolanish davomiyligini qisqartirish xamda residivlar sonini kamaytirishga imkon yaratadi va bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefrit bilan kasallangan 36 nafar bemor bolalarda o‘rtacha kasalxonada davolanish kunlarini 15,8 kundan 10,1 kunga qisqartirgan. Shifoxonada bir kunlik davolanish uchun byudjet mablag‘laridan bir nafar bemorga 1 kunga 785000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan va jami 36 nafar bemordan 1 kunda 28260000 iqtisod qilingan. Xulosa: gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefritda ikkilamchi immunodefisit xolatini aniqlash bemorlarni davolash jarayonini optimallashtirish, asossiz ravishda o‘rin kunlarni band qilish va davolanishga sarflanishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni tejash bilan izohlanadi, bu esa, har bir bemor uchun 785000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefritda standart davo bilan birga virusga qarshi va immunomodulyator vositalarni qo‘llash, surunkali glomerulonefrit residivlanish chastotasining kamayishi “Bolalarda gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefritda tashxis va davo usullarini takomillashtirish” uslubiy tavsiyasiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2022 yil 24 mart 8n-r/274 sonli qarori bilan tasdiqlangan. Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 8 yanvardagi 7-son buyrug‘i va Namangan shaxar bolalar shifoxonasining 2024 yil 3 yanvardagi 2-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiytexnik kengashining 26.08.2024 yildagi 05/90-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefrit tashxisli bemorlarda standart davo bilan birgalikda virusga qarshi va immunomodulyator vositalarni qo‘llash kasalxonada davolanish davomiyligini qisqartirishga, katamnez davrida residivlar sonini kamaytirishga imkon yaratadi va bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefrit bilan kasallangan bemor bolalarda etiopatogenetik davo o‘tkazish bolalarda surunkali glomerulonefrit residivlarini 53,7% ga kamaytirgan, natijada 1 yil davomida kasalxonada davolanish soni qisqargan. Agar 1 nafar bemor bola uchun kasalxonada 10 kun davolanish 7850000 so‘mni tashkil qilsa, 36 nafar bemor uchun 1 yilda 282600 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: bolalarda gerpesvirus assotsiatsiyali surunkali glomerulonefritda kompleks ravishda virusga qarshi va immunomodulyatorlarni qo‘llash davo usullarini samaradorligini oshirib, bemorlarda surunkali glomerulonefrit residivlanish chastotasining kamayishiga, hayot sifatini yaxshilanishiga, erta nogironlikning oldini olinishiga, hamda shifoxonada davolanish takroriyligi va muddatini qisqartirib, 1 nafar bemorga 7850000 so‘mni iqtisod qilishga imkon bergan.