Omonova Maftuna Shavkat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polipoz rinosinusitlarni kompleks tashxislash va davolashga yondashuvni takomillashtirish», 14.00.04 - Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1863.
Ilmiy raxbar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Xurram Esankulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Vladimirova Tat`yana Yul`evna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Federal davlat byudjet tashkiloti “Milliy tibbiy Otorinolaringologiya tadqiqotlar  markazi”  Federal Tibbiy va Biologik Agentligi (Rossiya)
II. Tadqiqotning maqsadi: polipoz rinosinusitdan aziyat chekuvchi bemorlarda kompleks tekshiruvni optimallashtirish va terapevtik davolashga yondashuvni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polipoz rinosinusit bilan kasallangan bemorlarda yallig‘lanish jarayonining ifodalanishini baholash uchun eozinofil-neytrofil indeksi (ENI) ko‘rsatkichlari va hujayraviy infil`tratsiya intensivligining gradatsiyasi ishlab chiqilgan;
polipoz rinosinusitning kechishi uning allergik rinit va bronxial astma ko‘rinishida komorbid patologiyaning mavjudligi yoki yo‘qligi asosida ajratilgan fenotiplari asosida aniqlangan;
polipoz rinosinusitning har bir fenotipida poliplar to‘qimasidagi tizimli hujayraviy immunitet, genlar ekspressiyasi va sitokin oqsillari ko‘rsatkichlari aniqlangan;
polipoz rinosinusitning turli fenotiplarini tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilgan hamda samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 26 sentyabrdagi 11–son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: polipoz rinosinusit bilan kasallangan bemorlarda yallig‘lanish jarayonining ifodalanishini baholash uchun eozinofil-neytrofil indeksi (ENI) ko‘rsatkichlari va hujayraviy infil`tratsiya intensivligining gradatsiyasi ishlab chiqilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Olingan ma’lumotlarga asoslanib, klinik amaliyotda ENI ni hisoblash bilan poliplar to‘qimasida yallig‘lanish infil`tratining zichligini patomorfologik aniqlash yallig‘lanish kechishining dinamikasini nazorat qilish, polipoz rinosinusit bilan kasallangan bemorlarda kasallikning qaytalanishini hamda davolashni korreksiya qilish imkoniyatini prognozlash uchun zarur. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Samarqand Davlat tibbiyot universiteti 1-son ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga joriy etildi (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining 2024 yil 26 iyundagi 11-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ENI ko‘rsatkichlari hamda burun poliplarida yallig‘lanish infil`tratining zichligi darajasini dinamikada pasayishi o‘tkazilgan konservativ terapiyaning 87% samaradorligini ko‘rsatdi. Xulosa: PRS bilan kasallangan bemorlarni davolashning keyingi taktikasini aniqlash uchun operatsion materialni patomorfologik tekshirish paytida burun poliplarining gistologik turini (eozinofilli, neytrofilli, aralash) aniqlashimiz lozim. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Polipoz rinosinusitlarni kompleks tashxislash va davolashga endashuvni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan  ilmiy texnik kengashiga Samarkand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2024 yil 10 oktyabrdagi 11186-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: polipoz rinosinusitning kechishi uning allergik rinit va bronxial astma ko‘rinishida komorbid patologiyaning mavjudligi yoki yo‘qligi asosida ajratilgan fenotiplari asosida aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati:  Bronxial astma va allergik rinit bilan birgalikda qayd etilgan polipoz rinosinusit endoskopik tekshiruv, vizual analogli shkala va mul`tispiral kompyuter tomografiyasining ma’lumotlariga ko‘ra komorbid patologiyasi bo‘lmagan boshqa tadqiqot guruhlariga (r=0,001) qaraganda og‘irroq kechishi bilan tavsiflanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar polipoz rinosinusit bilan kasallangan bemorlarning ilmiy tadqiqotlari natijalari Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Samarqand Davlat tibbiyot universiteti 1-son ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga joriy etildi (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining 2024 yil 26 iyundagi 11-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorlarni davolash sxemalarini taqqoslash bemorlarning 26 foiziga konservativ davo buyurilmaganligini ko‘rsatdi, tadqiqot guruhlarida turli xil davolash usullarini solishtirishda esa statistik jihatdan sezilarli farqlar aniqlanmadi, qaysikim individuallashtirilgan tibbiyotning zamonaviy tushunchalariga zid hisoblanadi. Xulosa: Polipoz rinosinusitning ajratilgan fenotiplaridagi yallig‘lanish jarayonining turli mexanizmi isbotlangan, qaysikim bemorlarni allergik rinit va bronxial astma ko‘rinishidagi komorbid patologiyaning bor yoki yo‘qligi asosida murakkab qimmat turuvchi konservativ davo usullaridan foydalanmasdan saralash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Polipoz rinosinusitlarni kompleks tashxislash va davolashga endashuvni takomillashtirish”mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan  ilmiy texnik kengashiga Samarkand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2024 yil 10 oktyabrdagi 11186-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: polipoz rinosinusitning har bir fenotipida poliplar to‘qimasidagi tizimli hujayraviy immunitet, genlar ekspressiyasi va sitokin oqsillari ko‘rsatkichlari aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Bronxial astma bilan birgalikda kuzatiladigan polipoz rinosinusitning fenotipi hujayraviy infil`tratsiyaning yuqori darajasi bilan tavsiflanadi, yallig‘lanish reaksiyasi esa IL-4, IL-5 genlari ekspressiyasining mahalliy oshishi va IL-13 ning kam miqdori bilan farq qilgan holda allergik rinit bilan birgalikda kuzatiladigan polipoz rinosinusitning fenotipiga o‘xshash tizimli hujayraviy immunitet xususiyatiga ega. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar polipoz rinosinusit bilan kasallangan bemorlarning ilmiy tadqiqotlari natijalari Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Samarqand Davlat tibbiyot universiteti 1-son ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga joriy etildi (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining 2024 yil 26 iyundagi 11-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Polipoz rinosinusitning fenotiplari bir-biridan klinik kechishi, bemorlarning hayot sifatiga ta’siri, polip to‘qimasining patomorfologik xususiyatlari, tug‘ma va adaptiv tizimli hujayraviy immunitet parametrlari hamda mahalliy sitokin holati orqali ajralib turadigan yallig‘lanish jarayonining davomiyligi bilan tavsiflanadi. Xulosa: Allergik rinit bilan birgalikda kuzatiladigan polipoz rinosinusitning fenotipi klinik jihatdan jarrohlik aralashuvlariga minimal ehtiyoj, kompleks yallig‘lanishga va allergiyaga qarshi davolashga ijobiy javob, hujayraviy infil`tratsiyaning minimal darajasi hamda poliplarning 100% eozinofilli turi bilan tavsiflanadi. Yallig‘lanish reaksiyasi umumiy T-hujayralar, T-regulyator, T-sitotoksik, T-xelper hujayralari mutloq sonining oshishi bilan T hujayraviy immunitetning maksimal faollashuvi hamda umumiy V limfotsitlar sonining kamayishi, IL-5, IL-13 genlarining mahalliy minimal ekspressiyasi va IL-4 oqsilining maksimal soni bilan ajralib turadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Polipoz rinosinusitlarni kompleks tashxislash va davolashga endashuvni takomillashtirish”mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan  ilmiy texnik kengashiga Samarkand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2024 yil 10 oktyabrdagi 11186-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: polipoz rinosinusitning turli fenotiplarini tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilgan hamda ushbu algoritm samaradorligi ilmiy isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: yallig‘lanishga qarshi davoni 2-4 bosqichli asosiy terapiya sifatida majburiy tayinlash bilan polipoz rinosinusitning fenotipini hisobga olgan holda diagnostika va davolash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Polipoz rinosinusit bilan kasallangan bemorlarning ilmiy tadqiqotlari natijalari Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Samarqand Davlat tibbiyot universiteti 1-son ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga joriy etildi (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining 2024 yil 26 iyundagi 11-sonli xulosasi).  Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand Davlat tibbiyot universiteti 1-son ko‘p tarmoqli klinikasi,  buyruq (31.07.2024 y.; №125), Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyruq (24.08.2024 y.; №141 I-CN), klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Polipoz rinosinusitning fenotiplarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan diagnostika va davolash algoritmi mul`tidissiplinar va individuallashtirilgan yondashuvga asoslangan bo‘lib, allergik bronxial astma bilan birga kuzatilgan polipoz rinosinusitda 3- va 4- bosqichda bo‘lgan bemorlar sonini 70% dan 36,8% gacha kamaytirishga hamda allergik rinit bilan birga kuzatilganda 4-bosqichga o‘tmasligiga imkon berdi. Bronxial astma bilan kombinatsiyada 47,5% bemor 3-yil oxiriga kelib davolashning 1-va 2-bosqichida bo‘lishi bilan polipoz rinosinusit kechishining sekin, ammo progressiv ijobiy dinamikasi kuzatildi. Xulosa: Bronxial astma bilan birgalikda kuzatilgan polipoz rinosinusit fenotipi bor bemorlarni davolashda 3-bosqichda qo‘shimcha tarzda leykotrien reseptorlarining blokatorini qo‘llash, 4-bosqichda biologik terapiyadan foydalanish masalasini ko‘rib chiqish lozim. Allergik rinit bilan birgalikda kuzatilgan polipoz rinosinusit fenotipi bor bemorlarni davolashda, 1-bosqichdan boshlab, qo‘shimcha ravishda ASITni sababiy-ahamiyatga ega allergen (yoki allergenlar aralashmasi) bilan o‘tkazish ehtimolini ko‘rib chiqish, 2-bosqichda allergiyaning klinik ko‘rinishlari mavjud bo‘lganida antigistamin preparatini qo‘shish, 3-bosqichda davolashga leykotrien reseptorlarining blokatorini qo‘shish, 4-bosqichda esa  bronxial astma mavjud bo‘lganida biologik terapiyani o‘tkazish lozim. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Polipoz rinosinusitlarni kompleks tashxislash va davolashga endashuvni takomillashtirish”mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan  ilmiy texnik kengashiga Samarkand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2024 yil 10 oktyabrdagi 11186-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish