Ubaydullaev Shaxboz Abbosovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet fonida yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan va COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda markaziy gemodinamika funksional holati va endotelial funksiyasi», 14.00.06 – Kardiologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2414.
Ilmiy rahbar: Alyavi Anis Lyutfullaevich, tibbiet fanlar doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Gadaev Abdigaffor Gadaevich, tibbiet fanlar doktori, professor; Sirojiddinova Nigora Zaynutdinovna, tibbiet fanlar doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabetning 2 turi va COVID-19 ni boshdan kechirgan yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarning og‘irlik darajasini endoteliy disfunksiyasi va yurak ichidagi gemodinamika diagnostik mezonlari asosida baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 infeksiyasi tanasi vaznining oshishi, arterial gipertenziya nazoratining yomonlashishi va endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiyaning pasayishiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
Tadqiqotda o‘pka gipertenziyasi, intima-media kompleksi qo‘llanishi va karotid arteriyalarida aterosklerotik zararlanishning ko‘proq kuzatilganligi aniqlangan;
Yallig‘lanish markerlarining yuqori darajasi endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiyaning yomonlashishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan;
Bel-son nisbati, intima-media kompleksi va interleykin-6 darajasi yurak-qon tomir asoratlari xavfini baholashda muhim ko‘rsatkichlar ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlashning birlamchi darajasida yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishga yondashuvlarni optimallashtirishdan bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasi tanasi vaznining oshishi, arterial gipertenziya nazoratining yomonlashishi va endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiyaning pasayishiga bog‘liq ekanligi aniqlangan bo‘lib, ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika Sog‘liqni Saqlash vazirligining 25.06.2024 yildagi № 01/27 sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “COVID-19 o‘tkazgan 2 tip qandli diabet fonida yurak ishemik kasalligiga chalingan bemorlarda endotelial disfunksiyani tashxislash tamoyillarini takomillashtirish” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur yangilik Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 30 oktyabrdagi 53-sonli buyrug‘i, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialining 2023 yil 4 noyabrdagi 151-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati somatik kasalliklar shifoxonasining 2023 yil 13 noyabrdagi 70-sonli buyrug‘i hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2023 yil 22 noyabrdagi 02-05/2417-sonli buyrug‘i asosida amaliy faoliyatga tatbiq qilindi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: YuIK va 2TQD bilan og‘rigan va COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan bemorlarda semizlik, tomir reaktivligining pasayishi va AG nazoratining yomonlashuvi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi. Olingan ma’lumotlar ushbu bemorlar toifasida yurak-qon tomir asoratlarining patogenezini aniqlashtirishga va endotelial disfunksiyaning ushbu buzilishlarning rivojlanishida asosiy aloqasi sifatida ahamiyatini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari vaznni boshqarish va tomir buzilishlarini tuzatishga personallashtirilgan yondashuv zarurligini ko‘rsatadi. Bu bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, yurak-qon tomir kasalliklari asoratlarining kamayishiga va kasalliklarning ikkalamchi profilaktikasining samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiyalarning joriy etilishi YuIK va 2TQD bilan og‘rigan bemorlarni davolash bo‘yicha iqtisodiy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi. Tavsiyalar joriy etilishidan oldin bir bemorni diagnostika qilish va davolash uchun yillik o‘rtacha 8 125 000 so‘m sarflangan bo‘lsa, joriy etishdan keyin bu xarajatlar 5 325 000 so‘mgacha kamaydi. Bu esa bir bemor uchun yiliga 2 800 000 so‘mlik iqtisodiy tejamkorlikni ta’minladi va sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yukni sezilarli darajada kamaytirdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Tadqiqotda o‘pka gipertenziyasi, intima-media kompleksi qo‘llanishi va karotid arteriyalarida aterosklerotik zararlanishning ko‘proq kuzatilganligi aniqlangan bo‘lib, ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika Sog‘liqni Saqlash vazirligining 25.06.2024 yildagi № 01/27 sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “COVID-19 o‘tkazgan 2 tip qandli diabet fonida yurak ishemik kasalligiga chalingan bemorlarda endotelial disfunksiyani tashxislash tamoyillarini takomillashtirish” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur yangilik Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 30 oktyabrdagi 53-sonli buyrug‘i, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialining 2023 yil 4 noyabrdagi 151-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati somatik kasalliklar shifoxonasining 2023 yil 13 noyabrdagi 70-sonli buyrug‘i hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2023 yil 22 noyabrdagi 02-05/2417-sonli buyrug‘i asosida amaliy faoliyatga tatbiq qilindi.  Ilmiy yangilikning ahamiyati: endotelial disfunksiya, TIM ko‘rsatkichining oshishi va O‘G rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik YuIK va 2TQD bilan og‘rigan va COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan bemorlarda ilmiy jihatdan asoslandi. Olingan ma’lumotlar qon tomirlarning qayta shakllanish mexanizmlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi va ushbu bemorlar guruhida yurak-qon tomir asoratlarining oldini olish va prognozlash imkoniyatlarini kengaytiradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gemodinamika va qon tomirlari holatining kompleks bahosi orqali O‘G, aterosklerotik shikastlanish va endotelial disfunksiyani o‘z vaqtida aniqlash mumkin. Bu og‘ir yurak-qon tomir asoratlari uchrash darajasini kamaytiradi, bemorlar hayoti sifati va davolash samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan yondashuv asosida O‘G va aterosklerozning erta diagnostikasi bemorlarni davolash uchun iqtisodiy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Xarajatlarni minimizatsiya qilish tahlili (SMA) quyidagi formula asosida amalga oshirildi: SMA=TXQ qo‘llanilishidan oldin – TXQ qo‘llanilishidan keyin bunda: SMA — xarajatlarni minimizatsiya qilish tahlili; TXQ — metodik tavsiyalar qo‘llanilishidan oldin va keyingi tibbiy xizmatlar qiymati. Hisob-kitoblar natijalariga ko‘ra: SMA=8125000 so‘m−5325000 so‘m=2800000 so‘m. Shunday qilib, tavsiyalarni joriy etish bir bemor uchun yiliga 2800000 so‘m tejash imkonini berdi. Bu asoratlar uchrash darajasini, shifoxonaga yotqizilishlar va uzoq muddatli davolash kurslari ehtiyojini kamaytirish orqali umumiy iqtisodiy yukni pasaytiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: Yallig‘lanish markerlarining yuqori darajasi endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiyaning yomonlashishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan bo‘lib, ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika Sog‘liqni Saqlash vazirligining 25.06.2024 yildagi № 01/27 sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “COVID-19 o‘tkazgan 2 tip qandli diabet fonida yurak ishemik kasalligiga chalingan bemorlarda endotelial disfunksiyani tashxislash tamoyillarini takomillashtirish” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur yangilik Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 30 oktyabrdagi 53-sonli buyrug‘i, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialining 2023 yil 4 noyabrdagi 151-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati somatik kasalliklar shifoxonasining 2023 yil 13 noyabrdagi 70-sonli buyrug‘i hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2023 yil 22 noyabrdagi 02-05/2417-sonli buyrug‘i asosida amaliy faoliyatga tatbiq qilindi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: YuIK va 2TQD bilan og‘rigan va COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan bemorlarda yallig‘lanish markerlarining oshishi va FMD yomonlashuvi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlandi. Bu endotelial disfunksiya patogenezida yallig‘lanishning muhim o‘rnini ko‘rsatadi hamda yallig‘lanish faolligini kamaytirishga yo‘naltirilgan terapiyaga personallashtirilgan yondashuv imkoniyatlarini ochadi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yallig‘lanish markerlarini kompleks monitoring qilish endotelial disfunksiyani o‘z vaqtida aniqlash va terapiyani to‘g‘rilash imkonini beradi. Bu yurak-qon tomir kasalliklari asoratlari uchrash darajasini kamaytiradi hamda bemorlarning hayoti sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yallig‘lanish markerlarini monitoring qilish va terapiyani o‘zgartirishning joriy etilishi asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytiradi. Bemorlarning o‘z-o‘zini nazorat qilish, shuningdek, erta nogironlikning oldini olish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin. 2-guruh nogironligi bo‘yicha nafaqa oyiga 747000 so‘mni tashkil qiladi (28.03.2023 yildagi №45-sonli qaror), va nogironlikning oldini olish orqali har bir bemorga 747000 so‘m tejash mumkin.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Bel-son nisbati, intima-media kompleksi va interleykin-6 darajasi yurak-qon tomir asoratlari xavfini baholashda muhim ko‘rsatkichlar ekanligi aniqlangan bo‘lib, ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika Sog‘liqni Saqlash vazirligining 25.06.2024 yildagi № 01/27 sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “COVID-19 o‘tkazgan 2 tip qandli diabet fonida yurak ishemik kasalligiga chalingan bemorlarda endotelial disfunksiyani tashxislash tamoyillarini takomillashtirish” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur yangilik Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 30 oktyabrdagi 53-sonli buyrug‘i, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialining 2023 yil 4 noyabrdagi 151-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati somatik kasalliklar shifoxonasining 2023 yil 13 noyabrdagi 70-sonli buyrug‘i hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2023 yil 22 noyabrdagi 02-05/2417-sonli buyrug‘i asosida amaliy faoliyatga tatbiq qilindi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: taklif etilgan ko‘rsatkichlardan foydalanish yurak-qon tomir kasalliklari asoratlarini diagnostika qilishni yaxshilaydi va bemorlarning holati og‘irligini baholashning aniqligini oshiradi. Bu endotelial disfunksiyaning progressiyasini oldini olish uchun YuIK va 2TQD bo‘lgan bemorlarni davolash va ikkalamchi profilaktikaga yondashuvni optimallashtirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan metodlar yurak-qon tomir kasalliklari asoratlari xavfini aniq baholash imkonini beradi, bu asoratlar uchrash darajasini kamaytiradi, bemorlar hayoti sifati va terapiya samaradorligini yaxshilaydi. Natijalar diagnostika va davolashda individuallashtirilgan yondashuvning ahamiyatini ta’kidlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan markerlarga asoslangan diagnostika optimizatsiyasi asoratlarni davolash bo‘yicha xarajatlarni kamaytiradi. Tavsiyalar joriy etilishidan oldin bir bemorni diagnostika qilish va davolash uchun yillik o‘rtacha 8125000 so‘m sarflangan bo‘lsa, joriy etishdan keyin bu xarajatlar 5325000 so‘mgacha kamaydi. Bu bir bemor uchun yiliga 2800000 so‘mlik tejamkorlikni ta’minladi va sog‘liqni saqlash tizimi yukini sezilarli darajada kamaytirdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish