Panjieva Nazira Normaxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuxumdonlar onkologik patologiyasi bilan og‘rigan ayollarda kimyoterapiyadan so‘ng rivojlanadigan polineyropatiyaning terapiyasini takomillashtirish», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2773.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nodirjon Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaeva Gulnora Kutbiddinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Axrorova Shaxlo Botirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Navarra davlat universiteti, Ispaniya.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: platina va taksan guruhidagi neyrotoksik preparatlar bilan davolanayotgan tuxumdon saratoniga chalingan bemorlarda kimyoterapiyadan so‘ng rivojlangan polineyropatiyani davolash maqsadida kombinatsiyalangan terapiyaning samaradorligini baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuxumdon saratoni bilan xastalangan bemorlarda kimyoterapiyadan so‘ng rivojlanadigan polineyropatiyaning xususiyatlari va uning hayot sifatiga ta’siri ifodalab berildi, kimyoterapiyaning nevrologik asoratlari tufayli hayot sifatining yomonlashuvining o‘ziga xos jihatlari aniqlangan;
kimyoterapiya olgan tuxumdon saratoni bilan xastalangan bemorlarda fosforlantirilgan neyrofilamentlar, interleykin-6 va glutationperoksidaza fermenti konsentratsiyasini tajriba sharoitida periferik nerv tolalarining shikastlanishiga, yallig‘lanish darajasiga va antioksidant himoya faolligiga ta’sirini baholash orqali kimyoterapiyadan so‘ng rivojlanadigan polineyropatiyaning patofiziologik mexanizmlarini ochish asoslangan;
fosforlantirilgan neyrofilamentlar, interleykin-6 va glutationperoksidaza fermenti konsentratsiyasini aniqlash orqali kimyoterapiyadan so‘ng rivojlanadigan polineyropatiyaning og‘irlik darajasini prognoz qilish mumkinligi aniqlangan, bu esa asoratlarni erta aniqlash va davolash samaradorligini oshirish imkonini berishi asoslangan;
olingan klinik-nevrologik, bioximik va elektrofiziologik tekshiruvlar asosida samaradorligi klinik ravishda tasdiqlangan kombinatsiyalangan terapiya rejasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harakat neyroni kasalligiga erta tashxislashni prognozlash va bemorlarga terapevtik yondashuvni optimallashtirish xususiyatlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tuxumdon saratoni bilan xastalangan bemorlarda KSRP xususiyatlari va uning hayot sifatiga ta’siri ifodalab berilgani, kimyoterapiyaning nevrologik asoratlari tufayli hayot sifatining yomonlashuvining o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha takliflar Toshkent stomatologiya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 11 maydagi 04-r/169-sonli xati bilan tasdiqlangan «Tuxumdonlar onkologik patologiyasi bilan og‘rigan ayollarda kimyoterapiyadan so‘ng rivojlanadigan polineyropatiyaning xususiyatlari» nomli hamda Toshkent stomatologiya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 11 maydagi 04-r/172-sonli xati bilan tasdiqlangan «Tuxumdonlar saratoni bilan og‘rigan ayollarda periferik polineyropatiyani tashxislash va davolashga qaratilgan kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanomalari mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 08.07.2024 yildagi 73-U-sonli va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali bo‘yicha 08/07.2024 yildagi 85-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/76-sonli xulosasi). Ilmiy innovatsiyaning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida shakllantirilgan parvarishlash terapiyasi strategiyalarini ishlab chiqish uchun muhim ahamiyatga egaligi, kimyoterapiya sabab bo‘lgan polineyropatiya tufayli tuxumdon saratoni bilan xastalangan bemorlarning hayot sifatining yomonlashuvining o‘ziga xos jihatlarini aniqlash bemorlarning umumiy holatini yaxshilash va kimyoterapiyaning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan qo‘llab-quvvatlash usullarini maqsadli ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: tuxumdon saratoni bilan xastalangan bemorlarning hayot sifatiga KSRPning ta’siri, kimyoterapiyaning nevrologik asoratlari tufayli hayot sifatining yomonlashuvining o‘ziga xos jihatlarini parvarishlashga qaratilgan davolash strategiyasini ishlab chiqish natijasida kompleks terapiyadan foydalanish kimyoterapiya bilan bog‘liq asoratlarni davolash, xarajatlarni kamaytirishga yordam berish natijasida sog‘liqni saqlash resuslarni tejash natijasida 2 million 720 ming so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkoni yaratilgan. Xulosa:bemorlarning hayot sifatini va funksional holatini yaxshilash, qo‘shimcha tibbiy aralashuvlar va shifoxonaga yotqizish zaruriati kamaytirildi;
ikkinchi ilmiy yangilik: kimyoterapiya olgan tuxumdon saratoni bilan xastalangan bemorlarda PNF-H, IL-6 va GPX3 fermenti konsentratsiyasini tajriba sharoitida periferik nerv tolalarining shikastlanishiga, yallig‘lanish darajasiga va antioksidant himoya faolligiga ta’sirini baholash orqali KSRP patofiziologik mexanizmlarini ochish bo‘yicha takliflar Toshkent stomatologiya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 11 maydagi 04-r/169-sonli xati bilan tasdiqlangan «Tuxumdonlar onkologik patologiyasi bilan og‘rigan ayollarda kimyoterapiyadan so‘ng rivojlanadigan polineyropatiyaning xususiyatlari» nomli hamda Toshkent stomatologiya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 11 maydagi 04-r/172-sonli xati bilan tasdiqlangan «Tuxumdonlar saratoni bilan og‘rigan ayollarda periferik polineyropatiyani tashxislash va davolashga qaratilgan kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanomalari mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 08.07.2024 yildagi 73-U-sonli va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali bo‘yicha 08/07.2024 yildagi 85-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/76-sonli xulosasi).Ilmiy innovatsiyaning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: periferik nervlarning holatini tashxislash va baholashning ushbu usullarining joriy etilishi kimyoterapiya natijasida etkazilgan zarar darajasini o‘z vaqtida aniqlash va nazorat qilish imkonini beradi. Bu erta aralashuvni osonlashtiradi va og‘ir nevrologik asoratlarni rivojlanish xavfini kamaytiradi, bu esa bemorlarning hayot sifatini va ularning funksional holatini yaxshilash orqali davolash taktikasini o‘rni asoslash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: neyrofilamentlar, IL-6 va glutationperoksidaza darajasini tajriba sharoitida kimyoterapiya olgan tuxumdon saratoni bilan xastalangan bemorlarda periferik nervlarning holatiga, asab tolalarining shikastlanish og‘irligi, yallig‘lanish darajasi, antioksidant himoya konsentratsiyasi, kimyoterapiya natijasida kelib chiqqan polineyropatiyaning patofiziologik mexanizmlarini ochish tartibi natijasida amalga oshirilgan kompleks terapiyadan foydalanish sog‘liqni saqlash resuslarni tejash natijasida 2 million 720 ming so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: kimyoterapiya bilan bog‘liq asoratlarni davolash, xarajatlarni kamaytirishga yordam berish natijasida bemorlarning hayot sifatini va funksional holatini yaxshilash, qo‘shimcha tibbiy aralashuvlar va shifoxonaga yotqazish zaruriatini kamaytirildi;
uchinchi ilmiy yangilik: PNF-H, IL-6 va GPX3 fermenti konsentratsiyasini aniqlash orqali KSRP og‘irlik darajasini prognoz qilish mumkinligi aniqlanganligi va asoratlarni erta aniqlash va davolash samaradorligini oshirish buyicha takliflar Toshkent stomatologiya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 11 maydagi 04-r/169-sonli xati bilan tasdiqlangan «Tuxumdonlar onkologik patologiyasi bilan og‘rigan ayollarda kimyoterapiyadan so‘ng rivojlanadigan polineyropatiyaning xususiyatlari» nomli hamda Toshkent stomatologiya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 11 maydagi 04-r/172-sonli xati bilan tasdiqlangan «Tuxumdonlar saratoni bilan og‘rigan ayollarda periferik polineyropatiyani tashxislash va davolashga qaratilgan kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanomalari mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 08.07.2024 yildagi 73-U-sonli va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali bo‘yicha 08/07.2024 yildagi 85-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/76-sonli xulosasi). Ilmiy innovatsiyaning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tuxumdon saratoni bilan xastalangan bemorlarda patogenetik asoslangan terapiya usuli ishlab chiqilgan va KSRP davolashda kombinatsiyalangan yondashuvning afzalligini isbotlash va davolash taktikasini tanlash algoritmining samaradorligi asoslangan.Iqtisodiy samaradorlik: tuxumdon saratoni bilan xastalangan bemorlarda patogenetik asoslangan terapiya usuli ishlab chiqilgan va KSRP davolashda kombinatsiyalangan yondashuvning afzalligini isbotlash orqali kimyoterapiya bilan bog‘liq asoratlarni davolash, xarajatlarni kamaytirishga yordam berish natijasida sog‘liqni saqlash resuslarni tejash natijasida 2 million 720 ming so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: bemorlarning hayot sifatini va funksional holatini yaxshilash, qo‘shimcha tibbiy aralashuvlar va shifoxonaga yotqizish zaruriati kamaytirildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: olingan klinik-nevrologik, bioximik va elektrofiziologik tekshiruvlar asosida kombinatsiyalangan terapiya rejasi ishlab chiqilgani va samaradorligi klinik ravishda tasdiqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent stomatologiya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 11 maydagi 04-r/169-sonli xati bilan tasdiqlangan «Tuxumdonlar onkologik patologiyasi bilan og‘rigan ayollarda kimyoterapiyadan so‘ng rivojlanadigan polineyropatiyaning xususiyatlari» nomli hamda Toshkent stomatologiya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 11 maydagi 04-r/172-sonli xati bilan tasdiqlangan «Tuxumdonlar saratoni bilan og‘rigan ayollarda periferik polineyropatiyani tashxislash va davolashga qaratilgan kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanomalari mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 08.07.2024 yildagi 73-U-sonli va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali bo‘yicha 08/07.2024 yildagi 85-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/76-sonli xulosasi). Ilmiy innovatsiyaning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tuxumdon saratoni bilan xastalangan bemorlarni davolashda natriy selenit va nukleotidlarni birgalikda qo‘llashni o‘z ichiga olgan KSRP tashxislash va davolashning yangi algoritmi simptomlarni kamaytirish, periferik nervlarni faoliyatini va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorlik: tuxumdon saratoni bilan xastalangan bemorlarni davolashda natriy selenit va nukleotidlarni birgalikda qo‘llashni o‘z ichiga olgan KSRP tashxislash va davolashning yangi algoritmi simptomlarni kamaytirish, periferik nervlar faoliyatini va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash tartibi va KSRP davolashda kombinatsiyalangan yondashuvning afzalligini isbotlash orqali sog‘liqni saqlash resuslarni tejash natijasida 2 million 720 ming so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergani isbotlangan. Xulosa: kimyoterapiya bilan bog‘liq asoratlarni davolash, xarajatlarni kamaytirishga yordam berish natijasida bemorlarning hayot sifatini va funksional holatini yaxshilash, qo‘shimcha tibbiy aralashuvlar va shifoxonaga yotqizish zaruriati kamaytirildi.