Alimova Sevara Xaitmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gastroezofageal reflyuks kasalligi bo‘lgan bemorlarning tish qattiq to‘qimasi eroziyasini davolash samaradorligini oshirish» 14.00.21–Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2832.
Ilmiy rahbar:Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019. Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Antonova Aleksandra Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik E.A.Vagner nomidagi Perm Davlat tibbiyot Universiteti  (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gastroezofageal reflyuks kasalligi bo‘lgan bemorlarda tish qattiq to‘qimasi eroziyasini aralash so‘lakning mineralizatsiyalovchi imkoniyatini yaxshilash orqali davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birlamchi stomatologik qabulda validlashtirilgan so‘rovnoma-anketa asosida gastroezofageal reflyuks kasalligining diagnostik mezonlari asosida stomatologik va somatik patologiyaning bashorat jihatdan ahamiyatli birikmasi aniqlangan;
gastroezofageal reflyuks kasalligi bor bemorlarda tish qattiq to‘qima patologiyasi rivojlanishida aralash so‘lakning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari (bazal salivatsiya, kislota va chaynash bilan stimullashtirilgan salivatsiya, kislota va ishqorlarni neytrallash bo‘yicha bufer sig‘im, sirt tarangligi,yopishqoqligi va rN) buzilishining patogenetik o‘rni aniqlangan;
gastroezofageal reflyuks kasalligi bor bemorlarda aralash so‘lakning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirishda tish qattiq to‘qimalarining minerallashuviga yordam beruvchi antiseptik pastilkalar va tabletkalarni qabul qilish hamda mikroelementli kompozit bilan tish eroziyasini tiklashda yuqori samaradorlik aniqlangan;
GERK bilan og‘rigan bemorlarda tish qattiq to‘qimalarining an’anaviy davolash usullariga nisbatan antiseptik pastilkalar va tish qattiq to‘qimalari mineralizatsiyasiga yordam beruvchi tabletkalardan foydalanishning va  mikroelementlarni o‘z ichiga olgan kompozit plomba ashyosi bilan tish eroziyasini tiklashning yuqori klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2024-yil 26 avgustdagi 5-son xulosasiga asosan quyidagilar taqdim etildi:
birinchi ilmiy yangilik: birlamchi stomatologik qabulda gastroezofageal reflyuks kasalligini tashxislash mezonlari aniqlandi. Bu Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 31.05.2023 №04-p/42-son bilan tasdiqlangan «Tekshirish bosqichida gastroezofageal reflyuks kasalligiga chalingan bemorlardagi stomatologik simptomakompleks» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar 4-son Bolalar stomatologiya poliklinikasining 08.07.2023-yildagi №63 sonli buyrug‘i bilan hamda Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasida 11.10.2023-yildagi №796 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: stomatolog-shifokorlarning GERK haqidagi bilimlarini baholash uchun so‘rovnoma ishlab chiqildi. Bu so‘rovnomadan foydalanish stomatologik tekshiruv vaqtida GERK mavjudligi ehtimolini 88,40% holatda aniqlashga yordam beradi. «Stomatologik qabulda gastroezofageal reflyuks kasalligi bo‘lish ehtimolini aniqlash» (OVNGFRB-SP.exe) dasturi ishlab chiqildi va patent olindi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: So‘rovnomadan foydalanish davolash  va profilaktika choralarini o‘z vaqtida amalga oshirishga yordam beradi.  1 nafar bemor uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: GERK bilan kasallangan bemorlarda tish qattiq to‘qima eroziyasi belgilarini aniqlash uchun quyidagi taxlil xulosalari talab qilinadi: bemorning stomatolog-shifokor ko‘rigi (TGSI terapevtik stomatologiya poliklinikasi preyskurantiga ko‘ra shifokor stomatolog maslaxati 50000 so‘mni tashkil qiladi); gastroenterolog maslaxati 150000 so‘mni tashkil qiladi. Yuqoridagilarga ko‘ra jami iqtisodiy samaradorlik 200000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Stomatologlar va gastroenterologlarning fanlararo integratsiyasini joriy etish 1 nafar bemor hisobiga 200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi .
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘rganilayotgan bemorlarda aralash so‘lakning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari buzilishining patogenetik roli aniqlangan bo‘lib, bu TDSI Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 31.05.2023 yildagi 04-r/42-sonli qarori bilan tasdiqlangan va "Gastroezofageal reflyuks kasalligi bo‘lgan bemorlarda tekshiruv bosqichlarida stomatologik simptomokompleks" nomli uslubiy tavsiyanomada o‘z aksini topgan. Mazkur yangilik Toshkent shahrining 4-son bolalar stomatologiya poliklinikasiga 08.07.2023 yildagi 63-sonli buyruq hamda Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasiga 11.10.2023 yildagi 796-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: GERK bilan og‘rigan bemorlarda aralash so‘lakning minerallashtiruvchi xususiyatlarini baholash lozim, chunki bu ushbu kasallik keltirib chiqaradigan asoratlarni davolashda muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorlik: Kasallik natijasida yuzaga keluvchi so‘lak fizik-kimyoviy o‘zgarishlarni aniqlanish 1 nafar bemor uchun 182000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: Bu tashriflar soni va davolanish vaqtini 2-3 barobarga qisqartirish hamda har bir bemor uchun 182000 so‘m tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: davolash sxemasi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 31.05.2023 №04-p/43 bilan tasdiqlangan «Gastroezofageal reflyuksli kasalligiga chalingan bemorlarda tishlar qattiq to‘qimasini restavratsiya sifatini qiyosiy baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar 4-son Bolalar stomatologiya poliklinikasining 08.07.2023-yildagi №63 sonli buyrug‘i bilan hamda Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasida 11.10.2023-yildagi №796 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: GERK  oqibatida yuzaga kelgan tish qattiq to‘qima eroziyasi kabi keng tarqalgan keng tashxislash, oqilona bashoratlash va samarali, ilmiy asoslangan davolash taktikasini tanlash bemorlarning ruhiy-hissiy holati va hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: eroziyasi og‘irlik darajasiga ko‘ra preparatlar qo‘llanildi: antiseptik pastilkalar №60 o‘rtacha 8 ta pastilka 7 kun mobaynida (100000 so‘m), rux  tabletkalari №60 1 tadan 2 oy davomida (37300 so‘m), noabraziv tish pastasi (132000 so‘m) davolash kursi davomida va nur yordamida qotuvchi kompozit plomba ashyosi bilan plombalash (bir bemorda o‘rtacha 3-4 tish restavratsiyasi uchun 366.000 so‘m) va umumiy 679300 so‘m sarflandi. Xulosa: bu qoniqarsiz plombalar sonining kamayishiga va 1 nafar bemor uchun  (o‘rtacha 3-4 tish restavratsiyasi uchun) o‘rtacha 679300 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tasdiqlangan davolash usuli an’anaviy davolashga nisbatan yuqori klinik samaradorlikka egaligi isbotlangan bo‘lib, bu  Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 31.05.2023 №04-p/43 bilan tasdiqlangan «Gastroezofageal reflyuksli kasalligiga chalingan bemorlarda tishlar qattiq to‘qimasini restavratsiya sifatini qiyosiy baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar 4-son Bolalar stomatologiya poliklinikasining 08.07.2023-yildagi №63 sonli buyrug‘i bilan hamda Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasida 11.10.2023-yildagi №796 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Asosiy guruhdagi bemorlarda aralash so‘lakning fizik-kimyoviy xususiyatlarining yaxshilanish samaradorligi nazorat guruhiga nisbatan 35,35% ga oshdi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Gastroezofageal reflyuks kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda tish qattiq to‘qimalarining eroziyasini davolash sifati samaradorligi 17,30% ga oshdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘rganilgan vaqt oralig‘ida (3-24 oy) asosiy guruhdagi 89% bemorda plomba natijalari taqqoslash guruhidagi 63% ga nisbatan qoniqarli deb topildi. Xulosa: o‘z vaqtida amalga oshirilgan tashxis va davo chorasi iqtisodiy jihatdan harajatlarning kamayishiga yordam beradi. Bu tashriflar sonini va davolashga sarflanadigan vaqtni 2-3 barobarga kamaytirdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish