Temirova Munojatxon Kuvvatalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bolalarda nevrologik buzilishlar», 14.00.13 – Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib2477.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Tuychibaeva Nodira Miratalievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Nargiza Nurmamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bolalarda nerv tizimi shikastlanishining o‘ziga xosligini o‘rganish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronavirus infeksiyasining o‘tkir davrida markaziy nerv tizimining gipoksik-ishemik shikastlanishi natijasida engil intoksikatsiyasidan, og‘ir COVID-19 assotsirlangan ensefalopatiya, ensefalit va meningoensefalitgacha bo‘lgan nevrologik asoratlar rivojlanishi isbotlangan;
bolalarda sitokin bo‘roni va nerv tizimining og‘ir shikastlanishi patogenezida R substansiyasi ko‘rsatkichining oshib ketishi isbotlangan;
nevrostatus buzilishining og‘irligi va R substansiyasi darajasi o‘rtasidagi munosabatni baholashda o‘rtacha yaqin to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
bolalarda o‘tkir va postkovid davrda nevrologik asoratlar rivojlanishining prognostik mezonlari sifatida premorbid fon, koronovirus infeksiyasining og‘irligi va ko‘p tizimli shikastlanishlarning ahamiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bolalarda nevrologik buzilishlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasining o‘tkir davrida markaziy nerv tizimining gipoksik-ishemik shikastlanishi natijasida engil intoksikatsiyasidan, og‘ir COVID-19 assotsirlangan ensefalopatiya, ensefalit va meningoensefalitgacha bo‘lgan nevrologik asoratlar rivojlanishini asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 3 yanvarda 03/157-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda koronavirus infeksiyasining klinik-nevrologik va biokimyoviy jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.01.2024 yildagi 19-sonli buyrug‘i bilan va Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasi bo‘yicha 16.01.2024 yildagi 10-p sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/50-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 o‘tkazgan bolalarda kognitiv va psixomotsional holatini baholash, ularning kelajakdagi ijtimoiy muhitda bilim olish va ko‘nikmalarga erishishda yuzaga keladigan salbiy oqibatlarning oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda koronavirus infeksiyasining o‘tkir va postkovid kasalliklarini vaqtida davolashning iqtisodiy samaradorligi bir necha asosiy aspektlardan iborat bo‘ldi: bolalarning koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq kasalliklarini tez va effektiv davolash, koronavirus natijasida yuzaga keladigan og‘ir asoratlarining oldini olish bilan bitta bemor uchun 2500000 so‘m tejash imkonini berdi. Xulosa. Bolalarning koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq kasalliklarini tez va effektiv aniqlash, kasalliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirish va jamiyatning kasalliklarga qarshi ko‘rsatgan munosabatini ta’minlash bilan amalga oshirildi va 1 nafar bemor uchun 2500000 so‘m tejash imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda sitokin bo‘roni va nerv tizimining og‘ir shikastlanishi patogenezida R substansiyasi ko‘rsatkichining oshib ketishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 3 yanvarda 03/157-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda koronavirus infeksiyasining klinik-nevrologik va biokimyoviy jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.01.2024 yildagi 19-sonli buyrug‘i bilan va Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasi bo‘yicha 16.01.2024 yildagi 10-p sonli buyruq bilan bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/50-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq nevrologik asoratlar bo‘yicha tibbiy yordam va davolash xizmatlarini ta’minlash, bolalarning ta’lim olish jarayoniga ta’sir qilmasligini va asoratlarni kamaytirishni amalga oshirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronovirus infeksiyasiga chalingan bemor bolalarning tashxisoti uchun o‘rta hisobda 1,2 million so‘m sarflanadi. COVID-19 o‘tkazgan bemorlarning kognitiv faolitining buzilishi uzoq muddatli medikamentoz korreksiyani talab etadi. Bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash, qondagi P substansiyasini, shu bilan birga D-dimer, prokal`sitonin, interleykin-6 ni aniqlash kasallikning og‘ir asoratlarining oldini olish imkonini berdi. Tashxisot maqsadida bir nafar bemor uchun 350 ming so‘m sarflandi. Xulosa: bolalarda sitokin bo‘roni va nerv tizimining og‘ir shikastlanishi patogenezida ishtirok etuvchi R substansiyasining ko‘rsatkichi sezilarli darajada oshib ketishi isbotlandi. Bu asoratlarni tez aniqlash, davolash va tashxis qo‘yishda muhim ahamiyatga ega;
uchinichi ilmiy yangilik: nevrostatus buzilishining og‘irligi va R substansiyasi darajasi o‘rtasidagi munosabatni baholashda o‘rtacha yaqin to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 3 yanvarda 03/157-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda koronavirus infeksiyasining klinik-nevrologik va biokimyoviy jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.01.2024 yildagi 19-sonli buyrug‘i bilan va Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasi bo‘yicha 16.01.2024 yildagi 10-p sonli buyruq bilan bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/50-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 ning og‘irligi va uning nevrologik asoratlari o‘rtasidagi bog‘liqlik shifokorlarning erta tashxis qo‘yish va davolash yondashuvlariga ta’sir ko‘rsatishi natijasida bolalarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan qo‘pol nevrologik oqibatlarni oldini olishga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemor bolalarda nevrologik kasalliklarning profilaktikasini optimallashtirish maqsadida MoCA va Spilberger-Xanin testini o‘tkazish psixoemotsional va kognitiv buzilishlarni aniqlashga hamda, qo‘pol organik asoratlarni oldini olishga erishildi; qo‘pol asoratlari mavjud bo‘lgan har bir bemorning statsionar davolanishi uchun o‘rta hisobda 9 mln so‘m sarflanadi, bu esa bemorlarning yiliga ikki marotaba gospitalizatsiyasiga muxtoj. Psixoemotsional va kognitiv buzilishlarni aniqlash va mahsus yo‘naltirilgan davolashni tashkil qilish orqali COVID-19 o‘tkazgan bemorlarning statsionar davolanishi uchun ketadigan mablag‘ 2,5 mln so‘mga aylandi. Xulosa. COVID-19 ning nevrologik oqibatlari bolalar, oilalar va jamiyatning turli jabhalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan kelib chiqadiki, ushbu masalani tibbiy va ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan sinchiklab o‘rganish va chora-tadbirlar ishlab chiqish muhim. Nevrologik buzilishlarni erta tashxislash orqali rivojlanishi mumkin bo‘lgan bosh miya organik asoratlarining oldini olishga erishildi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda o‘tkir va postkovid davrda nevrologik asoratlar rivojlanishining prognostik mezonlari sifatida premorbid fon, koronovirus infeksiyasining og‘irligi va ko‘p tizimli shikastlanishlarning ahamiyati aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 3 yanvarda 03/157-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda koronavirus infeksiyasining klinik-nevrologik va biokimyoviy jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.01.2024 yildagi 19-sonli buyrug‘i bilan va Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasi bo‘yicha 16.01.2024 yildagi 10-p sonli buyruq bilan bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/50-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarning nevrologik asoratlari oilalar va jamiyat uchun katta yuk bo‘ladi. Prognostik mezonlarni bilish ushbu yukni kamaytirishga yordam berdi. Bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy integratsiyasini yaxshilash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Jamiyatning COVID-19 ga nisbatan tayyorgarligini oshirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: prognostik mezonlar shifokorlarga kasallikning kechishini bashoratlash va davolashni individuallashtirishga yordam berdi. Erta tashxis qo‘yish va profilaktik choralarni ko‘rish imkonini berdi. Prognostik mezonlar tibbiy xarajatlarni optimallashtirish va samarali tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga yordam berdi. Oilalarning iqtisodiy yukini kamaytirdi va ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasini osonlashtirdi. Davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘larni samarali taqsimlashga imkon berdi. Xulosa. Bolalarda COVID-19 ning nevrologik asoratlari uchun prognostik mezonlarni aniqlash ushbu muammo bilan bog‘liq ilmiy, ijtimoiy, tibbiy va iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.