Turaqulov Foziljon Mamarayim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Karboksimetilsellyuloza asosida barqarorlashtirilgan selen nanozarralari tutgan biokompozitlarning olinishi, tuzilishi va xossalari”, 02.00.05 - Sellyuloza va sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi, 02.00.12 - Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (kimyo fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K723.
Ilmiy rahbar: Yunusov Xaydar Ergashovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlar: Rahmonberdiev Gappor Rahmonberdievich, kimyo fanlari doktori, professor. Muxamediev Muxtar Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: natriy-karboksimetilsellyuloza (Na-KMS) eritmalarida turli o‘lcham va shaklli selen nanozarralari (Se0 NZ) shakllantirish qonuniyatlarini aniqlash va ular asosida gel va plyonka ko‘rinishidagi polimer biokompozitlarning olinishi va ularning tuzilishi, fizik-kimyoviy hamda tibbiy-biologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Na-KMS eritmasida kimyoviy qaytarilish usulida selenit ionlaridan askorbin kislota ishtirokida Se0 NZni sintez qilishning maqbul sharoitlari aniqlandi;
ilk bor Na-KMS asosida tarkibida turli o‘lcham va shaklga ega Se0 NZ tutgan o‘smaga qarshi biokompozit gel va plyonkalar olishning maqbul sharoitlari aniqlandi.
Na-KMS asosida olingan biokompozit eritma, gel, plyonka matrisalarida shakllangan Se0 NZning o‘lchami, shakli, tuzilishi va barqarorligi zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqotlar orqali aniqlandi;
Na-KMS matrisalarida turli o‘lcham va shaklli Se0 NZ shakllanishi dastlabki reaksiyaga kirishayotgan reagentlarning o‘zaro nisbatlariga, reaksiya sharoitlariga bog‘liq ekanligi tadqiqotlar orqali isbotlandi;
tarkibida turli o‘lcham va shaklli Se0 NZ tutgan Na-KMS asosida olingan gel va plyonkalarning toksikologik va o‘smaga qarshi xossalari o‘rganilganda “tarkib-tuzilish-xossa” qonuniyatlari kuzatildi;
tarkibida turli o‘lcham va shaklli Se0 NZ tutgan Na-KMS asosida biokompozit gel va plyonka olishning prinsipial texnologik sxemalari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Bioparchalanuvchi polimer strukturasida barqarorlashgan Se0 NZ olish usuli” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining foydali model patenti olingan (№ FAP 2422, 15.02.2024). Natijada polimer bilan barqarorlashtirilgan Se0 NZ tutgan eritma, gel va plyonka na’munalarini sintez qilish usullari ishlab chiqilgan va mahalliy xomashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi samarali arzon bo‘lgan o‘sma kasalliklarini profilaktikasi va davolovchi polimer tarkibli biokompozit biomateriallar sintez qilish imkonini bergan;
bioeruvchan tabiiy polimerlar tanlash va ularning tuzilishi, reologik xossalari, gel, plyonka hosil qilish xususyatlari hamda polimer asosda Se0 NZ shakllanish qonunyatlari “UNITEXPROM BDU” unitar korxonasida amaliyotga joriy etilgan. (“UNITEXPROM BDU” unitar korxonasining 2024-yil 06-fevraldagi №02/411 raqamli xati). Natijada polimer asosida tarkibida Se0 NZ tutgan polimer tarkibli dori vositalarining tajriba na’munalarini olish imkonini bergan;
mazkur tadqiqot bo‘yicha chop etilgan Na-KMS va Se0 NZ asosidagi biokompozitlarning sintezi va fizik-kimyoviy xossalari bo‘yicha olingan nazariy-ilmiy tadqiqot natijalaridan yuqori impakt faktorli (IF) 5 ta xorijiy ilmiy jurnallarda foydalanilgan va havolalar berilgan ((1) Chemistry of Africa, 2022, V 6, № 2, IF = 2.3, Springer; (2) Green processing and synthesis, 2023, 12, 20228100, IF = 3.97; (3) Waste and Biomass Valorization, 2023, Page1, IF = 3.449, Springer; (4) Nanobiotechnology Repors, 2024, Vol. 19, No. 1. IF = 0.5; (5) Waste and Biomass Valorization, 2024, 15, 1793–1806. IF = 3.449, Springer). Natijada selen nanozarralarining o‘lcham va shaklarini boshqarish orqali yuqori biologik faollikga ega biokompozit preparatlar va biomateriallar olish imkoniyatini bergan.