Sayt test rejimida ishlamoqda

Piseskiy Yuriy Valer`evichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Masofadan monitoring qilish qurilmalari va usullari», 05.04.02– Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil`, tola-optik aloqa tizimlari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T40.

Ilmiy maslahatchi: Aripov Xayrulla Kabilovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.28.12.2017.T.07.02.

Rasmiy opponentlar:  Baxramov Sagdulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Inogamov Akmal Muratovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yong‘in va ekologik xavfli vaziyatlarni aniqlash va oldini olishga mo‘ljallangan toksik va yong‘inga xavfli gazlarni nazorat qilishning uzluksiz monitoring qilish usullari va yuqori samaradorli avtomatlashtirilgan qurilmalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

eng kichik xatolik va yuqori sezgirlik bilan avtonom va ishonchli ishlaydigan usuli atrof-muhitni masofadan monitoring qilish mezonlari orqali ishlab chiqilgan;

yuqori ishonchlilik, sezgirlik va halaqitbardoshlik bilan keng haroratlar chegaralarida xavfli ob’ektlar atrof-muhitdagi yonuvchan moddalar  haqidagi ma’lumotlarni qayd etish va ishlov berishga imkon beradigan avtomatik monitoring qilish apparat kompleksi ta’minoti yordamida yaratilgan;

O‘zbekistonning iqlim sharoitlarida neft` va gazni qayta ishlash korxonalarda xavfli ob’ektlarni masofadan monitoring qilish tizimini samarali ishlatish  ingredient uslubi asosida ishlab chiqilgan;

konstruktiv o‘zgartirgich qo‘llash asosida O‘zbekistonning iqlim sharoitlarida samarali va ishonchli ishlatish uchun termokatalitik datchik ishlab chiqilgan;

O‘zbekistonning turli mintaqalarida xavfli ob’ektlarni markazlashgan monitoring qilish korporativ tarmog‘ini yaratish usuli asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Masofadan monitoring qilish qurilmalari va usullari bo‘yicha olingan natijalar asosida:

yong‘indan ogohlantirish bo‘yicha Toshkent teleminoradagi uzunligi bo‘yicha 375 metrli avtonom radiokanali muayyan vaqt oralig‘ida alohida ishlaydigan algoritm asosida samarali radiomonitoring tizimi «RTUM» DUKda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 33-8/4153-son ma’lumotnomasi). Natijada 26,95 MGs chastota raqamli radiosignalni avtonom uzatish usulini qo‘llash orqali yong‘in signalizatsiyasi uchun sarf-xarajatlarni kamaytirishi imkonini bergan;

avtonom radiokanalni qo‘llagan holda hamda ingredient monitoring usuli asosida termokatalitik sensorli, 4 kannalli gazni qayta ishlovchi stansiyaning radiomonitoring tizimi «Avaton gaz avto», «Gazkompressor-Servis», «Rahshona-H.H.», «Buyuk Boriy-Valiy» MChJlarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 33-8/4153-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida xavfli gaz isini aniqlash sifatini oshirish va gazlarni sizib chiqishini aniqlashni tezlashtirish, ishlab chiqarishda ishlash jarayonida xavfsizligini oshirish imkonini bergan;

yonilg‘i quyish shohobchalarida bir vaqtning o‘zida gazsimon aralashmalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri namunasini radiomonitoring usuli asosida O‘zbekiston sharoitiga moslangan termokatalitik sensor bilan uzluksiz nazorat qilish avtomobillarga yoqilg‘i va gaz quyish shaxobchasi «ALEKS PLYUS BIZNES» MChJga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 33-8/4153-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida yakka tartibdagi monitoring tizimi asosida avtomobillarga yoqilg‘i va gaz quyish shaxobchasi bir vaqtning o‘zida nazorat qilish korxona texnik xodimlarining ishini sezilarli darajada osonlashtirgan hamda korxona mehnat resurslarini tejash imkonini bergan;

optik signallarini uzatish usuli asosida monitoring tizimida qo‘llaniladigan universal sensor moduli «RTUM» DUK, «Avaton gaz avto», «Gazkompressor-Servis», «Rahshona-H.H.», «Buyuk Boriy-Valiy», «ALEKS PLYUS BIZNES» MChJlarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 33-8/4153-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida universial sensorli moduli asosida monitoring tizimining funksionalligini kengaytirish, natijalar ishonchliligini 1,5 marta oshirish imkonini bergan;

O‘zbekiston iqlim sharoiti uchun ishlab chiqilgan termokatalitik sensorlar gazni qayta ishlash zavodida bevosita tanlab olish usuli va ishlab chiqilgan radiomonitoring tizimini takomillashtirish usuli «Avaton gaz avto», «Gazkompressor-Servis», «Rahshona-H.H.», «Buyuk Boriy-Valiy», «Aleks Plyus Biznes» MChJlarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 33-8/4153-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida bilvosita gazni tanlash usulini takomillashtirish orqali sensorning ishlash harorati oralig‘ini chet el analoglaridan nisbatan o‘lchash xatosini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish