Lutpillaeva Ma’suda Xayrullo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nanokumush tutgan biostimulyator preparatlarning kolloid-kimyoviy xossalari va tatbiqi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K736.
Ilmiy rahbar: Xoshimov Farxod Fayzullaevich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Jumaeva Dilnoza Jo‘raevna, texnika fanlari doktori, professor, Ismailov Ravshan Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nanokumush tutgan barqaror tizimlar sintez qilish hamda nanokumushning koagulyasion barqaror kolloid tizimlari olishning qulay sharoitlarini aniqlash va nanokumush tutgan preparatlar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nanokumush tutgan kolloid tizimlar barqarorligiga qaytaruvchilar va barqarorlashtiruvchilar sinflari turlicha ta’siri aniqlangan, jumladan qaytaruvchi natriy sitrat, barqarorlashtiruvchilar jelatin yoki dekstrin ishtirokida olingan AgNZ kolloidlar yuqori sedimentatsion barqarorlikga egaligi aniqlangan;
yuqori sedimentatsion barqarorlikga ega kolloid tizimlar olinishiga AgNZ sintez harorati ortishi va moddalar konsentrasiyasi kamayishi ijobiy ta’sir etishi isbotlangan;
nanokumushning barqaror kolloid tizimlar hosil bo‘lishi optimal sharoitlari, qaytaruvchi - natriy sitrat 0.1 M li, barqarorlashtiruvchilar – jelatin, dekstrin 1 %li, reaksiya harorati 20oC ekanligi aniqlangan;
254 va 360 nm to‘lqin uzunlikdagi UB-nur ta’sirida nanokumush tutgan kolloid tizimlar sintez qilingan, olingan kolloid tizimlar barqarorligi ayni konsentratsiyada kimyoviy sintez qilingan kolloid tizimlar barqarorligiga nisbatan kichikligi isbotlangan;
sintez qilingan kolloid eritmalarda nanokumush misellalar barqarorlashtiruvchilar tabiatiga qarab turli ishorali zaryadga ega bo‘lishi aniqlangan;
barqarorlashtiruvchisi jelatin yoki dekstrin bo‘lgan nanokumush kolloid tizimlari bilan biostimulyator-fungisid tamaki ekstrakti hamda fitogormon kinetin ishtirokida fungisid-biostimulyator xususiyatga ega kompozisiyalar tayyorlash usullari ishlab chiqilgan;
olingan kompozisiyalar yuqori biostimulyatorlik va fungisidlik faolliklarga egaligi, jumladan nazoratga nisbatan bug'doy hosildorligi o‘rtacha 12 % ga ortganligi va tamaki mozaikasi virusiga qarshi fungisidlik 91-93 % samara berganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nanokumush tutgan preparatlar olish va ularning biostimulyator-fungisidlik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nanokumush tutgan “Nanosilver + GBT”, “Nanosilver + DBT” va “Nanosilver + GBK” biostimulyator-fungisid preparatlar Namangan viloyati fermer ho‘jaliklari  issiqxonalarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi 2024 yil 8 noyabrdagi 2-8/4571-sonli ma'lumotnoma). Natijada, “Nanosilver + GBT” uchun 92-93%, “Nanosilver + DBT” uchun 90-91% va “Nanosilver + GBK” uchun 94-95% biologik samaradorlikka erishish imkonini bergan;
kinetin va AgNZlar tutgan "Nanosilver+GBK" fungisid-biostimuluator preparati Namangan fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi 2024 yil 8 noyabrdagi 2-8/4571-sonli ma'lumotnoma). Natijada, dala sinovlarida "Nanosilver+GBK" furngisid-biostimulyator preparati boshoqdoshlar oilasi vakili bug'doy ekinida biostimulyatorlik xususiyatga ega vosita sifatida xizmat qilgan. Shuningdek, "Nanosilver+GBK" preparati qo‘llanilganda gektariga hosildorlik 12% (8 sentner) gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish