Alimova Dono Mirjamolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qaytalanuvchi aftoz stomatitni ozon qo‘llagan holda davolashningsamaradorligini oshirish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib217.
Ilmiy maslahatchi: Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12. 2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Min Suk Heo, tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya); Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Oregona universiteti (AQSh).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qaytalanuvchi aftoz stomatitni ozonterapiya asosida davolash tartibini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli og‘irlikdagi qaytalanuvchi aftoz stomatitda og‘iz bo‘shlig‘i va qon zardobidagi lipidlarning perikisli oksidlanishi hamda antioksidant tizimi komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligi ko‘p omilli kompleks tahlilini o‘tkazish orqali davolash tartibiga ijobiy ta’siri isbotlangan;
qaytalanuvchi aftoz stomatitni kompleks davolashda mahalliy va tizimli ozonterapiyaning kiritilishi QAS eroziv-yarali zararlangan sohalarda qon oqimi modulyasiyasining faol mexanizmlari oshishi va passiv mexanizmlarining pasayishiga, mikrotsirkulyasiyaning yaxshilanishi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati reparativ jarayonlarining tezlashishiga olib kelishi isbotlangan;
qaytalanuvchi aftoz stomatitni kompleks ozonoterapiya yordamida og‘iz bo‘shlig‘i va ichak mikrobiotsenozining me’yorlashishiga hamda davolashning remissiya davrini uzaytirishiga hamda uzoq muddatli davo natijalarining samaradorligini oshirishga asoslangan;
ozonterapiya qo‘llanishi tufayli og‘iz bo‘shlig‘i nospesifik omillarining kuchayishi, neytrofil leykotsitlar fagotsitar faolligining oshishi, lizotsim faolligi va sIgA konsentratsiyasi oshishi bilan namoyon bo‘lishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qaytalanuvchi aftoz stomatitni ozon qo‘llagan holda davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Qaytalanuvchi aftoz stomatitni kompleks davolashda tibbiy ozon qo‘llanishi» uslubiy qo‘llanmasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 22 yanvardagi 8n-d\\79-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma qaytalanuvchi aftoz stomatit kasalligi sabablarini erta tashxislash, aniqlash va kasallikni davolashda ozon tepariyadan foydalanish va kasallikni qaytalanishi holatlarini kamayayishiga imkon bergan;
qaytalanuvchi aftoz stomatitni ozon qo‘llagan holda davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining terapevtik stomatologiya bo‘limiga, Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi hamda Toshkent shahar stomatologik poliklinikalarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 11 dekabrdagi 8n-z\\52-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqotlarning klinik amaliyotga joriy qilinishi natijasida aholining turli qatlamlari orasida qaytalanuvchi aftoz stomatitni davolash muddatlarini 2-3 kunga kamayishi va kasallikni qaytalanish jarayonlari 0,74 holatni tashkil qilib, kasallikning bartaraf etilishi 2 oy 26 kunga uzaygan.