Nazarova Sayeraning

falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xitoy tiliga o‘qitishda talabalarning chet tili leksik kompetensiyasini takomillashtirish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xitoy tili) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.3.PhD/Ped203.

Ilmiy rahbar: Axmedova Laylo Talibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.

Rasmiy opponentlar: Qodirova Fotima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori,  professor; Nosirova Saodat Abdullaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davalat chet tillar instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: xitoy tiliga o‘qitish jarayonida 3–4-bosqich filolog talabalarda chet tili leksik kompetensiyasini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqish va ilmiy asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

xitoy-o‘zbek tili leksik interferensiyaning tovush-grafik, so‘z qo‘llashdagi va leksik-grammatik ma’nolariga ega bo‘lgan qiyinchiliklar tipologiyasi aniqlashtirilgan;

xitoy-o‘zbek tillari leksikasining kollokatsiya, trancpozision, umumkomponentga ega juft so‘zlar bo‘yicha farq va so‘z yasalishidagi affiks bo‘yicha o‘xshash xususiyatlari aniqlashtirilgan;

xitoy-o‘zbek tillarida polisema, monosema, idiomalarning paradigmatik va sintagmatik munosabatlari asosida reseptiv va produktiv ko‘nikmalari takomillashtirilgan;

xitoy tili leksikasini o‘qitish metodikasi talabalarning kognitiv tafakkur jarayonlari orqali differensial yondashuv asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Xitoy tiliga o‘qitishda talabalarning chet tili leksik kompetensiyasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy natijalar asosida:

o‘zbek-xitoy tili leksik interferensiyaning aniqlashtirilgan tovush-grafik, so‘z qo‘llashdagi va leksik-grammatik ma’nolariga ega bo‘lgan qiyinchiliklar tipologiyasidan A-1-191 raqamli «O‘quv-uslubiy modullarni qo‘llash orqali ingliz va nemis tillari nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 maydagi 89-03-1810-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari talabalar chet tili leksik kompetensiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan;

xitoy va o‘zbek tillari leksikasining aniqlashtirilgan kollokatsiya, tranpozision, umumkomponentga ega juft so‘zlar bo‘yicha farq va so‘z yasalishidagi affiks bo‘yicha o‘xshash xususiyatlaridan “Xitoycha-o‘zbekcha lug‘at” (HSK imtihoni 5-darajasi uchun) lug‘atini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Xitoycha-o‘zbekcha lug‘at” (HSK imtihoni 5-darajasi uchun). – Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2018. – 128 b.). Mazkur lug‘at xitoy, o‘zbek tillaridagi HSK 5 doirasidagi leksikani qo‘llashga xizmat qilgan.

xitoy-o‘zbek tillarida polisema, monosema, idiomalarning paradigmatik va sintagmatik munosabatlari asosida takomillshatirilgan reseptiv va produktiv ko‘nikmalaridan O‘zbekiston davlat san’at muzeyida o‘tayotgan gid-stajyorlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 1 iyunda 01-11-01-3892-son ma’lumotnomasi). Natijada takliflarning joriy qilinishi xitoy tili leksikasining takomillashuviga xizmat qilgan;

talabalarning kognitiv tafakkur jarayonlari orqali differensial yondashuv asosida takomillashtirilgan xitoy tilini o‘qitish metodikasidan «Bedorlik» radioeshittirishida hamda «Zamonaviy ta’lim» va «Til ziynati» teleloyihalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 19 fevraldagi O‘z/K-1-28-son,  2018 yil 18 apreldagi 02-16/231-son ma’lumotnomalari). Natijada ishlab chiqilgan o‘qish va yozish orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari ommalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish