Muminov Elyor Alisherovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligida fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishi”, 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Siyos75.

Ilmiy rahbar: Saidov Akmal Xolmatovich,  yuridik fanlar doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc29.08.2017.S.01.08.

Rasmiy opponentlar: Bekmurodov Mansur Xolmatovich, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent; Jumaev Oybek Chorievich, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot:O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:fuqarolik jamiyati” fenomenini rivojlanish va modernizatsiya nuqtai nazaridan o‘rganish, shuningdek O‘zbekiston va Ispaniyada fuqarolik jamiyatini yangilashning asosiy bosqichlarini, mazkur jarayonning zamonaviy bosqichdagi xususiyatlarini tahlil qilish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

“fuqarolik jamiyatini modernizatsiyalash” takomillashtirilib, uning ijtimoiy hayot turli sohalarining faol ishtirokchisi, ulardagi o‘zgarishlar tashabbuskori ijtimoiy institutlar faoliyatini takomillashtirish jarayoni ekanligi asoslangan;

fuqarolik jamiyati institutlarining modernizatsiyalashuvida ularning  o‘zgaruvchan sharoitlarga adekvat javob qaytarish imkoniyatlari (ijtimoiy hamkorlikni chuqurlashtirish), moslashuvchan xususiyatlari asoslab berilgan;

“quyidan-yuqoriga” tamoyili asosida fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakat taraqqiyotida faol va tashabbuskor ishtirokini bildiradigan va talab qiladigan “faol fuqarolik jamiyati samarali davlatning muhim sharti” g‘oyasi ilgari surilgan va ilmiy asoslab berilgan;

fuqarolik jamiyatini takomillashtirish borasida Ispaniya tajribasi o‘rganilib O‘zbekistonda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq preferensiyalari va imtiyozlarini berish orqali ularning faoliyatini ijtimoiy yo‘naltirilganligini kuchaytirish va jamiyat barqaror rivojlanishi uchun mas’ulligini oshirish zarurligi asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

zamonaviy fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan yangi xususiyatlar, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida elektorat va jamiyat bilan aloqa qilishning yangi usullarini joriy etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi faoliyatida foydalanildi, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq preferensiyalari va imtiyozlarini berish orqali ularning faoliyatini ijtimoiy yo‘naltirilganligini kuchaytirish bo‘yicha maxsus qonun loyihasini ishlab qichish lozimligi bildirilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal demokratik partiyasining 2018 yil 1 maydagi 0127/441-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘z elektoratiga ochiqlik va yaqinlik muhitini kuchayishi, shuningdek, korporativ partiyaviy madaniyatni shakllantirilishi orqali partiyani jamiyatdagi jozibadorligi oshgan;

“fuqarolik jamiyatini modernizatsiyalash”, “uchinchi sektor”, “fuqarolik jamiyatini raqamlashtirish” kabi ilmiy iste’molga kiritilgan tushunchalar O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining ilmiy tadqiqotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining 2018 yil 30 apreldagi 09-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-falsafiy lug‘at fuqarolik jamiyatiga taalluqli yangi atamalar bilan boyigan, bu esa fuqarolik jamiyatini “uchinchi sektor” tushunchasidan farqlash hamda fuqarolik jamiyatining an’anaviy qabul qilingan ta’riflarini yangi mazmuniy jihatlar bilan to‘ldirishga imkon bergan;

Ispaniyaning nodavlat notijorat tashkilotlari tajribasi, jumladan volontyorlik harakati, faoliyati uchun yaratilgan qulaylik va imtiyozlar,  fuqarolarni amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tezkor axborot berish va boshqa ma’lumotlar O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2018 yil 21 iyundagi 04-06/190-01-son ma’lumotnomasi). Natijada bu fuqarolik jamiyatining asosiy institusional elementlari va rivojlantiruvchi kuchi sifatida NNT to‘g‘risida o‘quvchi yoshlarni xabardorligini ortishiga hamda NNTlar uchun o‘z ustav faoliyatini amalga oshrishda asos hisoblangan ko‘ngilli volonterlar safiga yoshlarni jalb qilish hisobiga NNTlar volonterlik bazasining kengayishiga olib kelgan;

fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini takomillashtirish va bu borada Ispaniyaning tajribasidan foydalanishga doir nazariy va amaliy ahamiyatga molik taklif-tavsiyalar, shuningdek davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan ilmiy xulosalar Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining faoliyatida foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2018 yil 09 iyuldagi 11/326-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur institutning “Xorijiy tajribani o‘rganish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” sho‘’basi tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish haqidagi ilmiy-uslubiy materiallarni chop etishda hamda tegishli davlat organlari va ijtimoiy institutlarga shu soha yuzasidan tavsiyalar tayyorlash jarayonida, shu bilan birga ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan ijtimoiy institutlarning davlat organlariga yo‘llangan taklif va tashabbuslarini rag‘batlantirishga oid takliflar amaliyotda qo‘llanilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish