Xolmurodova Laziza Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):Noorganik kimyoda moddalarni simmetrik ko‘rinishlarga ajratish asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish. 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5237.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.04.2022.K.78.05.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Sodiq Norchaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Eshqurbonov Furqat Bozorovich, kimyo fanlari doktori (DSc), professor; Norbo‘taev Xo‘shboq Bobonazarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalariga noorganik kimyo fanini moddalarni simmetrik ko‘rinishlarga ajratish asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noorganik kimyo fanini o‘qitish mazmuni o‘quv kursining an’anaviy, tizimli-tuzilmaviy, tizimli-shajaraviy komponentlari harakatlar sxemasini kontekstual yondashuvning izomorfeg, minimallashtirish, majmuaviylik kabi mezonlar orqali algoritmini qurish asosida aniqashtirilgan;
noorganik kimyo fanini o‘qitish jarayoni kasbiy kompetensiyani rivojlantirish elementlari ta’limning ilmiy hamda amaliy xususiyatlarini tashxislovshi imkoniyatiga urg‘u beruvshi didaktik tizimning texnokratik komponentini faoliyatga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
noorganik kimyo fanini o‘qitishda konseptual mezonlar asosida taklif etilgan funksional modelining mazmun komponenti kimyoviy elementlar, jarayonlar va reaksiyalarni simmetrik ko‘rinishlarga singonik ajratishga ko‘ra o‘qitish bosqichlarining muayyan ierarxik tuzilmasini kognitiv o‘quv jarayoniga tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
noorganik kimyo fanini o‘qitish metodikasi invarianti, subinvariant hamda variativ elementlar tizimini simmetrik ko‘rinishlarga ajratishga doir vizual o‘quv materiallari, grafik organayzerlar va virtual o‘quv materiallarini innovatsion muhitga moslashtirilgan holda integratsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kimyo fanini o‘qitish mazmuni simmetrik ko‘rinishlarga ajratishning invariant, subinvariant va variantiv komponentlari bilan, ta’limning motivatsion, kognitiv, faoliyatli elementini bosqichma-bosqich integratsiyalash asosida:
noorganik kimyo fanini o‘qitish mazmuni o‘quv kursining an’anaviy, tizimli-tuzilmaviy, tizimli-shajaraviy komponentlari harakatlar sxemasini kontekstual yondashuvning izomorfeg, minimallashtirish, majmuaviylik kabi mezonlar orqali algoritmini qurish asosida aniqashtirilgan hamda noorganik kimyo fanini o‘qitish jarayoni kasbiy kompetensiyani rivojlantirish elementlari ta’limning ilmiy hamda amaliy xususiyatlarini tashxislovshi imkoniyatiga urg‘u beruvshi didaktik tizimning texnokratik komponentini faoliyatga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan ma’lumotlardan “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusida loyiha ishlarida joriy etishda foydalanilgan (Jizzax politexnika instituti ilmiy tadqiqot ishlari rejasining OT-F1-049 raqamli 2023 yil 26 apreldagi 03-1149-1148-son ma’lumotnomasi). Natijada, kimyo yo‘nalishi talabalarining kreativlik va ko‘nikmalarni shakllantirish muammosi nuqtai nazaridan talabada shakllanishi lozim bo‘lgan kimyoviy bilim va ko‘nikmalar tarkibiy komponentlarini yanada rivojlantirish imkonini bergan;
noorganik kimyo fanini o‘qitishda konseptual mezonlar asosida taklif etilgan funksional modelining mazmun komponenti kimyoviy elementlar, jarayonlar va reaksiyalarni simmetrik ko‘rinishlarga singonik ajratishga ko‘ra o‘qitish bosqichlarining muayyan ierarxik tuzilmasini kognitiv o‘quv jarayoniga tatbiq etish asosida takomillashtirilgan hamda noorganik kimyo fanini o‘qitish metodikasi invarianti, subinvariant hamda variativ elementlar tizimini simmetrik ko‘rinishlarga ajratishga doir vizual o‘quv materiallari, grafik organayzerlar va virtual o‘quv materiallarini innovatsion muhitga moslashtirilgan holda integratsiyalash orqali takomillashtirilgan xulosalar “UMUMIY VA NOORGANIK KIMYo” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 27 martdagi 68-son qaroriga asosan 68-717-son guvohnomasi). Natijada, kimyo fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish metodlarni kimyo elementlarini ta’lim mazmuniga ko‘ra tanlash hamda kompetentlilik, aprobatsion korreksiyalash va elementlarni faktologik tavsifiga ko‘ra simmetrik ko‘rinishlarga ajratish asosida o‘qitish imkonini bergan.